Физика ўҚитиш методикаси ташкент 2019 Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Download 6,89 Mb.
bet62/82
Sana31.08.2022
Hajmi6,89 Mb.
#847954
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   82
Bog'liq
ФЎМ маъруза матни

Matematik fizika - fizik jarayonlarning matematik modellari nazariyasi. Matematik fizikada asosan, nazariy fizikada qurilgan modellar matematik usullar bilan o`rganiladi. Matematik fizika matematikada, fizikada va ularning birla-shuvi bilan alohida o`rin egallaydi.
Matematik fizika usullari fizikaning matematik modellash nazariyasi sifatida da-stlab I. Nyuton asarlarida rivojlangan. Keyinchalik matematik fizika usullari J. Lagranj, L. Eyler, J. Furye, K. Gauss, B. Riman, MATEMATIKA V. Ostrogradskiylar nomi bilan bog`liq. O`tgan ayerning 2-yarmidan boshlab fizik maydonlar, elektrodinamikada, akustikada, elastiklik nazariyasida, gidro- va aerodinamikada va tutash muhitlar mexanikasida vujudga keluvchi matematik modellarni o`rganish keskin rivojlandi. Bunday fizik jarayonlarni ifodalovchi modellarni matematik usullar bilan hal qilish — xususiy hosilali differensial tenglamalar yoki matematik fizika tenglamalari nazariyasiga tayanib amalga oshiriladi. Shu bilan birga matematik fizika muammolarini hal qilishda differensial tenglamalardan tashqari, integral yoki integrodifferensial tenglamalar, variatsion, ehtimollar nazariyasi usullari, potensiallar nazariyasi, kompleks funksiyalar nazariyasi usullari, EHM va matematikaning boshqa bo`limlaridan foydalaniladi.
Ushbu malakaviy kurs ishida kimyo fani, fizik kimyo fani va unda amalga oshirilayotgan ishlar, qolaversa, matematika fani va fizikani o`rganishda matematikaning asosiy roli to`g`risida ma`lumotlar berib o`tilgan.

    1. Kimyo fani haqida.

Kimyo ( ximiya ) — moddalarning tuzilishi va oʻzgarishini oʻrganadigan fan. Kimyo boshqa fanlar qatori inson faoliyatining mahsuli sifatida vujudga kelib, tabiiy ehtiyojlarni qondirish, zaruriy mahsulotlar i.ch., biridan ikkinchisini xrsil qilish va, nihoyat, turli hodisalar sirlarini bilish maqsadida roʻyobga chiqdi. Odamlar qadimda rudalardan metallarni ajratib olish, turli xil qotishmalar tayyorlash va qoʻllash, jumladan, shisha tayyorlash va undan turli maqsadlarda foydalanishni bilganlar. Mil. av. Misrda kimyoviy jarayonlarga asoslangan hunarmandchilik rivojlanganligi maʼluMatematika Pishiq charm tayyorlash, uni boʻyash, rangli shisha olish, oʻsimliklardan dori-darmon va xushboʻy hidli moddalar tayyorlash, sopol buyumlar i.ch. yoʻlga qoʻyilgan. Oʻsha davrlarda kimyoviy mahsulotlar Hindiston, Xitoy va Oʻrta Osiyoda ham ishlab chiqarilgan. "Kimyoi hunar" sohibi boʻlgan kimyogar bir moddadan ikkinchi mahsulotni tayyorlash ishi bilan shugʻullangan. Oʻzbekistondan oʻtgan Buyuk ipak yoʻli orqali mil. av. 1-ming yillikning 2-yarmidan boshlab, mamlakatga savdo-sotiq bilan birga hunarmandchilik ham kirib keldi. Topilgan juda koʻp tarixiy buyum va yodgorliklar Oʻzbekiston hududida yashagan aholining kimyo hunaridan qadimdan boxabar ekanligidan darak beradi. Buxoro yaqinidagi Poykend manzilgohidan VIII asrga taalluqli kimyo lab. topilgan. Lab. jihozlari ichida turli idishlar, shisha asboblar, bolalar sumagi uchraydi.
Kimyoning fan sifatida shakllanishini tadqiqotchilar Misr bilan bogʻlashadi. Savdo-sotiq, xunarmandchilik va maaaniy alokalar juda rivojlangan bu mamlakatda ilm, falsafiy qarashlar, sanoat va qishloq xo`jaligi yaxshi rivoj topadi. Nil boʻyidagi Iskandariya shahrida 1 asrda yozilgan traktatlarda koʻpgina kimyoviy maʼlumotlar, jumladan, kimyoviy jihozlarning koʻrinishlari, kuydirish, pishirish, toblash, quruq haydash, eritish, kristallanish, ajratish va boshqa usullar haqida maʼlumotlar keltiriladi. Mazkur manbada oddiy metallardan oltin olish gʻoyasi ham ilgari surilgan boʻlib, mavhum bu izlanish fanning rivojlanishiga maʼlum darajada toʻsqinlik qildi, olimlar fikrini boshka — amalga oshmaydigan yoʻnalishga burib yubordi. Iskandariya traktatlari maʼlumotlaridan foydalangan arab olimlari tez orada bir nechta yangi moddalar, jumladan, nitrat kislota, tuzlar va b.ni olishni kashf qildilar. Misrlik olimlar tilidagi Kimyoga arablar "al" qoʻshimchasini qoʻshib mashhur "Alkimyo"ga asos soldilar. Natijada koʻpgina ilmiy asarlar, kitoblar, maqolalar va tajribalar ifodalari paydo boʻldi. Keyinchalik bu soʻz Yevropa mamlakatlarida "Ximiya" nomi bilan ommalashdi. Muhammad Xorazmiy X asrda "Kimyo" soʻzi arabcha "kamoyakmi", yaʼni "yashirmoq", "berkitmoq" ni anglatadi, deydi. Turk olimi Toshkoʻpir-zodaning fikriga koʻra, mazkur soʻz yahudiycha "kimyax" dan olingan. Baʼzi olimlar "Kimyo" soʻzi Misrning qad. nomi "Xem" yoki "Hame"dan olingan degan fikrni ilgari surishadi. Bu soʻz "qora" yoki "qoramtir" maʼnosini anglatib, manbalarda "Kimyo" "Misr fani" degan maʼnoda keladi. Boshqa bir guruh olimlar esa "Kimyo" soʻzi yunoncha "kimyo" iborasidan kelib chiqqan boʻlib, "suyuqlik", "eritilgan metall"ni anglatishiga ishora qiladilar. Ammo, qanday boʻlishidan qatʼi nazar, mazkur fanning Sharq mamlakatlarida bir kator rivojlanganligi, bu borada oʻrta osiyolik olimlarning xizmati katta ekanligi tarixiy manbalardan maʼlum.




    1. Download 6,89 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish