Fizika fanini o’qitishning innovatsion ta’lim klasteri



Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish
Sana05.09.2021
Hajmi1,04 Mb.
#164740
Bog'liq
document



Fizika fanini o’qitishning innovatsion ta’lim klasteri

Jamiyatning hozirgi holati ichki dunyoga va yakka shaxsning noyob imkoniyatlariga e’tiborning

kuchayishi bilan tavsiflanadi. Shu munosabat bilan, insonning ichki imkoniyatlarini, uning qobiliyat

darajasini, bolalikdan boshlab aniqlash va rivojlantirish muammosi birinchi o’ringa chiqadi. Iqtidorli

bolalar bizning mulkimiz. Qobiliyatli bolalarni aniqlash va ular bilan ishlash ta’lim muassasasin-

ing dolzarb vazifasidir. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida ta’lim-tarbiya sifati va samaradorlig-

ini yuksaltirish, turli fan yo’nalishlaridagi yangiliklarni izlab topish va ta’lim jarayoniga tatbiq

etish, o’quvchilarni fanga bo’lgan qiziqishlarini, bilim samaradorligini oshirish, hozirgi zamon fan

va texnikasini o’rganishga bo’lgan intilishlarini kuchaytirish, ularni ijodkorlikka undash, nazariy bil-

imlarini amaliyotda qo’llash malakasini hosil qilishda o’qitish jarayonida zamonaviy ilg’or pedagogik

va axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanib darslarni tashkil etish natijasida mustaqil

fikrlovchi, ijodkor, barkamol shaxsni tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifalarni fidoiylik bilan amalga

oshirish lozim.

Pedagogik ta’lim innovatsion klasteri doirasida Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika insti-

tuti aniq fanlar fakulteti fizika kafedrasi tomonidan ishlab chiqilgan loyiha dasturiga ko’ra Toshkent

viloyati Chirchiq shahridagi o’rta umum ta’lim maktablarida fizka fani yo’nalishida muammo va

kamchiliklar o’rganildi va unda asosiy muammo va kamchiliklar quyidagilar ekanligi aniqlandi.

• Toshkent viloyatidagi o’rta umum ta’lim maktablarida fizika fanidan yetarli darajada pedagog

kadrlar yetishmasligi

• O’rta umumta’lim maktablarida fizka o’quv laboratoriya jihozlarining yetishmasligi

• Umumiy o’rta ta’lim maktablarida iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash tizimining mavjud emasligi

• O’quvchilarda fizika faniga bo’lgan qiziqishning pastligi

• Fizika fanidan oxirgi 5 yil mobaynida respublika miqyosida ijobiy ko’rsatkichga erishilmaganligi

Ushbu muammo va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida Toshkent viloyati Chirchiq davlat peda-

gogika instituti Aniq fanlar fakultetining Fizika kafedrasi hamda Chirchiq shahridagi 11-sonli hamda

15-sonli umumiy o’rta ta’lim maktablari o’rtasida ushbu innovatsion ta’lim klasteri bo’yicha shart-

noma imzolangan bo’lib,ikki tomonlama tuzilgan shartnomadan ko’zlangan asosiy maqsad iqtidorli

yoshlarni kashf etish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va qobiliyatli o’quvchilarni iqtidorini

rivojlantirish, o’quvchilarni kasbga yo’naltirish va ilm fanga qiziqishini oshirishni ko’zda tutadi.

Rasm 1: Fizika kafedrasi o’qtuvchilarining yuqori sinf o’quvchilari bilan seminar dars mashg’uloti

1



Ushbu maqsadda Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Aniq fanlar fakultetining

Fizika kafedrasi professor-o’qituvchilari Eshmatov Abror hamda Begzatova Shahnozalar yuqoridagi

umumiy o’rta ta’lim maktablarida Fizika fanidan darslar tashkil etib qobilyatli o’quvchilarni aniqlash

hamda ularni fan olimpiadalariga tayyorlash bo’yicha faoliyat olib bormoqdalar.Loyiha guruhining

ish rejasida belgilangan bandga ko’ra o’rta maktablarda fizika fani va uni o’qitish samaradorligini

oshirish,viloyat miqyosida fizika fanidan yuqori ko’rsatkichlarga erishish maqsadida o’rta maktab

o’quvchilariga qo’shimcha darslar tashkil qilindi. Bundan tashqari o’quvchilarning fanga qiziqishini

yanada oshirish maqsadida qiziqarli o’quv laboratoriya mashg’ulotlari tashkil etildi.

Bundan tashqari o’rta maktablarda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish maqsadida Toshkent

viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti professor o’qituvchilari tomonidan o’rta maktablar

o’qituvchilariga fizika fanidan namunaviy darslar va uslubiy ko’rsatmalar berib kelinmoqda.Ushbu

seminar mashg’ulotlardan ko’zlangan maqsad umumiy o’rta ta’lim maktablarida pedagog o’qituvchilar-

ning dars mahorati va yangi pedagogik ta’lim metodlari yordamida dars jarayonini takomillashtirishga

qaratilgan.

Rasm 2: Umumta’lim maktablari pedagoglari bilan o’quv seminar mashg’ulotlar

Iqtidorli o’quvchilarni bilimini nazorat qilish va ularni baholash maqsadida muntazam test sinovlari

tashkil etilib kelinmoqda.Test sinovlarida yuqori natijaga erishgan o’quvchilar bilan alohida o’quv

kurslari tashkil etilib tuman, viloyat va Respublika fan olimpiadalariga qatnashish uchun tayyorgar-

lik ishlari olib borilmoqda.

Ushbu innovatsion klasteridan ko’zlangan maqsad:

• Maktab o’quvchilari orasida viloyat va Respublika fan olimpiadalarida yuqori natijalarga er-

ishish


• oliy ta’lim muassasalarini fizika fani yo’nalishi bo’yicha bilimli,zukko va qobiliyatli o’quvchilar

bilan ta’minlash.

Ushbu ko’zlangangan natijalarga erishish maqsadida loyiha guruhi tomonidan amaliy ishlar davom

etmoqda.


2

Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish