Asbobning tavsifi
Chiziqli kengayish koeffitsiyentini aniqlashga mo’ljallangan qurilma taglikdan,
suvli probirkani joylash uchun mo’ljallangan chuqurchadan, elektr ishitish elementidan, indikatorni mahkamlashga xizmat qiluvchi muftadan, taglikka mahkamlangan sterjendan, kalitdan iborat. Qurilma ulovchi simlar yordamida o’zgaruvchan tok manbaiga ulanadi. Bunda probirka ichidagi tekshiriluvchi sterjen suv bilan birga xona haroratidan suvning qaynash haroratigacha isiydi. Sterjen uzunligining o’zgarishi indikator yordamida o’lchanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |