Fizika fanidan test savollari 10-sinf
1. Ip qo‘zg‘almas blokdan o‘tkazilib, bir uchiga 15 H, ikkinchi uchiga 25 N og‘irlikdagi yuklar osilgan bo‘lsa, ular qanday tezlanish bilan harakatlanadi (m/s 2)?
A)3 B) 2 C) 5 D) 2,5
2. Agar biror balandlikdan gorizontal otilayotgan jismning otilish tezligi 4 marta oshirilsa, uning harakatlanish vaqti qanday o‘zgaradi?
A) o‘zgarmaydi B) 2 marta kamayadi
C) 2 marta ortadi D) 4 marta ortadi
3. Avtomobil o‘z harakati vaqtining birinchi yarmida 80 km/soat tezlik bilan, qolgan vaqtida esa 40 km/soat tezlik bilan harakatlangan. Avtomobil harakatining o‘rtacha tezligi topilsin.
A) 120 km/soat B) 60 m/s C) 40 km/soat D) 60 km/soat
4. Havo shari qandaydir balandlikka vertikal ko‘tarilgach, shamol uni gorizontal yo‘nalishda 600 m masofaga uchirib ketdi. Agar havo sharining ko‘chishi 1 km bo‘lsa, havo sharining o‘tgan yo‘li qanday (m)?
A) 600 B) 1600 C) 1400 D) 1000
5. Massasi 1020 kg bo‘lgan avtomobil 5 s tormozlangandan keyin tekis sekinlanuvchan harakat qilib, 25 m masofani bosib to‘xtaydi. Avtomobilning boshlang‘ich tezligi va tormozlanish kuchi topilsin.
А) 10 m/s; 2,04 kN B) 2 km/s; 2,04 kN
C) 2 m/s; 2,04 N D) 2 m/s; 204 N
6. Vertolyot gorizontal ravishda 40 km uchib, 900 burchak ostida burildi va yana 30 km uchdi. Vertolyot uchgan yo‘lni va ko‘chishini toping (km).
A) 70;50 B) 50;70 C) 7;50 D) 70;5
7.Buyum o`zining ta`sviridan 80 sm masofada turibdi botiq ko`zguda ta`svir haqiqiy bo`lib buyumdan 3 marta kichik botiq. Botiq kozgu radiusini toping.
А) 0,8 м B) 0,6 м C) 0,5 м D) 0,4 м
8 . t=0 momentda K va L avtomobillar yonma-yon bo‘lgan. Berilgan grafikdan foydalanib avtomobillarning 6 s dan so‘ng o‘zaro holatini aniqlang.
A) K avtomobili L avtomobildan 20 м oldinda bo‘ladi.
B) K avtomobili L avtomobildan 20 м orqada bo‘ladi.
C) K avtomobili L avtomobildan 40 м oldinda bo‘ladi.
D) Ular yonma-yon bo‘ladi.
9 . Qattiq jism sovumoqda. Rasmda jism temperaturasining uning bergan issiqlik miqdori orasidagi bog‘lanish grafigi tasvirlangan. Jismning solishtirma issiqlik sig‘imi 500J/(kgK). Jism massasini toping.
A)1 kg B) 2 kg C) 3 kg D) 4 kg
10. Massasi 780 g bo’lgan temirning suvdagi vazni 6,8 N ga, noma’lum suyuqlikdagi vazni esa 7 N ga teng. Bu suyuqlikning zichligini aniqlang. Temirning zichligi 7800 kg/m3 ga teng.
A) 600 kg/m3 B) 700 kg/m3 C) 800 kg/m3 D) 900 kg/m3
1 1.Agar a) rasmda ko‘rsatilgan sxemadan b) rasmda ko‘rsatilgan sxemaga o‘tilsa, ampermetrning ko‘rsatishi qanday o‘zgaradi? Kuchlanishni o‘zgarmas deb hisoblang.
A) O‘zgarmaydi B) 2 marta kamayadi
C) 2 marta ortadi D) 4 marta ortadi
12.Tezkor lift yerga nisbatan 5 m/s2 tezlanish bilan tushmoqda. Vaqtning biror momentida liftning shiftidan bolt tushishni boshladi. Lift balandligi 2,5 m. Boltning tushish vaqtini aniqlang.
A) 0,5 s B) 1 s C) 1,5 s D) 2 s
1 3. Rasmda ko‘rsatilgan elektr zanjirda o‘lchov asboblari ideal bo‘lib, voltmetr 8 V ni va ampermetr 2 A tok o‘tayotganini ko‘rsatmoqda. 1 s da rezistorda qanday issiqlik miqdori ajralib chiqadi?
A)4 J B)0,25 J C) 16 J D) 32J
14. Qarshiligi 80 Ω bo‘lgan simni teng to‘rt bo‘lakka bo‘linib parallel ulandi. Umumiy qarshilik nimaga teng bo‘ladi?
A) 40 Ω B) 20 Ω C) 10 Ω D) 5 Ω
15. Qanday balahdlikda erkin tushish tezlanishi Yer sirtidagi tezlanishning 25% tashkil etadi?
A)R/2 B) 2R C) R D) R/5
16. Massasi 200 g bo`lgan jismni tik yuqoriga otilganda 1,44 s dan so‘ng yerga qaytib tushdi. Jismning yerga urilish momentidagi to‘la energiyasi nimaga teng?
А) 10 J B) 28 J C) 5 J D) 14,4 J
17. Tramvay 49 m/s2 tezlanish bilan harakatlanadi. Agar motor quvvatining 50% ishqalanish kuchini yengishga va 50% harakatning tezligini oshirishga sarf bo‘lgani ma‘lum bo‘lsa, ishqalanish koeffisiyenti topilsin.
A) 1 B) 0,5 C) 5 D) 0,05
18. Yuqoriga ko‘tarilayotgan samolyot 5 km balandlikda 360 km/soat tezlikka erishadi. Samolyotning tezligini oshirishga sarf bo‘lgan ishdan ko‘tarilishda og‘irlik kuchiga qarshi bajarilgan ish necha marta katta?
A) 9,8 B) 9 C) 98 D) 10
19. Ikki uchi ochiq va uzunligi 1 m bo‘lgan shisha trubani yarmigacha simobga botirildi. So‘ngra trubaning uchini barmoq bilan berkitib ko‘tarildi. Trubada qanday balandlikdagi simob ustuni qoladi? Atmosfera bosimi 750 mm.sim.ust.
А) 15 sm B) 75 sm C) 25 sm D) 50 sm
20. Normal bosimda turgan velosiped kamerasi nasos yordamida 20 marta damlanib, undagi bosim 2 atm.ga yetkazildi. Nasos slindrining hajmi kamera hajmidan necha martta kichik ?
A) 20 B) 75 C) 25 D)100
21. Massasi 5 kg bo‘lgan jism vakuumda 10 m balandlikdan tushmoqda. Yerdan 5 m balandlikda jism ichki energiyasi qanday o‘zgaradi?
A) 250 J ga ortadi B) 500 J ga ortadi C) 250 J ga kamayadi D) O‘zgarmaydi
22. Massasi 200 g bo’lgan jism 50 m/s tezlik bilan yuqoriga tik otildi. Trayektoriyaning eng yuqori qismidagi potensial energiyasi qanchaga teng?
A) 150 J B) 200 J C) 160 J D) 250 J
23. 100 g massali jism 20 m/s boshlang’ich tezlik bilan tekis sekinlanuvchan harakatlanadi. Ma’lum vaqtdan so’ng uning tezligi 10 m/s ga teng bo’ladi. Shu vaqtda ishqalanish kuchlari bajargan ishni toping.
A) 15 J B) 10 J C) -15 J D) -10 J
24. Yassi kandensator qaplamlari orasidagi masofa 2 marta kamaytirilib, orasidagi fazo dielektrik kiruvchanligi 2 ga teng modda bilan to’ldirilsa sig’imi qanday o’zgaradi?
А) 4 marta ortadi В) 4 marta kamayadi С) 2 marta kamayadi
D) 2 marta ortadi
25. O’tkazgich uchlariga berilgan kuchlanish 4 marta ortirilsa o’tkazgich qarshiligi qanday o’zgaradi?
А) 4 marta ortadi В) 4 marta kamayadi С) 16 marta ortadi
D) o’zgarmaydi
26. EYUK 12 V bo’lgan tok manbaiga 5 Om qarshilikli resistor ulanganda tok kuchi 2 A bo’ldi. Qisqa tutashuv tokini toping.
А) 1 А В) 2 А С) 4 А D) 12 А
27. Bir xil kuchlanishga mo’ljallangan 100 W quvvatli ikkita lampochka ketma-ket ulanib, xuddi shunday kuchlanishli tarmoqqa ulansa har biri qanday quvvat bilan yonadi?
А) 100 W В) 50 W С) 25 W В) 10 W
28. Uzunligi 1 m bo’lgan o’tkazgichdan 2 А tok o’tmoqda. Agar bu o’tkazgichga magnit induksiya vektori 0,1 Te bo’lgan magnit maydon tomonidan 0,1 N kuch ta’sir qilayotgan bo’lsa o’tkazgich bilan magnit induksiya vektori orasidagi burchak necha gradusga teng bo’ladi?
А) 0 В) 300 С) 450 D) 600
29. Elektrolitik vannadan 10 minut davomida 1 A bo’lgan tok o’tib turganda katodda qancha mis ajralib chiqadi? ( Msning elektrokimyoviy ekvivalenti 0,33 mg/Kl).
A) 198g В ) 1,98g С) 1,98*10-5kg D) 0,198g
30. Sirt taranglik koeffitsienti o’lchov birligi fo’rmulasini ko’rsating.
A) N*m B)N/m C)Pa*s D)N2/m2
31.Adiabatik kengayishda gazning ichki energiyasi qanday o’zgaradi.
_______________________________________________________________________
32. 0,1mm radiusli kapillyarda suv qanday balandlikka ko’tariladi. (sm)
_________________________________________________________________________
33. O’z suyuqligi bilan dinamik muvbozanatda bo’lgan bug’ ………..bug’ deyiladi.
_________________________'______"________________________________________________________________________________
35. Butun Olam tortishish qonunidagi gravitatsion doimiyning ma’nosi qanday?
_________________________________________________________________________
36. Quyida kyeltirilgan, oq yorug’lik tarkibidagi yetti xil rang spektral qanday ketma-ket tarkibida normal dispersiyani ifodalaydi
_______________________________________''________________________________:
37. Qanday haroratda vodorod molekulalarining o’rtacha kvadratik tezligi 3km/s bo’ladi?
________________________________________________________________________
38. Vodorod gazining 2 grammida nechta molekula bor?
________________________________________________________________________
39. Radiusi 0,2 mm bo’lgan kapilyar naycha suvga botirilsa undagi suyuqlik qanday balandlikka ko’tariladi? (sirt taranglik kofitsenti 0,072 N/m, suv zichligi 103 kg/m3)
___________________________________________________________________
40. 270C da bir atomli 10 mol gazning ichki energiyasi qanday?
_____________________________________________________________________________
Fizika javoblari
Savol
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
11
|
12
|
13
|
14
|
15
|
16
|
17
|
18
|
19
|
20
|
Javob
|
D
|
D
|
D
|
C
|
A
|
A
|
B
|
B
|
B
|
С
|
С
|
B
|
С
|
В
|
С
|
С
|
B
|
A
|
B
|
A
|
Savol
|
21
|
22
|
23
|
24
|
25
|
26
|
27
|
28
|
29
|
30
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Javob
|
D
|
D
|
C
|
A
|
D
|
D
|
B
|
B
|
D
|
B
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |