Fizika fanidan o’quvchilar amal qiladigan asosiy qoidalari


UMUMIY O‘RTA TA’LIMNING DAVLAT TA’LIM STANDARTLARINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA



Download 31,89 Kb.
bet2/5
Sana31.12.2021
Hajmi31,89 Kb.
#276026
1   2   3   4   5
Bog'liq
Fizika fanidan o

UMUMIY O‘RTA TA’LIMNING DAVLAT TA’LIM STANDARTLARINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA

 LexUZ sharhi

Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-sonli “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2020-yilning 1-sentabridan o‘z kuchini yo‘qotadi.

“Ta’lim to‘g‘risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari hamda Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish to‘g‘risida” 1998-yil 13-maydagi 203-son qarori bajarilishini ta’minlash, ta’lim mazmuniga islohotlarning bosh maqsadidan kelib chiqqan holda zarur tuzatishlar kiritish, uning sifati va samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va 1998-1999 o‘quv yilida ta’lim muassasalarida tajriba-sinovdan o‘tgan umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi:

1998-1999 o‘quv yilida ta’lim muassasalarida tajriba-sinovdan o‘tgan umumiy o‘rta ta’limning o‘quv dasturlari va rejalarini belgilangan tartibda tasdiqlasin;

1999-2000 o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlarini umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quv dasturlari bilan birgalikda quyidagicha bosqichma-bosqich joriy etsin:

1999-2000 o‘quv yili 5-6 sinflar;

2000-2001 o‘quv yili 7-sinf;

2001-2002 o‘quv yili 8-sinf;

2002-2003 o‘quv yili 9-sinf;

umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarini nashr etsin va 1999-yil 1-sentabrgacha ta’lim muassasalariga yetkazsin;

yangi davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlariga asosan original darsliklarni yaratib, belgilangan tartib va muddatlarda nashriyotga topshirsin;

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari asosida 1999-2000 o‘quv yilidan boshlab pedagog kadrlarni yangi davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari bilan faoliyat ko‘rsatishlarini ta’minlasin.

3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi, “Sharq” nashriyot-matbaa konserni yangi davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari asosida yaratilgan original darsliklarni buyurtma va ehtiyoj asosida o‘z vaqtida chop etish hamda joylarga yetkazishni ta’minlasinlar.

4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Xalq ta’limi vazirligi taqdim etgan smeta asosida davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarni nashr etish uchun sarflanadigan mablag‘larni belgilangan tartibda ajratsin.

5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv yurtlari uchun davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda ta’lim turlari va bosqichlari o‘rtasidagi uzviylikni, ta’lim mazmuni uzluksizligini ta’minlasin.

6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari H. S. Karomatov zimmasiga yuklansin.


Download 31,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish