Fizika fanidan 6 – sinf uchun test topshiriqlari
I – chorak
2 – variant
1. Jism harakatlanganda qoldirgan izi shu jismning ….. deyiladi . Nuqtalar o’rniga to’g’ri so’zni topib qoying .
A. Mexanik harakat B. Yo’l C. Trayektoriya D. Tekis harakat
2. Yuguruvchi 100 m masofani 10,5 sekundda bosib o’tdi . Uning tezligi nimaga teng.
A. 9,5m/s B . 10,5 m/s C. 10 m/s D. 5 m/s
3. Velosipedchi 10 minutda 48 km / soat tezlik bilan tekis harakat qildi . Uning
bosib o’tgan masofasi nimaga teng .
A. 48 km B . 8 km C. 18 km D. 0,8 km
4. Avtobusdagi yo’lovchi birdaniga oldinga yiqildi . Nima sababdan ?
A. Avtobus o’ngga burildi . B.Chapga burildi C.Avtobus tormuzlandi D.Orqaga yurdi
5. Jismga boshqa jismlarning ta’siri bo’lmaganda jism o’zining tinch holatini yoki harakat tezligini saqlash
hodisasi ….. deyiladi . Nuqtalar o’rniga to’g’ri so’zni topib qoying .
A. Tekis harakat B. Notekis harakat C. Inersiya D. Kuch
6. Jismga boshqa jismlarsiz o’z tezligini o’zgartira oladimi ?
A. Ha B. Yo’q C. O’zgartiradi D. Massasi kichik bo’lsa
7. 0,065 kg necha gramga teng bo’ladi ?
A. 0,65 g B. 6,5 g C. 65 g D . 650 g
8. Spirtning zichligi 800 kg / m3 . Uni g / sm3 larda ifodalang .
A. 800 g/sm3 B. 80 g/sm3 C. 8 g/sm3 D. 0, 8 g/sm3
9. Bir jismning ikkinchi jismga ta’siri tufayli tezligi yoki shakli o’zgarishiga sabab
bo’ladigan kattalikni …… deb ataladi . Nuqtalar o’rniga qoying .
A. Tezlik B. Massa C. Kuch D. Zichlik
10. Tezlikni o’lchaydigan asbobni nomini ko’rsating .
A. Spidometr B. Barometr C. Dinomometr D. Termometr
11. 1 m/s kattami yoki 1 km/soat mi ?
A. 1 m/s B. 1 km / soat C. Teng D. 1 m/s dan katta
12. Quyidagi : 1.Kitob 2. Kerosin 3. Kislorod 4. Arava 5. Kompot 6. Suv
tushunchalaridan qaysi biri moddaga to’g’ri keladi ?
A. 1,2,3 B. 2.3.4 C . 2,3,6 D . 1,3,5
13. Quyidagi : 1. Samolyot 2. Benzun 3. G’isht 4. Qatiq 5. Velosiped 6. Havo
tushunchalaridan qaysi biri fizikaviy jismga to’g’ri keladi ?
A. 1,2,3 B. 2.3.4 C . 4,5,6 D . 1,3,5
14. Uzunlik qanday birliklarda o’lchanadi ?
A. kg B. m va s C. m vas m D. kg va s
15. Moddaning molekulalari va atomlari orasida farq bormi ?
A. Modda molekula va atomlari orasida farq yo’q.
B. Molekulalar bir xil atomlardan tashkil topgan C. Molekulalar bir xil D. Atomlar bir xil
16. Bodring , karamlarni tuzlash qanday hodisaga asoslangan ?
A. Konveksiya B. Diffuziya C. Issiqlik hodisasi D. Erish tufayli
17. Qanday holatdagi jism o’z hajmini va shaklini saqlay oladi ?
A. Qattiq holatda B. Suyuq holatda C. Qattiq va suyuq holatda D. Gaz holatda
18. Qattiq jismni harorati pasayganda unung qaysi kattaligi ortadi ?
A. Hajmi B. Molekulalar orasidagi o’zaro ta’sir C. Zichligi D. Molekulalar tezligi
19. Fizika so’zining ma’nosi
20. Diffuziya hodisasi deb nimaga aytiladi
21. Diffuziya so’zining ma’nosi
22. 54 km / soat necha m / s ga teng ?
23. Tezlikni toppish formulasi
24. Vaqtning birligi
25. 1 soat necha sekundga teng ?
Do'stlaringiz bilan baham: |