O„quvchilarda shakllangan fanga oid umumiy kompetensiyalar:
Fizik jarayon va hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi:
A1
oddiy mexanizmlarning ishlashini, jismlarning issiqlikdan kengayishi, issiqlik
o„tkazuvchanlik, konveksiya, nurlanish, jismlarning elektrlanishi, elektr toki yordamida
asboblarning ishlashi, yorug„likning tabiiy va sun‟iy manbalari, yorug„likning to„g„ri chiziq
bo„ylab tarqalishi, soya va yarim soya hosil bo„lishi, Quyosh va Oy tutilishi, yorug„likning
qaytishi va sinishi, ko„zguda tasvir hosil bo„lishi, kamalakning paydo bo„lishi, tovushning turli
muhitlarda tarqalishi, tovushning qaytishi, aks sado, musiqiy tovushlar va shovqinlarni kuzatadi,
tushunadi va tushuntira oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |