Fizika” fani bo’yicha


O’zinduksiya. O’zaroinduksiya. Induktivlik



Download 12,13 Mb.
bet93/190
Sana28.06.2021
Hajmi12,13 Mb.
#103866
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   190
Bog'liq
Fizika” fani bo’yicha

3. O’zinduksiya. O’zaroinduksiya. Induktivlik.

Elektr toki oqayotgan har qanday o'tkazgich o'zining «xususiy» magnit maydonida joylashadi. Shuning uchun konturdan oqayotgan tok kuchining o'zgarishi natijasida xuddi shu konturning o'zida elektromagnit induksiyasi ro'y beradi. Bu hodisani o'zinduksiya hodisasi deyiladi.

Konturdan o'tayotgan tok tufayli vujudga kelgan magnit oqimi tok kuchiga proporsional bo'ladi, ya'ni: Ф = LI (6)

bu yerda L - konturning induktivligi, u konturning shakli va o'lchamlari hamda muhitning magnit singdiruvchanligiga bog'liq kattalikdir. Kontur joylashgan muhitning magnit singdiruvchanligi o’zgarmasa, ayni konturning induktivligi ham o’zgarmas kattalik bo’ladi. SI da induktivlikning birligi —genri (Gn) deb ataladi.

[L]= [Ф]/[I]=Vb/A=Gn

Demak, Gn shunday g'altakning induktivligi, bu g'altakdan A o'zgarmas tok o'tganda vujudga keladigan magnit oqimi 1 Vb bo'ladi. Uzunligi l, o'ramlar soni n bo'lgan g'altakning induktivligi



Lc=(μμn2/l)S (7)

ifoda bilan aniqlanadi.

Kontuning induktivligi o'zgarmas bo'lgan hol uchun o'zinduksiya EYUK (8) ifoda bilan aniqlanadi.

ε o’zind = - dФ/dt=-LdI/dt (8)

Demak, induktivligi IGn bo'lgan konturdan o'tayotgan tok kuchi 1 sekundda 1A ga o'zgarsa, konturda o'zinduksiya EYUK vujudga keladi.



3-rasm.

Tokning boshqa (qo'shni) konturda o'zgarishi tufayli shu konturning o'zida induksion tokni hosil qilinishi o'zaro induksiya deb ataladi. Ikkita kontur olaylik (3-rasm).

Birinchi konturdan oqayotgan tok kuchining dI1 ga o'zgarishi ikkinchi kontur yuzini kesib o'tayotgan magnit oqimini dФ21=L21dI (9) ga o'zgartiradi. Bu esa o'z navbatida ikkinchi konturda

ε2 = - dФ21/dt=-L21( dI1/dt) (10) induksiya EYUK ni vujudga keltiradi. Xuddi shuningdek, ikkinchi konturdan oqayotgan tok kuchining dI2 ga o'zgarishi tufayli birinchi kontur yuzini kesib o'tayotgan magnit oqimi

12 = L12dI2 (12) ga o'zgaradi.

Natijada birinchi konturda ε1 = - dФ12/dt=-L12 ( dI1/dt) (13)

induksiya EYUKi vujudga keladi.

Bu ifodalardagi L12 va L21 lar konturlarning o'zaro induktivligi deb ataladi. Tajribalarda ham, nazariy yo’l bilan ham Ll2 = L21 ekanligi isbotlangan.


Download 12,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish