Mashg'ulotning borishi
Asosiy atamalar va tushunchalar:
- lupa;
- fotoapparat;
- proyeksion apparat;
- mikroskop.
I. Darsning tashkil etilishi:
sinfga kirishda o’quvchilar o’qituvchi tayyorlagan emblemalarini olib, o’z joylarini egallaydilar;
salomlashib, davomat aniqlanadi; d) o’quvchilarning darsga hozirligi
ko’rib chiqilib, guruhlarga bo’linadi:
1-guruh — «Beruniy»;
2-guruh — «Ulug'bek»;
3-guruh — «lbn Sino».
II. o’tilgan mavzuni takrorlash.
o’qituvchi tomonidan oldindan tayyorlab qo’yilgan savol va topshiriqlarni .guruhlar boshlig'i tanlab oladilar.
«o’zing bajar» shartida guruhlar amaliy topshiriqlarni bajarib, taqdimot qiladilar.
1-guruhga: "Yorug'likning qaytish qonuni"ni tushuntiring (yorug'lik manbai, yassi ko’zgu, optik disk).
2-guruhga: "Yorug'likning sinish qonuni"ni tushuntiring (yorug'lik manbai, yassi ko’zgu, optik disk).
3-guruhga: "Linzada tasvir hosil qilish" (yorug'lik manbai, qavariq linza, ekran) kabi topshiriqlar beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |