Fizika 8-sinf i-chorak 11 dars Mavzuning texnologik xaritasi



Download 235 Kb.
Sana19.03.2017
Hajmi235 Kb.
#4892

FIZIKA



8-sinf I-chorak 11 - dars
Mavzuning texnologik xaritasi


Mavzu

Elektr zaryadining taqsimlanishi


Maqsad

O‘tkazgichlarda zaryadlarning taqsimlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini o`rganish. O`quvchilarga o`tkazgichda elektr zaryadlarining joylashishi, Faradey qafasi, o`tkazgich sirtida zaryadlar taqsimlanishi, elektr shamol haqida ma`lumotlar berish hamda fizik jarayon va hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish, tajribalar o‘tkazish va xulosalar chiqarish, fizik bilimlardan amaliyotda foydalanish kompetensiyalari shakllantiriladi.


Vazifalar

O`quvchilarga o`tkazgichlarda zaryadlarning taqsimlanishi haqida ma`lumotlar berish va ularni tajribalar ko`rsatish orqali tushuntirish. Ularning turmushda va texnikadagi ahamiyatini tushuntirish orqali fanga bo`lgan qіziqishlarini oshirish.


o`quv jarayonining mazmuni

O`tkazgichda elektr zaryadlarining joylashishi, Faradey qafasi, o`tkazgich sirtida zaryadlar taqsimlanishi, elektr shamolini o`rganish.

o`quv jarayonining amalga oshirish texnologiyasi

Metod: Kichik ma’ruza orqali taqdimot, “Savol-javob, guruhlar bilan ishlash.

Vosita: 8-sinf fizika darsligi, tarqatma savollar, elektrometr, elektrofor mashina, kompuyuter, kadoskop, slaydlar.

Nazorat: Og`zaki nazorat, guruhlarni baholash.

Baholash. 5 ballik tizim asosida.

Kutilayotgan natijalar

O‘qituvchi.

O`quvchilarga o`tkazgichlarda zaryadlarning taqsimlanishi mavzusini hayotiy misollar orqali yoritish natijasida yuqori samaradorlikka erishadi. Interfaol metodlardan foydalanish orqali o`quvchilarning mustaqil fikrlashi, faolligi, darsga, fanga nisbatan qiziqishni orttiradi. O`z oldiga qo`ygan maqsadlariga erishadi.



o`quvchi.

O‘quvchilar mustaqil o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq tushunarli bayon qila oladi. Mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya oladi. Guruhlar bilan ishlashni va o`z ustida ishlashni o‘rganadilar, eslab qolish, ayta olish, ko‘rsata olish ko‘nikma va malakalarga va kommunikativ, axborot bilan ishlash, shaxs sifatida o‘zini o‘zi rivojlantirish, matematik savodxonlik kompetensiyalari shakllantiriladi.



Kelgusi rejalar

o`qituvchi.

o`quvchilarni fizika faniga qiziqtirish yo`llari va pedagogik texnologiyalarni darsda tadbiq etish uchun o`z ustida ishlash, mavzuni kundalik turmush va fan-texnikada qo`llanilishi bilan tajribasini boyitish.



o`quvchi.

o`tkazgichlarda zaryadlarning taqsimlanishi jarayonni tasavvur qilish, amaliyotga qo`llash. qo`shimcha adabiyotlar bilan mustaqil ishlashni o`rganish. o`z fikrini ravon bayon qila olish. Kompuyuterda ishlash ko`nikmasini hosil qilish.





Mashg`ulot bosqichlari.


Bosqichlar

Mazmuni

Metodlar

Vaіti

1-bosqich Tashkiliy іism

Salomlashuv. Mashg`ulotning borishi haqida tushuncha berish.

Og`zaki

muloqot


3 minut

2-bosqich

o`qituvchi ishtirokida o`tilgan mavzuni takrorlash va guruhlar bilan ishlash.

Guruhlarda

ishlash, amaliy topshiriq bajarish va guruhlar taqdimoti



12 minut

3-bosqich

Mavzu bayoni



o`qituvchi o`tkazgichlarda zaryadlarning taqsimlanishi to`g`risida o`quvchilardan so`rash hamda mavzuning asosiy mazmuni to`g`risidagi ma’ruzasi (slaydlar hamda savollar asosida) – jamoaviy ish

“Savol-javob”, og`zaki bayon, tushuntirish,

savol-javob, matn bilan ishlash, slaydlar namoyishi.



15


minut

4-bosqich Mustahkamlash

Mavzu bo`yicha o`quvchilar bilimlari, tushunchalarini guruhdagi faoliyatlari orqali aniqlash

o`z-o`zini baholash



10 minut


5-bosqich

Mashg`ulot yakuni va mustaqil ish uchun topshiriq



Darsda g`olib bo`lgan guruh va faol qatnashgan o`quvchilarni rag`batlantirish, mashg`ulotni yakunlash, mustaqil ish uchun topshiriq berish

o`quvchilarni rag`batlantirish

5 minut




Mashg`ulotning borishi

Asosiy atamalar va tushunchalar:

-Faradey qafasi;

- elektr “shamol”.
I. Darsning tashkil etilishi:

a) sinfga kirishda o`quvchilar o`qituvchi tayyorlagan emblemalarini olib, o`z joylarini egallaydilar;

b) salomlashib, davomat aniqlanadi;

c) o`quvchilarning darsga hozirligi ko`rib chiqilib, guruhlarga bo`linadi:

I guruh — Beruniy

II guruh — Ulug`bek

III guruh — Ibn Sino
II. O`tilgan mavzuni takrorlash.

Guruhlar bilan “Savol –javob” o`tkazish.

O`qituvchi tomonidan oldindan tayyorlab qo`yilgan savol va topshiriqlarni guruhlar boshlig`i chiqib tanlab oladilar.

1-guruhga: Elektr zaryadi. Elektr zaryadining ikki turini tushuntiring.

2-guruhga: Zaryadlangan jismlarning o`zaro ta`siri. Kulon qonunini tushuntiring.

3-guruhga: Elektrofor mashina. Elektrometrni tushuntiring.

III. Yangi mavzu bayoni: Elektr zaryadining taqsimlanishi

Reja:


  1. O`tkazgichda elektr zaryadlarining joylashishi.

  2. Faradey qafasi.

  3. O`tkazgich sirtida zaryadlar taqsimlanishi.

  4. Elektr “shamol”

Yangi mavzuni boshlashdan avval o`quvchilarni yangi mavzuga olib kirish maqsadida “Savol-javob” metodidan foydalaniladi.



    1. O`quvchilarga savollar beriladi. O`tkazgich nima va ulardan qayerlarda foydalanish mumkinligi so`raladi.

    2. O`quvchilarning fikrlari va g`oyalari tinglanadi.

    3. O`quvchilar tomonidan berilgan fikr va g`oyalari umumlashtiriladi.

Shundan so`ng o`quvchilarga o`tkazgichlarda zaryadlarning taqsimlanishi haqida to`liq ma’lumot beriladi. Slayd orqali mavzudagi tasvirni katta ekranga chiqarib, o`quvchilarga havola etiladi va tushuntiriladi.

IV. Mavzuni mustahkamlash:

BLIS” so`rovidan foydalanish topshiriqni bajarish uchun tavsiyalar.



Topshiriqlarining o‘ziga xos xususiyatlari:

  • Qisqa vaqtda mustahkamlash nazoratini amalga oshirish

  • Barcha o‘quvchilarning BKM elementlarini qanday darajada egallab olganligini nazorat qila olish

  • O‘quvchilarda o`tkazgichlarda zaryadlarning taqsimlanishi to‘g‘risida tasavvurlarning shakllanishiga yordam beradi

  • Nazorat usulining soddaligi

  • Natijalarni tekshirib chiqish qisqa vaqtni talab etishi

BLIS” so`rov topshiriqlari:



Shakli: “Ha yoki yo`q”


  1. O’tkazgichda elektr zaryadlari uning sirti bo’ylab taqsimlanadimi.

  2. O’tkazgich ichida zaryad bo’ladimi

  3. O’tkazgich ichida zaryad bo’lmasligini Faradey qafasi orqali isbotlaganmi

  4. O’tkazgichda elektr zaryadlari notekis taqsimlanadi.

  5. O’tkazgichning uchli joylarida zaryadlar zich joylashadi.


So`rovni o`tkazish tartibi:

1.Topshiriq doskada yoki slayd yordamida o‘quvchilarga taqdim etiladi.*

2.O‘quvchi quyidagi shaklda javoblarni belgilaydi:

BLIS” so`rov topshiriqlari uchun javob faraqasi:



1

2

3

4

5

















O`zingiz to`g`ri deb hisoblagan javoblarni X belgisi bilan, noto`g`ri deb hisoblagan javoblaringizni O harfi bilan belgilang.
O`quvchi quyidagi javoblarni belgilaydi.

1

2

3

4

5

X

X

O

O

X



Nazorat uchun belgilangan vaqt tugagach oqituvchi o‘quvchilarning javob varaqalarini tekshirib chiqadi va baholaydi
Baholash mezonlari:

  • 5 ta to‘g‘ri javob uchun “5” ball

  • 4 ta to‘g‘ri javob uchun “4” ball

  • 3 ta to‘g‘ri javob uchun “3” ball

  • 2 ta va undan kam javob uchun “2” ball

O`qituvchi o‘quvchilarning javob varaqalarini tekshirib chiqadi va BKM elementlarini qanday darajada egallab olganligini aniqlaydi
Savol va topshiriqlar



  • Nazorat bosqichidagi “Blits” so‘rov natijalarini tahlil qilish, bo‘shliqlar hajmini aniqlash.

  • Aniqlangan bo‘shliqlarni to‘ldirish yuzasidan chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish, zarur bo‘lsa qo‘shimcha mashg‘ulot rejalashtirish.

  • Yangi mavzu yuzasidan nazorat materiallari tayyorlash, nazorat shakli va usullarini belgilash.

  • Darsga oid qo‘shimcha ma`lumotlarni to‘ldirish, keyingi darsda o‘quvchiga ularni taqdim etish.


VI.Uyga vazifa.

Mavzuga oid savollarga javoblar tayyorlash.

Mavzuga doir test tuzib kelish.
ILOVALAR:

Mashg`ulot davomida ishlatiladigan slaydlar va tarqatma materiallar


1-slayd
Elektr zaryadlari yakkalangan o`tkazgichda qanday joylashgan bo`ladi ? O`tkazgich ichida ham zaryad bo`ladimi?

Metall sharga musbat zaryad berildik. Bilamizki bir xil ishorali zaryadlar bir biridan itariladi. Shu sababli shar ichida zaryad bo’lgan taqdirda ham ular o`zaro itarishib imkon qadar bir biridan uzoq masofada joylashishga intiladi. Natijada sharning butun hajmidagi zaryadlar uning sirtiga chiqib qoladi. Shu bois metall sharga berilgan musbat zaryadlar sharning sirti bo`ylab joylashadi .







2-slayd
Ikkita elektrometr olib ularning biriga ichi kovak va tepasida teshigi bo’lgan metall shar o`rnatiladi. Sharga elektr zaryadi berilsa elektrometr ko`rsatkichi ma’lum burchakka buriladi. Izalyatorli tayoqcha uchini kovakli shar ichiga kirgizib tayoqcha uchiga mahkamlangan sharning ichki sirtiga so`ngra tayoqcha sharchasini zaryadlanmagan elektrometr sharchasiga tekkizamiz. Bunda ikkinchi elektrometrning ko`rsatkichi joyidan qo`zg`almaydi

Demak shar ichida zaryad bo`lmas ekan.

Endi tayoqcha sharchasini birinchi elektrometr ustidagi shar sirtiga tekkizamiz. Bunda shu elektrometr ko`rsatkichi zaryadning biroz kamayganini ko`rsatadi. Tayoqcha sharchasini ikkinchi elektrometr sharchasiga tekkizamiz . Bunda elektrometr ko`rsatkichi biroz buriladi yani zaryad olganini bildiradi.

Demak elektr zaryadi shar ustida joylashar ekan .



Yakkalangan o’tkazgichda elektr zaryadlari uning sirti bo’ylab taqsimlanadi. O’tkazgich ichida zaryad bo’lmaydi.






3-slayd

Faradey qafasi

M.Faradey o`tkazgich ichida elektr zaryadlari bo`lmasligini isbotlash uchun yog`ochdan qafas yasagan. Qafasning tashqi qismini yupqa folga bilan qoplagan. Faradey qo`liga elektroskop olib qafas ichiga kirib olgan. Uning yordamchilari qafasni ipak arqonlar bilan osishga so`ngra qafasga elektr zaryadlar berishgan. Qafas ichidagi elektroskop ham Faradey ham qafasning zaryadlanishini sezmagan.

Faradey o`tkazgan bu tajriba ham o`tkazgich ichida zaryad bo`lmasligi elektr zaryadlari faqat o`tkazgich sirti bo`ylab joylashishini isbotlaydi.




4-slayd
Elektr shamol

Yakkalangan o`tkir uchga ega sharni o`tkazgich sim orqali elektr sim orqali elektr zaryadlari manbayiga ulab uni uzluksiz zaryadlab turamiz. Sharning o`tkir uchida zaryad eng zich ekanligi ma’lum . Sharning uchiga yonib turgan sham yaqinlashtiramiz. Bunda alanganing shamol ta’siridagidek egilishi kuzatiladi . Bu hodisa elektr <> deb yuritiladi.



Bu tajriba murakkab shakldagi yakkalangan o`tkazgich sirtida elektr zaryadlarining notekis taqsimlanishi o’tkazgichning uchli joylarida zaryadlar zich joylashishini tasdiqlaydi.



.

Download 235 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish