Nazorat ishining bali – bahosi:
4- NAZORAT ISHI
Mavzu: Jismlarning muvozanati. Oddiy mexanizmlar
Nazorat shakli: Test sinovi
1. O‘zbekistonda chiqadigan «Matiz» rusumli avtomobil dvigatelining
quvvati 52 «ot kuchi» ga teng. Uni kWlarda ifodalang.
A) 52,14; B) 38,246; C) 75; D) ≈ 78.
2. Xonada ishlayotgan sovutgichning quvvati 280 W. Uning 3 soatda sarflagan energiyasini aniqlang (kJ) .
A) 840; B) 3024; C) 1680; D) 1512.
3. Mexanik ish formulasini ko‘rsating.
A) F·s; B) pgh; C) mgh; D) mυ2/2.
4. Jismlarning ish bajara olish qobiliyatiga … deyiladi. Nuqtalar o‘rniga to‘g‘ri javobni qo‘ying.
A) potensial energiya; B) kinetik energiya;
C) mexanik ish; D) energiya.
5. Keltirilganlardan qaysi biri richagning muvozanat shartini ifodalaydi?
A) F1l1= F2l2; B) F1,2=-F2,1; C) F = N·t; D) F2S1=F2S2.
6. «Jismni muvozanat holatidan chetga chiqarilganda, uni dastlabki
vaziyatiga qaytaruvchi kuch hosil bo‘ladigan muvozanatga ... deyiladi.
Nuqtalar o‘rniga to‘g‘ri javobni qo‘ying.
A) turg‘un muvozanat; B) turg‘unmas muvozanat;
C) befarq muvozanat; D) massa markazi.
Do'stlaringiz bilan baham: |