Fizika – matematika fakulteti Mehnat ta’limi kafedrasi Mehnat ta’limi yo’nalishi


Kirish darslarida qo`llaniladigan pedagogik texnologiyalar



Download 2,37 Mb.
bet2/5
Sana04.06.2017
Hajmi2,37 Mb.
#10394
1   2   3   4   5

1.2. Kirish darslarida qo`llaniladigan pedagogik texnologiyalar
Kirish darslari odatda o`quv yili yoki choraklar boshida, yangi fan yoki uning bo`limlarini o`rganishga kirishishda o`tkaziladi. Moxiyatiga ko`ra bunday darslarda o`quvchilarga fan (yoki bo`lim) xaqida dastlabki ma`lumotlar beriladi, umumiy tushunchalar, tasavvur xosil qilinadi. Shu sababli bunday darslarni iloji boricha qiziqarli, o`quvchilarning e`tiborini tortadigan qilib o`tkazish maxsadga muvofixdir. Ayniqsa, birinchi mashqulotga tegishli kirish darsini o`tkazishga katta e`tibor qaratish zarur. Chunki o`quvchilar chinashilik darsi bilan muxandislik grafikasiga kirib keladilar. Shu sababli ularning qiziqishi boshqacha bo`ladi. Bu darsda, avvalo, o`quvchilarga chizmashilik ustaxonasida oldingi o`quvchilar tomonidan bajarilgan, tayyorlangan ish namunalarini ko`rsatish yaxshi natijalar beradi. Yangi o`quvchilar ham shunday ishlarni bajarishlari mumkinligini bilib sevinadilar, oldingi o`quvchilarga o`xshagilari keladi.

Kirish darslari odatda o`qituvchi tomonidan xikoya, namoyish yoki illyustratsiya usullarini qo`llagan xolda olib boriladi. Ora-orada suxbat usulini qo`llash ham yaxshi natija beradi. Chunki bunda mavzuga oid o`quv materiallarini o`quvchilar tomonidan qanday o`zlashtirib borilayotganligi ham nazorat qilinadi, ham ularning o`zlashtirishlaridagi noaniqliklar tuzatiladi, kamchiliklar to`ldiriladi. Shuningdek mazkur darslarning saviyasini hamda o`quvchilarning dars (fan)ga bo`lgan qiziqishlarini yanada oshirish maxsadida ta`limning faol usullarini ham qo`llash mumkin. Bunday usullarga kichik ma`ruzalar, anjuman darsi, munozara darsi, interv`yu va boshka shu kabi usullarni kiritish mumkin.



Kichik ma`ruzalar usulini qo`llash uchun o`qituvchi ayrim o`quvchilarga bir necha mavzu bo`yicha 3-5 minutlik ma`ruzalar tayyorlab kelishni topshiradi. Tayyorlangan ma`ruzalar darsda o`qib beriladi. O`qituvchi ularni umumlashtirib, darsning asosiy g’oyasi va maqsadini o`quvchilarga tushuntiradi hamda darsni yakunlaydi. Dars oxirida savol-javoblar o`tkaziladi.

Anjuman darsini tashkil etish va o`tkazish uchun o`qituvchi o`quvchilarga mavzuga oid ayrim o`quv materiallari bo`yicha ma`lumotlar yig’ib kelishni va ularni darsda aytib berish vazifasini topshiradi. Bunda o`quvchilar o`zlari mustaxil holda tayyorlab kelgan ma`lumotlarini ularga mos keluvchi kasb egalari nomidan bayon etadilar.

Munozara darslarini tashkil etish uchun o`qituvchi mavzuga mos keluvchi o`quv materiallari yuzasidan qiziqarli, muammoli savollar tuzadi. Bunday savollarga beriladigan javoblar o`quvchilar uchun mavxum bo`lmasligi va ular tomonidan oldin yaxshi o`zlaashtirib olingan bo`lmasligi kerak.

Interv`yu darsini o`tkazish ham o`quvchilarda qiziqish uygotishi mumkin. Bunda bir o`quvchi muxbir, qolgan o`quvchilar esa taniqli kishilar timsolida chiqib, muxbir savollariga javob beradilar: o`zlari aks ettirayotgan soxalarda olib borilayotgan ishlar, erishilagan yutuqlar, oldinda turgan muammolar haqida gapirib beradilar.

1.3. Mehnat ta`limi darslarida chizmashilik faniga oid tushunchalarni o`rgatishda ko`rgazma darsidan foydalanish
Yangi pedagogik texnologiyalardan dars jarayonida unumli foydalanish o`quvchi va talabalarni mustaqil ishlashga o`rgatish bilan birgalikda ularning taffakuri, qobiliyati, izlanuvchanligi va o`z navbatida bilimlarini oshirishning eng muhim omilidir. Chizmachilik va injenerlik grafikasi faniga oid tushunchalar ko`pchilik o`quvchilar va talabalar tomonidan qiyin o`zlashtirilishi hech kimga sir emas. Talabalar bu fanga tushunchalarni chuqur o`zlashtirishlari uchun ko`proq mustaqil ishlashlariga to`g`ri keladi. Biz tavsiya etmoqchi bo`lgan dars usuli yuqoridagi muammoni ijobiy hal etish im-konini beradi. Bu usulni ko`rgazma darsi deb nomlash mumkin. Bu darsni olib borish jarayonini umumiy o`rta ta`lim maktablarining 8-sinfidagi Chizmachilik fani misolida yoki mehnat ta`limi ixtisosligi 1-kursida yuqoridagi fan bo`yicha o`tiladigan “Egri chiziqlar” mavzusi misolida ko`rib o`taylik. O`qituvchi oldindan 5-6 ta o`quvchi (talaba)ga ellips, evol`venta, sinusoida, Arximed spirali kabi topshiriqlarni beradi. Ular o`zlariga berilgan topshiriqlarni bajarish tartibini o`rganadilar va chizmalarni A1, A2 qog`ozlarga chizadilar.

Darsni quyidagi tartibda tashkil etish mumkin.

Hurmatli o`quvchilar (talabalar)! Yosh ijodkorlarning “Egri chiziqlar” mavzusida yaratgan asarlari namoyishiga hush kelibsizlar! Bugungi ko`rgazmamizga bir necha asarlar taqdim etilgan. Hozir sizlarni asarlar va ularning mualliflari bilan tanishtiramiz. Birinchi asarimiz “Arximed spirali” deb nomlanadi. So`z - asar muallifi (o`quvchi yoki talaba) - A. Vohidovga. Marhamat!

O`quvchi (talaba) chiqadi va A2 qog`ozga tasvirlangan chizma hamda boshqa ko`rgazmali qurollardan foydalanib bajargan ishini tushuntirib beradi. U o`z bayonini tugatgach, shu mavzu bo`yicha bahs-munozara o`tkaziladi. Shu tariqa boshqa o`quvchi (talaba)lar ham chiqib, o`z mavzulari bo`yicha tayyorlab kelgan ko`rgazmalarining mazmunini bayon etishadi. Bunda ham mavzular bo`yicha bahs-

munozaralar olib boriladi. Bu darslarni O`TV yordamida olib borish maqsadga muvofiqdir.

Bu dars usulini qo`llash orqali quyidagi natijalarga erishish mumkin:



  1. O`quvchi-talabalarni mustaqil ishlashga o`rgatish.

  2. O`quvchi-talabalarning og`zaki nutqini o`stirish.

  3. O`quvchi-talabalarda pedagogik qobiliyatlarni shakllantirish.

  4. O`quvchi-talabalarning darsdagi faoliyatini oshirish.

  5. Darsda fanlararo bog`lanishni ta`minlash.

  6. O`quvchi-talabalarga nazariy bilimlarni amalda qo`llashni o`rgatish.


II. BOB «Chizma geometriya va muxandislik grafikasi» fanini o`qitishda ilg`or va zamonaviy usullardan foydalanish metodikasi

2.1. Mehnat ta`limi yo`nalishida «Chizma geometriya va muxandislik grafikasi» fanini o`qitishda ilg`or va zamonaviy usullardan foydalanish masalalari

Ishlab chiqarish va ularning rivojlanishini chizmasiz tasavvur etish qiyin. Yangi ixtiro qilinayotgan buyumlar, mashinalar va inshoatlar ma`lum g`oya asosida muxandis yoki yaratuvchi hayolidan qag`ozga eskiz sifatida ko`chadi, keyin bu eskizlar bo`yicha ish chizmalari bajariladi. Chizmalar bo`yicha ularning afzalliklari, kamchiliklari aniqlanadi va loyihaga tegishli tuzatishlar kiritiladi. Bu chizmalar asosida buyumlar ishlab chiqariladi, tekshiriladi va ta`mirlanadi.

Chizma geometriya va muxandislik grafikasi Fani o`quv rejasidagi «Umumiykasbiy fanlar blok»ida joylashgan bo`lib, o`quv rejasida rejalashtirilgan matematika va tabiiy-ilmiy (oliy matematika, fizika), umumkasbiy (nazariy mexanika, mexanizmlar va mashinalar n7azariyasi, mashina detallari, elektrotexnika va radiotexnika, metrologiya, standartlashtirish va sertifikatsiyalash, texnik ijodkorlik, dizayn va h. K.), ixtisoslik fanlari (texnologik uskunalarning konstruktiv xususiyatlari, metall va metalmas buyumlarga ishlov berish, kiyimlarni loyihalash va modellashtirish va h.k.) fanlar Bilan bebosita bog`liqlik jihatlarga ega. Bu bog`liqligi mavjud bo`lgan fanlarni o`zlashtirish uchun talabadan «Chizma geometriya va muxandislik grafikasi» dan etarli bilim va ko`nikmalarga ega bo`lishlik talab etiladi.

Chizma geometriya fanining asosiy maqsadi narsalarni tekislik ustida tasvirlash va bu tekis tasvirlar bo`yicha narsalar orasidagi pozitsion va metrik munosabatlarni aniqlash usullarining nazariy asoslarini o`rgatish, talabalarning fazoviy tasavvurini, ijodiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish va o`stirishdan iborat bo`lsa, muxandislik grafikasi

- bu buyumlarni tekislikda tasvirlash masalalarini o`rganuvchi Fan bo`lib, uning asosiy vazifalari quydagilardir:

Murakkab bo`lmagan buyumlarni kompleks chizmada va aksonometrik proektsiyalarda tasvirlashni o`rgatish.

Yig`ish chizmalari va sxemalarini o`qish hamda chiza olish ko`nikmalarini shakllantirish.

Chizmani o`kish, ya`ni buyumlarning shaklini va o`lchamlarini ularning chizmalari bo`yicha fikran tasavvur qilish malakasini hosil qilish.

Fazoviy jismlar orasidagi pozitsion va metrik munosabatlarni aniqlashning grafik usullarini o`rganish.

Jismlar va sxemalarga qo`yilgan KXYaS eSKD va davlat standartlarining asosiy qoydalari Bilan tanishtirish.

Chizma chizish texnikasi va malakasini o`zlashtirish hamda o`zida shakllantira olish.

Turmush va texnikadagi yoritilayotgan har qanday yangilikning dastlab chizmasi bajariladi. Ushbu chizma asosida yangilikning afzalligi, kamchiligi aniqlanadi va loyihaga tuzatishlar kiritiladi. Talaba dars jarayonida yoki turmushda o`zi foydalanadigan texnik vositalarning ishlash printsipini, ta`mirlanish jarayonini mukammal bilishi uchun uning chizmasini o`qiy olishi kerak.

Chizma geometriya va muxandislik grafikasi fanidan talabalar proektsiyalash usullarining mohiyatini, geometrik obrazlar orasidagi metrik va pozitsion munosabatlarning umumiy, xususiy va yordamchi usullarda tekshira olishni o`rganadi.

Ortogonal va aksonometrik proektsiyalarda geometrik sirtlar, detallar va buyumlarni chiza olishni va chizmalar chizishda davlat standartlari talablariga to`liq rioya qilish zarurligi haqida bilib oladilar.

Talabalar fanni o`rganishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan va fanni o`zlashtirishlari uchun o`qitishning ilg`or va zamonaviy usullaridan foydalanish, Yangi informatsion-peagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhimligini uqtirishlari lozim.

Yuqorida zikr etilgan maqsad va vazifalarni hal qilishda o`qitishning zamonaviy interaktiv metod iva axborot texnologiyalaridan o`z o`rnida unumli foydalanish ijobiy natija berishi bilan ahamiyatlidir.


2.2. Yangi pedagogik texnologiya metodlarining turlari
Jamiyatning xar bir fukarosi XX1 asr bo`sag`asida turar ekan, o`tgan yillarni baholashga va kelajak xayotining turli qirralarini belgilab olishga urinishlari tabiiydir. Ta`lim sohalaridagilar ham bundan mustasno emas. Ilmiy-texnikaviy taraqqiyot nafaqat ishlab chiqarishning ko`p sonli tarmoqlariga balki madaniyat sohasiga, ijtimoiy gumonitar bilimlar doirasiga ham yangi texnologiyalarni joriy etishni taqazo etmoqda. Shu boisdan keyingi o`n yilliklarda pedagogik olimlar dikkatini jalb qilgan dolzarb masalalardan biri pedagogik texnologiya (PT) hisodlanadi.

Bu muammoga qiziqish ortganligini quyidagicha izohlash mumkin :



  • ba`zi olimlarning pedagogikadagi «Zamonaviy yo`nalish» deb an`anaviy yondoshishlari va o`z imkoniyatlari doirasida muammoga ilk bor qo`l urishlari (X.Addukarimov, K.Zaripov, T.Nazarov, U.Nishonaliev)

  • boshka guruh tarafdorlari ta`limning bugungi ahvoliga qayguradilar va uni inqirozdan qutqaruvchi kuch texnologiyalashtirish deb qaraydilar (I.YA.Lerner, F.Fradkin va doshkalar).

  • uchinchi guruh olimlari texnologiyalashtirishni ob`ektiv jarayon deb, yangicha sifatiy muammolarni echish uchun ta`limni evolyutsion bosqichga ko`tarish shartlaridan biri ekanligini e`tirof etadilar (M.V.Klarin, M.K.larrik, T.A.Il`ina).

Biz ham keyingi fikrga kushilgan holda PT ga taraqqiyot o`lidan borayotgan davlatlarning ta`lim sohasidagi siyosatining bosh vazifasida qarab kelinganligini ta`kidlaymiz.

Pedagogik texnologiyaning tub mohiyati, o`qitishning an`anaviy og`zaki bayon qilish usullaridan voz kechib, test, mustaqil izlanish, o`z fikrini bayonlash asosida komp`yuter yordamida o`qitishdan o`quvchilarni ko`proq mustaqil ta`lim olishga undashdan idorat. Bunda o`qituvchi o`quvchilar bilim faoliyatini boshqaruvchisi, maslahatchi, yakuniy xulosa chiqaruvchi vazifasini bajaradi.

O`quv jarayonini pedagogik texnologiya asosida tashkil etish sxemasi 1-rasmda berilgan.

Tuzatishlar kiritish


Umumpedagogik maqsad-lar




Xususiy aniqlashtirilgan pedagogik maqsadlar




Topshiriqlar (testlar, kichik ma`ruzalar, savollar)




O`quv jara-yoni




Yaku-niy baho-lash

Tuzatishlar kiritish.


Ta`lim standarti fan (kurs) dasturi va bilimlari darajasida aniqlanadi




Har dir mavzu bo`yicha talabaning mutaxassislik (fan) uchun birliklarga oid bilim, ko`nikma va malakalari tashqaridan kuzatiladigan, ish xarakatida faoliyatini anglatadigan fe`llarda ifodalanadi.




Joriy va oraliq baholash uchun




Talabaning mustaqil ta`limi uchun




YAkuniy baxolash uchun




Taladaning bilish kobiliyatini faollashtiruvchi didaktik konstruktsiyalar




SHaxsi sifatlariga oid talablar

Mutaxassislikka oid talablar

1-rasm. Pedagogik texnologiyaning blok – sxemasi.


Bu sxemada ham an`anaviy o`qitishga xos bo`lmagan belgini o`quv maqsadlarini aniqlashtirilishi, o`quv jarayoniga va maqsadlariga uning natijasiga karab tuzatishlar kiritish va izchil qaytuvchan aloqani mavjud ekanini ko`rish mumkin. Quyida pedagogik texnologiya turlarini keltiramiz.

BBB metodi

B – bilaman, B – bilib oldim, B – bilishni istayman. Bunda o`quvchilar jadvalning ustunlarini to`ldiradi. O`qituvchi o`quvchilarning yozganlari bo`yicha ularnining nimalarni bilishini, Yangi mavzu bo`yicha nimalarni bilib olganliklarini va nimalarni bilishni hoqlashini bilib ularning bergan savollariga javob beradilar.

Guruh bilan ishlash qoidalari

Guruh a`zolarining har biri

- o’z sheriklariningfikrlarini xurmatg’ilishlari lozim;

- berilgantopshiriqlar bo’yicha faol, ham korlikda va mas`uliyat bilan ishlashlari lozim;

- o’zlariga yordam kerak bo’lganda so’rashlari mumkin;

- yordam so’raganlarga ko’mak berishlari lozim;

- guruhni baholash jarayonida ishtirok etishlari lozim;

- “Biz bir kemadamiz, birga cho’kamiz yoki birga qutilamiz” qoidasini yaxshi bilishlari lozim.








1-guruh

B/B/B jadvali

Bilaman

Bilishni xohlayman

Bilib oldim











2-guruh

B/B/B jadvali

Bilaman

Bilishni xohlayman

Bilib oldim









3-guruh

B/B/B jadvali

Bilaman

Bilishni xohlayman

Bilib oldim










Aqliy hujum hayotda, ishlab chiqarishda qo`llanayotgan ish usuli hisoblanadi. Undan ta`lim jarayonida ham keng foydalanish mumkin. Aqliy hujum usulidan da`vat boshqichida ham, anglash va fikrlash boshqichlarida ham foydalaniladi. “Aqliy hujumda” muhakama uchun biror muammali vaziyat, yangi tushincha, yangi o`urganilaetgan mavzu olinadi. Tanlangan sohxani oydinlashtirish uchun ishtirokchilarning barchasi o`z fikri muloxazasi, taklifini bayon etadi. Barcha aytilgan informatsiya qayd etilib, keyin eng maqbuli tanlab olinadi.

Aqliy hujumni o`tkazganda guruxning barcha katnashchisi faol ishtirok etishi kerak. Xech kanday fikr sheklanmaydi va tankid etilmaydi. Notugri bilririlgan fikr ustidan kulish eki tankid etish mumkin emas. Akliy xujum guruxning barcha a`zolarini ayniksa, passiv tartinchok a`zolarini faollashtirishi bilan foydalidir. Akliy xujumni tashkil etganda ma`lum me`erga rioya etish kerak. Juda kup kullash uning ximmatiga futur etkazadi. Temaga oid tushunchalarni izoxlashda, mavzuni yakunlashda foydalanish mumkin. “Aqliy xujumni” utkazishda ma`lum bir muammo eki tushincha guruxga ma`lum kilindi va unda doir fikr va muloxazalarni, bilimlarni baen etish taklif etiladi. Biror kishi fikrlarni kayd etib boradi. Masalan “Talabaning muvaffakiyatli ukishi uchun ta`sir etuvchi faktorlar” muxokama etilsa: talabaning faolligi, bilim darajasi, kizikishi, ta`limning uyushtirilishi, texnik vositalarni kullashi, komp`yuterdan foydalanishi, darslik va kullanmalar mavjudligi, ta`lim jaraenini rejalashtirilishi, ta`lim mazmuni anik bulishi, talabaning ixtisodiy ta`minoti, tarbiyaviy ishlarning kuyilishi va xakoza fikrlar bildirilishi mumkin. Keng va atroflisha fikr baen eilishiga erishish foydalidir. Barcha fikrlar kayd etiladi. Sungra ularning axamiyati muxokama kilinadi. Fikrlarning axamiyatiga karab urnini belgilash xam mumkin.

Xar bir fan ukituvchisi “Akliy xujum” uchun tavsiya etiladigan temalarni aniklashi kerak. “Akliy xujum” kichik va katta guruxlarda xam utkazilishi mumkin. “Akliy xujum” guruxni faollashtiradi, darsni jonlantiradi. “Akliy xujum” chogida baen etilgan fikrlar va takliflarni urganish va eng makbulini tanlab olish zarur.



Asosiy koidalari kuydagilar:

1. Aytilaetgan barcha goyalar bir-biriga nisbatan muhimlikda tengdir.

2. Kiritilayotgan goyalarga nisbatan tanqidning mavjud emasligi.

3. Goyani taqdim etayotgan paytda so`zlovchining gapini bo`lmaslik.

4. So`zlovchiga nisbatan baholovchi komponent mavjud emas.


Metodni ishlatishga kirishmoq…

1-metod-guruhning barcha ishtirokchilariga bir mavzu va bir savol qo`yiladi.

1. O`qituvchi o`quv jarayonida tashabbusni o`z qo`liga shunday tarzda oladi: u auditoriyadagi barcha talabalarga savol beradi va qandaydir maxsus mavzuga dahldor barcha mumkin bo`lgan fikrlarni aytishga so`raydi.

2. Barcha hatto, ahmoqana goyalarni ham aytishga ruxsat beriladi. Aytilayotgan fikrlar ichida birgina asosiy mavzu saqlanib qolishi shart.

3. Birortasining ham fikri sharxlanmaydi, tanqid qilinmaydi, baholanmaydi.

4. Asosiy fikrlarni o`qituvchi flip-karta, doskaga yozib oladi yoki ekranda ko`rsatadi.

5.Aqliy hujum tugagach, barcha goyalar to`planishi, guruhlarga ajratilishi yoki kategoriyalarga bo`linishi mumkin.



2-Metod - barcha mavzu va savollar umumiy yo`nalishi saqlangan holda katta guruh tarkibidagi guruhchalarga taqdim etiladi.

1.O`qituvchi umumiy mavzu bo`yicha bir necha, balki 4-6 ta savol tayyorlashi mumkin.

2 Katta guruh kichik guruhchalarga ajratiladi va har bir guruhchaga aqliy hujum o`tkazish uchun alohida savol beriladi.

3. Har bir guruhcha aqliy hujum maxsulotini yozib olish uchun bittadan kishi ajratadi, keyinchalik, jarayon tugashi bilan uni guruhning barcha a`zolariga taqdim etadi.

4. Goyalar har bir guruhcha tomonidan katta sahifaga markerdan foydalanib yozib olinishi mumkin. Shunday sahifa-plakatning yuqorisiga tayyorlangan savollar yozib qo`yiladi. Sahifa-plakat jarayonning oqirida har bir hoqlovchi nima yozilgan va jamlanganligini ko`rishi uchun ko`yiladi.

5. Aqliy hujumning bu metodi vaqtning qisqacha dovrida bir savolning bir necha jihati ishlab chiqilishi zarur bo`lgan joyda, ayniqsa, foydalidir.

6. O`qituvchi rahbar-yordamchi sifatida harakat qiladi va bir guruhdan ikkinchi guruhga aqliy hujum amalga oshirilayotgan paytda o`tib turadi.




Klaster metodi

“Klaster” so`zining ma`nosi “tarmoqlar” so`ziga to`g`ri keladi, “Klaster”dan darsning da`vat, tushintirish va fikrlash qismlarida foydalanish mumkin.

Fikrlarning tarmoqlanishi-bu pedagogik strategiya bo`lib, u o`quvchilarni biron bir mavzuni chuqur o`rganishlariga yordam beradi, o`quvchilarni mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin va ochiq ravishda ketma-ketlik bilan uzviy bog`lagan holda tarmoqlashlariga o`rganadi.

Bu metod biron mavzuni chukur o`rganishdan avval o`quchilarning fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, o`tilgan mavzuni mustahkamlash, yaxshi o`zlashtirish, umumlashtirish hamda o`quvchilarni shu mavzu bo`yicha tasavvurlarini chizma shaklida ifodalashga undaydi. Quyida biz namuna sifatida misol keltirdik.





FSMU TEXNOLOGIYASI

Ushbu texnologiya munozarali masalalarpi hal etishda, bahs-munozaralar o’tkazitpda "yoki o’quv seminari yakunida (tinglovchilarning o’quv-seminary haqidagi fikrlarini bilish maqsadida), yoki o’quv rejasi asosida biror-bir bo’lim o’rganilgandan so’ng qo’llanilishi mumkin, chunki bu texnologiya tinglovchilarni o’z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o’z fikrini boshqalarga o’tkazyshga, ochiq holda bahslashishga, shu bilan bir qatorda o’quvchi-talabalarni o’qui jarayonida egallagan bilimlarini tahlil etishga, qay darajada egallaganliklarini baholashga edmtinglovchilarni bahslashish madaniyatiga o’rgatadi.

F - Fikringizni bayon eting

S - Fikringiz bayoniga biror-bir sabab ko’rsatiig.

M - Ko’rsatilgan sababni tushuntiruvchi (isbotlovchi)lshsol keltiring.

U - Fikringizni umumlashtiring.


FSMU texnologiyasi

2-ilova


Mavzu


Muxandislik grafikasi fanini nima uchun urganamiz?

F (Fikr)




S (Sabab)





M(Muloxaza)





U(umumlashtirish)





Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish