Kimyoviy modda toza bo'lsa, o'ziga xos xususiyatlarni namoyon qiladi. Uning tarkibiga juda oz miqdorda bo'lsa ham ((10-5%) begona moddalarning yoki elementning aralashgan holda “ifloslangan” bo'lishi modda xususiyatini keskin o'zgartirib yuborishi mumkin. Shuning uchun hozirgi vaqtda elementlarning tarkibiga aralashib qolgan mikro miqdordagi begona moddalarni aniqlashga to'g'ri keladi.
Kimyoviy usullar bunchalik kichik miqdorda bo'lgan elementlarni yoki moddalarni aniqlash imkoniyatiga ega emas.
Bu vazifani faqatgina fizik-kimyoviy usullar yordamida bajarish mumkin.
Fizik-kimyoviy usullar tez bajariladi, bu esa o'z vaqtida texnologik jarayonni nazorat qilish uchun katta ahamiyatga ega.
Fizik-kimyoviy usullar bir necha afzalliklarga ega:
Tahlilni uzoq masofadan turib boshqarish. Masalan, rentgen-fluorestsent usul bilan oydagi tuproqni tahlil qilish bunga yaqqol misol bo'la oladi.
Bu usullarda ishlatiladigan asboblar jarayonni sistemalashtirishga imkon beradi.
Namunani buzmasdan turib tahlil qilish bu kriminalistika va meditsinada katta ahamiyatga ega.
Fizik-kimyoviy usullarning kamchiligi shundaki, ularni bajarish uchun standart eritmalar, etalonlar va darajalangan grafiklar tayyorlash kerak bo’ladi.
Xulosa. Zamonaviy fizik-kimyoviy metodlar talabaning anorganik va organik kimyoning nazariy asoslarini izchil bilishini talab qiladi. Hozirgi zamon tahlilning fizik-kimyoviy metodlari eksperemental fizika hamda fizik kimyoning usullaridan keng miqyosida foydalanib faoliyat ko’rsatadi. Fizik-kimyoviy (instrumental) metodlar jadal rivojlanayotgan tarmoq bo’lib, o’z navbatida geologiya, mineralogiya, geokimyo, kimyoviy texnologiya, fizika, tibbiyot, kosmologiya kabi fanlarning rivojlanishiga ma’lum darajada hissa qo’shmoqda.
Tahlilning fizik-kimyoviy metodlari fani anorganik va organik moddalarning tarkibini aniqlash masalalari bilan shug’ullanadi. Shuning uchun bu fan kimyoviy ishlab chiqarishga bevosita bog’lanadi. Har qanday ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqariladigan maxsulotning davlat standartiga mos keladigan tarkibini aniqlash laboratoriyalari mavjuddir. Shuning uchun bu fanda kimyoviy ishlab chiqarish Bu dastur tahlilning fizik-kimyoviy metodlari, moddalarning sifat va miqdoriy tarkibini tahlil qilish metodlarini qamrab olgan. Bu fanni o’rganish orqali tahlilning barcha kimyoviy va fizik-kimyoviy metodlari bilan tanishadilar. Fizik-kimyoviy tahlil usullarining yana bir muhim afzalligi tahlilni masofada o’tkazish imkonidadir. Misol tarzida Oy tuprog’ini lunoxod ichiga o’rnatilgan rentgeniflyuressent moslama vositasida bevosita tekshirishni, Venera (Zuhra) atmosferasini tekshirishni keltirish mumkin. Yer sharoitida yuqori radioaktivlikka ega bo’lgan zaharli moddalarni, shuningdek, katta chuqurlikdagi suvlarni tekshirishda hamda shunga o’xshash masalalarni yechishda masofadan tahlil o’tkazish amaliy ahamiyatga ega.
Fizik-kimyoviy tahlil usullaridan ishlab chiqarishni nazorat qilishda, ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishda va ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishda keng foydalaniladi. Fizik-kimyoviy tahlil usullarida ishlatiluvchi ko’pchilik asboblar tahlil jarayonini yoki uning bosqichlarini avtomatlashtirish imkonini beradi. Bu usullarda tekshiriluvchi ob’yektlarning tarkibi haqidagi ma’lumotlarni EHM tomonidan qabul qilinuvchi elektr yoki optik signallar tarzida olish mumkin. Avtomatik gaz tahlilatorlari shaxtalardagi havo tarkibini nazorat qilib turadi. Metallurgiya sanoatida yuqori darajada avtomatlashtirilgan optik va ruteput kvantomerlari keng qo’llaniladi.
Fizik- kimyoviy tahlil usullarida aniqlanuvchi komponentlarni moddaning boshqa tarkibiy qismlaridan ajratishga ko’pincha ehtiyoj bo’lmaydi, shuningdek, indikatorlar ham ishlatilmaydi. Bu usullarning yana bir avzalligi ularning tezkorligi, nihoyatda seziluvchanligi va tanlovchanligidir. Bularning hammasi ishlab chiqarishni jadallashtirish, ish unumdorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash, texnologik jarayonlarni to’g’ri boshqarishda katta ahamiyatga ega.
Keyingi vaqtlarda yarim o’tkazgichlar sanoatining rivojlanishi munosabati bilan moddalarning tozalik darajasiga va tahlil usullarining sezgirligiga tobora katta talablar qo’yilmoqda.
Reja: 1. “Fizik - kimyoviy tahlilning zamonaviy usullari” faninig mazmun mohiyati. 2. Fizik - kimyoviy tahlilning zamonaviy usullari. 3. Tahlilning foydali va kamchilik taraflari. 4. Xulosa.
Mustaqil ish MAVZU: FIZIK - KIMYOVIY TAHLILNING ZAMONAVIY USULLARI.
Bajardi: Maxamatjonov M.M Tekshirdi: To’raqulov B. TOSHKENT – 2022