Fizik kimyodan laboratoriya mashg’uloti 6-laboratoriya ishi



Download 63,73 Kb.
bet2/3
Sana31.03.2023
Hajmi63,73 Kb.
#923405
1   2   3
Bog'liq
KONDUKTOMETRIYA (2)

AMALIY QISM
Titrlash 1-2 ml li mikrobyuretka yordamida platina elektrodlari tushirilgan yacheykada olib boriladi. Konduktometrik titrlashda idishning doimiysini aniqlash talab qilinmaydi, chunki maqsadi faqat ekvivalent nuqtani topishdan iborat. Lekin titrlash davomida eritmaning hajmi kuchli o‘zgarib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, aks holda suyultirish natijasida elektr o‘tkazuvchanlik pasayib ketadi. Shu sababli iloji boricha yuqori konsentratsiyali titrant ishlatiladi. Yacheykaga 5-10 ml 0,25 N li kislota quyiladi, elektrodlar tushiriladi va Kolraush ko‘prigiga ulanadi. Harakatlanuvchi kontaktni reoxordning o‘rtasiga qo‘yib, qarshiliklar magazinidan RM ning qiymati topiladi. Ushbu qiymat (1) tenglamaga muvofiq l2l1= 1 da eritmaning qarshiligi Rx ga teng va ko‘prik diagonali bo‘yicha tok kuchi minimal qiymatga ega bo‘ladi. Eritmaning qarshiligi Rx bir necha marta aniqlanadi va o‘rtacha qiymat olinadi. So‘ngra, eritmani magnit aralashtirgich yordamida aralashtirib turgan xolda, byuretkadan 0,1 sm3 ulushlarda ishqorning 2,0 N li titrlangan eritmasidan quyib boriladi. Har bir quyilgan ishqorning aniq hajmi topiladi, eritmaning Rx qarshiligi va elektr o‘tkazuvchanligi hisoblanadi. 1R=f (VNaOH) yoki =f(VNaOH) bog‘liqlik grafigi chiziladi. Grafikda to‘g‘ri chiziqli bog‘lanish sohalariga ega bo‘lgan siniq chiziq hosil bo‘ladi, ushbu siniq chiziqning kesishgan nuqtasi ekvivalent nuqtaga javob beradi. Chiziqlar to‘g‘ri bo‘lishi uchun titrlanayotgan eritmaning hajmi deyarli o‘zgarmasligi kerak, shuning uchun titrlashga ishqorning yuqoriroq konsentratsiyasi olinadi (titrantning konsentratsiyasi titrlanayotgan eritmaning konsentratsiyasidan 5-10 marta yuqori bo‘lishi kerak), hamda titrlanayotgan kislota eritmasiga 150 ml distillangan suv quyiladi.
Ekvivalent nuqtada kislota va ishqor eritmalarining g-ekv lar soni teng Vxcx=VTcT (bu erda cx va cT eritmaning va titrantning g-ekvl lardagi konsentratsiyalari) bo‘lgani uchun, titrlanayotgan eritmaning konsentratsiyasini yoki hajmini yuqoridagi tenglamalardan aniqlash mumkin.
Olingan natijalar quyidagi jadvallarga yoziladi.

Download 63,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish