Ishni bajarish tartibi.
Pufak hosil bo‘lgandagi maksimal bosimni oddiy o‘lchash variant bo‘lgan Robender pribori yordamida o‘lchash mumkin u quyidagi yacheykalardir: 1-o‘lchash yacheykasi, 2-kapillyar, 3-kompressor qaysiki buni yordamida ichki bosim hosil qilinadi va 4- monometr, 5-mikrovint.
9 – rasm. Rebinder priborini sxemasi.
O‘lchashni quyidagicha olib boriladi:
Ma‘lum bir chegaragacha tekshiriladigan suyuqlik 1- yacheykaga qo‘yiladi, so‘ngra bu suyuqlik yuzasiga kapilyar uchi 1 mm atrofida tegib turiladi. Kapillyar kompressor va monometr bilan rezina trubasi orqali ulanadi. Kompressor orqali kapillyardagi havo bosimini mikrovint bilan normal-lashtirib turiladi, monometrni krani shunday burash kerak, chunki bunda asbobda ortiqcha bosim hosil qilinsa, mono-metrdagi suyuqlik chiqib ketadi.
Kapillyar uchida hosil bo‘lgan havo pufakchasi etganda suyuqlikni sirt qavatidan uziladi. Bu paytda sistemada bosim kamayadi va monometrdagi suyuqlik tusha boshlaydi, ammo yangi pufak hosil bo‘lganligi tufayli yana ko‘tariladi. Har doim monometrdagi suyuqlikni darajasi tushib ko‘tarilib turadi.
Monometrdagi suyuqlikni mana shu holatini kamay- tirish uchun (8-10 sek.) da pufak hosil bo‘lib turishiga erishiladi. Agar monometrni ko‘rsatishi 2-3 sek. davomida o‘zgarmasa, u holda monometrni chap va o‘ng tomonidagi ko‘tarilish va tushish darajasini farqini yozadilar. Kapillyarni radiusini o‘lchashdagi qiyinchiligini chetlatish uchun sirt taranglikni aniqlashda nisbiy metoddan foydala-niladi. Buning uchun (idish) kapillyar doimiysi K topiladi, qaysiki maksimal bosim va sirt tarangligi ma‘lum bo‘lgan moddaga (etalon) nisbatan topiladi.
bosimni aniqlab koeffitsientni hisoblab tekshi-rilayotgan suyuqlikni sirt tarangligini hisoblaydilar.
Etalon suyuqlik sifatida yoki benzol olinadi. Tekshiriladigan suyuqlikni bir necha temperaturalarda o‘l-chaydilar (tekshiradigan suyuqlik uchun temperaturalarni o‘qituvchi ko‘rsatadi). O‘lchashdan oldin suyuqlikni tempe-raturada termostatda, so‘ngra amaliy va adabiyotdagi berilgan qiymatlar bo‘yicha sirt tarangligini temperaturaga bog‘liq egri chizig‘i chiziladi ( ) bu egri chiziqdan berilgan suyuq-likni kritik temperaturasi topiladi va 1 yuza hosil bo‘l-gandagi entropiyasini va en-talpiyasini hisoblaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |