Fizik kattaliklarni o’lchash



Download 2,18 Mb.
bet6/16
Sana07.12.2022
Hajmi2,18 Mb.
#880368
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
2 5321330974980579766

Nazorat savollari
1. Elеktromagnit induktsiya hodisasini tushuntirib bering.
2. Induktsion E.Y.K. formulasini yozing.
3. O’zinduktsiya hodisasini tushuntiring.
4. Induktivlikni tushintirnng. Uning birligi qanday aniqlanadi.
5. Aktiv va induktiv qarshiligi bo’lgan o’zgaruvchan tok zanjir uchun Om qonunini yozing.
6. Induktiv qarshilikdagi kuchlanish tushishi bilan tok orasidagi faza siljishini tushuntiring.
7. O’zgaruvchan tokning effеktiv qiymatini tushuntiring.
8. O’zgaruvchan tok kuchi va kuchlanishning effеktiv qiymatlarining qanday aniqlanishini tushuntiring.
9. O’zgaruvchan tok zanjirida to’la qarshilik qanday hosil qilinadi.


Adabiyotlar
1.Назаров У.Қ. Умумий физика курси. 2-қисм (Электр ва электромагнетизм). T, «Ӱзбекистон», 2002 йил, 1-bob.
2. Kamolov J., Ismoilov I., Begimqulov U., Avazboyev S. Elektr va magnetism. T. “Iqtisod va moliya”, 2007 yil. 1-bob.
3.Исмоилов М., Хабибуллаев П.,Халиулин М. Физика курси. «Ӱзбекистон». Т. 2000 йил..
4.Orifjonov S. Elektromagnetizm. T. “Noshir” 2011 yil. 1-bob.
5.Toshxonova J.A., Komolov J., Maxmudova X.M., Rizayev T., Fizikadan praktikum (Elektr va magnetizm), Тоshкеnt, 2006 yil. 85-89 betlar.
6.Izbosarov B.F., Kamolov I.R., “Elektromagnetizm”, T. 2006 yil. 1-bob.
4.Difraksion panjara yordamida yorug‘likning to‘lqin
uzunligini aniqlash
Ishning maqsadi: Difraksion hodisani fizik mazmuni va difraksion panjara yordamida to‘lqin uzunligini o‘lchash usuli bilan tanishish.
Kerakli asboblar va buyumlar: Optik taglik, yorug‘lik manbai, difraksion panjara, rangli filtrlar, tirqishli ekran.
Nazariy qism
Yorug‘lik to‘lqining juda kichik tirqishlardan o‘tayotganida uni to‘g‘ri chiziqli tarqalish qonunidan chetga chiqish yoki shaffof bo‘lmagan to‘siqlarni aylanib o‘tish hodisasi yorug‘lik difraksiyasi deyiladi. Difraksiya hodisasi natijasida yorug‘lik to‘lqinlari to‘siqlarning «soya» sohasiga o‘tadi.
Difraksion hodisasi quyidagi shart bajarilgan holdagina kuzatiladi:  .Mazkur ifoda difraksiyani kuzatish shartidir. Bunda - tirqish kengligi, - difraksion manzara kuzatiladigan ekrandan tirqishgacha masofa, - yorug‘likning to‘lqin uzunligi.
Tusiqqa tushayotgan yorug‘lik to‘lqining sirti (ya’ni bir xil fazada tebranuvchi nuqtalarning geometrik o‘rni) sferadan iborat bo‘lgan va kuzatish nuqtasi chekli masofada joylashgan holdagi difraksiyani Frenel tekshirgan. Shuning uchun shu sinfga oid difraksiya Frenel difraksiyasi deyiladi. To‘siqqa tushayotgan nurlar parallel dasta hosil qilgan va difraksion manzara cheksizlikka mujassamlashgan holdagi difraksiyani Fraungofer tekshirgan. SHunga ko‘ra shu sinfga oid hodisalar Fraungofer difraksiyasi deyiladi. Biz Frenel va Fraungofer difraksiyalarini kengroq o‘rganamiz.
Difraksiya hodisasini ikkita qonun asosida tushuntirish mumkin.
1.Gyuygens – Frenel prinsipi. To‘lqin frontining har bir nuqtasi, berilgan muhit uchun xarakterli bo‘lgan tezlik bilan tarqaluvchi ikkilamchi to‘lqin manbai bo‘la oladi. To‘lqin fronti deganda ixtiyoriy vaqtda tebranishlar etib kegan muhit zarralarining geometrik o‘rni tushuniladi.
2.Interferensiya qonuni. To‘lqin bir jinsli muhitda tarqalayotgan bo‘lsa, to‘lqin fronti hamma vaqt to‘lqin sirtlarining birortasi bilan mos keladi. To‘lqin frontining barcha nuqtalari bir xil chastota va bir xil fazada tebranadi, demak kogrent manbalar to‘plamidan iborat ekan. Muhitning istalgan bir nuqtasida hosil bo‘layotgan yorug‘lik tebranishining amplitudasi ikkilamchi to‘lqin manbalarining shu nuqtada vujudga kelayotgan tebranishlarning yig‘indisiga teng. Natijaviy amplitudani hisoblayotganda to‘lqin fronti oldida olingan ixtiyoriy M nuqtaga, ikkilamchi manbalardan chiqayotgan to‘lqinlar turli masofani bosib kelishlarini va demak, ular mos ravishda faza jihatidan siljigan bo‘lishini e’tiborga olish kerak.
Shunday qilib, difraksion manzara to‘siqlarni aylanib o‘tuvchi ikkilamchi manblardan chiqayotgan yorug‘lik nurlarining interferensiyasi o‘zaro qo‘shilish natijasida vujudga keladi.
Fraungofer difraksiyasi odatda laboratoriya sharoitida yassi yorug‘lik to‘lqinini tor tirqishlardan o‘tkazish natijasida hosil qilinadi. Shuning uchun yorug‘likning bir tirqishdan shuningdek, ko‘p parallel tirqishlar, sistemasidan o‘tishida vujudga keluvchi difraksiyani ko‘rib chiqamiz.

28-rasm 29-rasm
Bir tirqishdan hosil bo‘ladigan difraksiya
Kengligi « » bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi tor AB tirqishga parallel monoxromatik nurlar dastasi tushayotgan bo‘lsa, bunda tirqish uzunligi kengligidan ko‘p marta katta bo‘lish shart. Tekshirilayotgan holda AB tirqishga tushayotgan monoxromatik yassi yorug‘lik to‘lqin fronti, tirqish tekisligi va ekran tekisligi o‘zaro paralleldir (28 va 29-rasm).
Tirqishga yetib kelgan sirtning barcha nuqtalari bir xil tebranadi. Bir xil fazada tebranuvchi nuqtalarning geometrik o‘rni to‘lqin sirt deyiladi. Gyuygens prinsipiga muvofiq tirqishning barcha nuqtalari ikkilamchi to‘lqin manbai bo‘lib qoladi. Birlamchi to‘lqinlar tarqalish yo‘nalishiga nisbatan burchak ostida tarqaladigan ikkilamchi to‘lqinlarni ko‘rib chiqaylik. Mazkur ikkilamchi to‘lqinlar yig‘uvchi linza yordamida ekranning 0 nuqtasiga yig‘iladi. Ekranning 0 nuqtasiga nurlar bir xil fazadi etib kelmaydi, chunki ularning optik yo‘l uzunliklari turlichadir. Tirqishning chetki nuqtalaridan chiqib ekranning 0 nuqtasiga etib kelgan ikkilamchi nurlarning optik yo‘l farqini topaylik.
Buning uchun B nuqtada nurlar yo‘nalishiga perpendikulyar tushuraylik. U holda BS tekislikdan, to ekran tekisligigacha parallel nurlar yo‘li farqini o‘zgartirmaydi. Interferensiyani hosil qiluvchi optik yo‘l farqi AB to‘lqin fronti va BS tekislik orasida yuzaga keladi.
Shu hosil bo‘lgan interferensiyani hisoblash uchun Frenelning zonalar usulini qo‘llaymiz. Buning uchun AS orqali hayolan uzunlikka teng bo‘lgan kesmalarga ajratamiz va mazkur kesmalarning oxirlaridan BS ga parallel tekisliklarni AB bilan uchrashguncha davom ettirsak AB to‘lqin frontini bir xil kenglikdagi tasmachalarga ajratgan bo‘lamiz. masofada joylashgan masofalar soni
(1)
ga tengdir. (1) ifoda - tirqish kengligiga to‘g‘ri kelgan zonalar soni. Tahlil qilayotgan holda, shu tasmachalar Frenel zonalari hisoblanadi va yonma-yon joylashgan ikki tasmachaning mos nuqtalaridan O nuqtaga etib kelgan nurlarning yo‘llar farqi ga teng bo‘ladi. Demak, Frenel zonalarining yonma-yon joylashgan tirqishlaridan O nuqtaga nurlar qarama-qarshi fazada keladi va bir-birlarini susaytiradi. (1) ifodadan ko‘rinadiki, tirqish kengligi va to‘lqin uzunligi o‘zgarmas kattalik bo‘lganligi uchun, Frenel zonalarining soni faqat kuzatish burchagi ga bog‘liq ekan. Binobarin, ning ba’zi qiymatlarida zona butun juft sonlarga teng bo‘lsa, (ya’ni , -nolga teng bo‘lmagan butun son)
(2)
bo‘ladi. Mazkur (2) shart bajarilgan ekran nuqtalarida ikkilamchi to‘lqinlar bir-birini susaytiradi. YA’ni intensivlikning minimumi kuzatiladi.
Agar kuzatish burchagi ning ba’zi qiymatlarida tirqishga to‘g‘ri kelgan zonalar soni butun toq songa teng bo‘lsa, u holda quyidagi shart o‘rinli bo‘ladi, ya’ni:
(3)
(3) shart bajarilgan ekran nuqtalarida yorug‘lik bir-biriga kuchaytiradi, ya’ni yorug‘likning maksimumi kuzatiladi.Mazkur nuqtalarda ikkilamchi to‘lqinning ta’siri xuddi bitta Frenel zonasining ta’siridek bo‘ladi.
Agar kenglikli tirqishga monoxromatik to‘lqin tushayotgan bo‘lsa, yorug‘lik intensivligining ekran bo‘ylab taqsimlanishi 30-rasmda tasvirlangan qonunga bo‘ysinadi. Tirqishning markaziy maksimumi va uning ikki tomonida boshqa maksimumlar simetrik joylashgan ekan.
Parallel tirqishlar sistemasida hosil bo‘ladigan difraksiya
Yorug‘likning intensivligini oshirish va ranglarni ajratish uchun bitta tirqishdan emas balki difraksion panjara deb ataluvchi tirqishlar sistemasidan foydalanish kerak. Bir-biriga yaqin joylashgan ko‘p sonli parallel tor tirqishlar to‘plami difraksion panjara deyiladi. Difraksion panjaraga uzunligi ga teng bo‘lgan yassi monoxromatik to‘lqin tushayotgan bo‘lsin (31-rasm). Odatda, difraksion panjara shisha plastinkaga maxsus mashina yordamida tirnab bir-biriga parallel ensiz ariqchalar hosil qilish bilan yasaladi. Shisha plastinkaning tirnalgan qisimlari yorug‘lik nuri uchun shaffof bo‘ladi (eni bo‘lgan ariqchalar). Mazkur ariqchalar orasidagi masofa esa tirqishlar vazifasini bajaradi, ya’ni u kenglikdan iboratdir. Qo‘shni tirqishlarning mos nuqtalari orasidagi masofa difraksion panjaraning doimiy yoki davri deyiladi.
Demak barcha tirqishlardan bosh optik o‘qqa nisbatan burchak ostida kelayotgan nurlarni ekranning nuqtasiga yig‘adi. Ikki va undan ortiq tirqishlar tufayli vujudga kelgan difraksion manzarani hisoblashda alohida tirqishdan chiqayotgan nurlarning ekranning tayinli nuqtasidagi o‘zaro intenfrensiyasinigina emas, balki shu nuqtaga tushayotgan turli tirqishlardan tushayotgan nurlarning interfrensiyasini ham e’tiborga olish kerak.
30-rasm 31-rasm
Tirqishlar o‘zaro parallel va qat’iy bir xil kenglikka ega bo‘lganligi tufayli, ekranning muayan nuqtasida har tirqishdan kelayotgan tebranishlar amplitudasi birxil bo‘ladi. Demak, har tirqishdan kelayotgan tebranishlar amplitudasi ham intensivliklarni ekran bo‘ylab taqsimlanishi ham amalda bir xil bo‘ladi. Noldan farqli burchak ostida turli tirqishlardan kelayotgan ikkilamchi nurlar, ekranning nuqtasiga turlicha uzunlikdagi yo‘l bosib kelganligi tufayli, ular turlicha fazagaega bo‘ladi. Ikki qo‘shni tirqishni qarab chiqaylik. Birinchi va ikkinchi tirqishningchetki nuqtalaridan kelayotgan nurlarning yo‘l farqi
(4)
ga teng bo‘ladi. burchakning shunday qiymatlari mavjudki, ikkala tirqishning mos nuqtalaridan kelayotgan nurlar bir xil fazada, ya’ni bu nurlarning yo‘llar farqi yarim to‘lqin uzunlikka juft karrali bo‘lsa, u holda quyidagi ifoda o‘rinli bo‘ladi;
(5)
(5) ifodadagi shart bajarilganda ikkala tirqishning mos nuqtalaridan kelayotgan to‘lqinlarning interferensiyalashishi natijasida ular ekranning nuqtasida bir-birini kuchaytiradi. Mazkur ifoda difraksion panjara, bosh maksimumlarning o‘rnini belgilaydi, k ning qiymati asosiy maksimumlarning tartibini ifodalaydi.
Kuzatish burchagi ning ba’zi qiymatlarida tirqishlarning mos qiymatlaridan kelayotgan nurlar qarama-qarshi fazada, ya’ni nurlarning yo‘l farqi yarim to‘lqin uzunlikka toq krrali
(6)
bo‘ladi. Binobarin, ikkala tirqishdan kelayotgan nurlar ekranning 0 nuqtasida interferensiyalashib bir-birini so‘ndiradi. Natijada yorug‘lik intensivligining minimumi kuzatiladi. Bu minimumlar qo‘shimcha minimumlar deyiladi. Shunday qilib, difraksion panjaradan kelayotgan ikkilamchi nurlarning intensivliklari, ya’ni asosiy maksimumlarning intensivligi ga teng bo‘ladi.
Demak, difraksion panjara tufayli vujudga keladigan manzaradagi asosiy maksimumlarning intensivliklari panjaradagi tirqishlar soni ning kvadratiga mutanosib bo‘ladi.

32-rasm
Xulosa qilib aytganda panjaraning asosiy maksimumlarining ekrandagi o‘rni tirqishlar soniga bog‘liq bo‘lmagani bilan tirqishlar sonining ko‘pligi juda ahamiyatga ega. Buning natijasida har bir taqsimot chizig‘ining yorqinligi oshadi, taqsimot chizig‘ining kengligi esa kichrayadi. Demak, bu o‘lchamlar aniqligini oshishiga olib keladi.
Panjaradan hosil bo‘ladigan difraksion manzarasi 32-rasmda keltirilgan. Rasmda ko‘rinishicha, markaziy eng kuchli yoritilgan bo‘lib, bosh maksimumlarning tartib nomeri ortishi bilan ularning intensivligi kamayib boradi.

Download 2,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish