Fizik fakulteti


O’zaro ta’sir va kuch tushunchasi



Download 200,5 Kb.
bet11/19
Sana29.11.2022
Hajmi200,5 Kb.
#874805
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
Fizik fakulteti

O’zaro ta’sir va kuch tushunchasi. O’zaro ta‘sir tushunchasi fizika kursining asosiy tushunchalaridan biri bo’lib, barcha o’rganiladigan hodisa, jarayonlarning zamirida yotadi. O’zaro ta‘sirni yaxshi tushunmaslik tabiatda sodir bo’luvchi hodisalarning ro’y berishini bilmaslik, undan g’ayriqonuniy xulosalar chiqarishga olib kelishi mumkin. Ba‘zi metodik adabiyotlarda o’zaro ta‘sir tushunchasi hodisalarni tahlil qilishda to’g’ri yoritilmaydi. Ko’p hollarda tabiatda o’zaro ta‘sir tushunchasi o’rniga tabiatda kuch bilan almashtirilib yuboriladi. Tabiatda bo’ladigan barcha hodisalar fizik maydonlar vositasida ro’y beradi. O’qitish jarayonida o’zaro ta‘sirlarning mohiyati fizik maydonga bog’liqligi ochilmay qoladi. Tortishish, yadroviy, elektr jarayonlardagi mavjud maydonning roli, maydon orqali o’zaro ta‘sir ro’y berishi ochilmasdan qoladi. O’zaro ta‘sir tushunchasini to’g’ri shakllantirish butun fizika kursini ilmiy asosda o’rganishga imkon yaratiladi. Chunki barcha fizik hodisa va o’zgarishlarning asosida o’zaro ta‘sir yotadi. Fizik hodisalar tabiatda turli-tuman ko’rinishda uchrashini ilmiy nuqtai nazardan tushuntirish uchun o’zaro ta‘sir tushunchasini yaxshi bilish kerak bo’ladi.
Har qanday moddiy ob‘ekt murakkab tuzilishga ega bo’lishi bilan birga xilma-xil ichki ham tashqi o’zaro ta‘sirda ishtirok etadi. Chunki barcha jism va ob‘ektlar tabiatda yakka, ajralgan holda bo’lmasdan barchasi bir-biri bilan bog’langan, o’zaro aloqador bo’ladi. O’zaro ta‘sirlashuvdan tashqarida bir-biri bilan o’zaro ta‘sirlashmaydigan bironta jismni topolmaymiz. Jamiki moddiy jismlar boshqa ob‘ektlar bilan o’zaro ta‘sirlashuvda o’zini namoyon qiladi, ya‘ni mavjudligini bildiradi. Demak, tabiatda materiyadan bo’lak, o’zaro ta‘sirlashmaydigan hech narsa bo’lmaydi. Materiya turlarining o’zaro ta‘siri barcha harakatlarning manbai ekanligiga alohida e‘tibor bermoq kerak. Atom yadrosining tuzilishi nuklonlararo pion o’zaro ta‘sirga, atomning tuzilishi elektron qobiq bilan yadro orasidagi elektromagnit o’zaro ta‘sirga, kristallning tuzilishi modda atomlari orasidagi o’zaro ta‘sirga, Quyosh sistemasining tuzilishi-Quyosh bilan sayyoralararo gravitatsion o’zaro ta‘sirga asoslangan. Materiyaning barcha tur tuzilishlariga tegishli bo’lgan elementar zarralarmi, atom molekulami yoki jismlar, kosmik jismlar, yoki yulduzlar majmuimi, galaktika yoxud metaga-laktikami, baribir bularning barchasida o’zaro ta‘sir namoyon bo’ladi. Bularning barchasini o’zaro ta‘sirsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Shuning uchun ham o’zaro ta‘sirni biz materiyaning abad yashash shakli deya olamiz. O’zaro ta‘sirlashmaydigan biron-bir jismni (materiyaning turini) bilmaymiz.
Bizga ma‘lum bo’lgan gravitatsion, elektromagnit, zaif yadroviy o’zaro ta‘sirlar bir-birlaridan sifat jihatdan ro’y berish o’rni, belgilari bilan farq qiladi. Bu o’zaro ta‘sirlarni batafsil ko’rib chiqamiz:
1.Gravitatsion (tortishish) o’zaro ta‘sirni jismlarning Yerga tortilishi, Quyosh va yulduzlar sistemasining mavjud bo’lishi tortishish kuchi mavjudligi bilan namoyon bo’ladi. Bu o’zaro ta‘sir universal bo’lib, u istalgan mikro, makro va mego ob‘ektlarga qo’llanishi mumkin. Lekin bu o’zaro ta‘sir juda ulkan astronomik massadagi jismlarda sezilarli bo’lib, Koinotning tuzilishida, shakllanishida hamda yaxlit holda uning taraqqiyotida o’z aksini topadi. Gravitatsion o’zaro ta‘sir massasi kichik jismlarda sezilarli kamayib borib, amalda qator yadro va atom sistemalarida asosiy rol o’ynamaydi. Gravitatsion o’zaro ta‘sirning namoyon bo’lishi dastlab o’ganilgan bo’lib, tortishishning manbai jismning massasi hisoblanadi va gravitatsion o’zaro ta’sirning chegarasi cheklanmagan.
2.Elektromagnit o’zaro ta‘sirni biz istalgan makrojismlar, molekula va atomdagi zarralar bog’lanishida ko’ramiz. Mavjud atomning ionlanishi, boshqacha aytganda, yadrodan elektronni ajratish uchun zarur energiya elektromagnit o’zaro ta‘sirning mavjud bo’lgan kattaligini bildiradi. Bu hosil qilish issiqligi, ya’ni (atmosfera bosimi ostida) suyuqlikning bug’ga aylantirish energiyasi molekulalararo bog’lanish o’zaro ta‘sirining mavjudligini ko’rsatadi. Demak, makrojismlardagi zarralarni o’zaro bog’lab turuvchi omil elektromagnit o’zaro ta‘sirdir.
3.Kuchli (yadroviy) o’zaro ta‘sir-yadroda bir xil zaryadlangan protonlar va neytronlarning borligi elektromagnit o’zaro ta‘sirdan juda kuchli intensiv o’zaro ta‘sir bo’lmaganida, yadro mavjud bo’lmagan bo’lar edi. Bundan yadro chegarasida mavjud bo’lgan o’zaro ta‘sirni kuchli yoki yadroviy o’zaro ta‘sir deyiladi. Kuchli o’zaro ta‘sir yadrodagi proton bilan proton, proton bilan neytron, neytron bilan neytron orasida ro’y beradi. Kuchli o’zaro ta‘sir nafaqat yadro zarralari orasida, xuddi shuningdek, barcha barionlar va mezonlar orasida ham ro’y beradi.
4.Zaif o’zaro ta‘sir ko’pdan-ko’p elementar zarralar ro’yxatidagi; , va zarralar barqaror hisoblanadi. “Ichki sabablar” ta‘siriga ko’ra, barqaror bo’lmagan erkin zarralar vaqtning u yoki bu harakterli lahzasida boshqa zarralarga aylanib qoladi. Rezonanslar deb ataluvchi zarralar davomida kuchli o’zaro ta‘sir jarayonida sochilishi, xuddi shunday neytral mezon elektromagnit o’zaro ta‘sir ostida da sochilishi aniqlangan. vaqt davomida zaif o’zaro ta‘sir deb ataluvchi o’zaro ta‘sirda yemirilish ro’y berishi aniqlangan.

Download 200,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish