Yurak glikozidlarini kalsiy almashinuviga ta'siri
Qo'zg'alishi
¦
Pardaning depolyarizatsiyasi
¦
Yurak glikozidlari ta'sirida Sa++ ning ko'payishi
Yurak glikozidlari ta'sirida Mioplazmatik Sa++ konsent- Sa++ almashinuvining oshishi ratsiyasining oshishi
¦Yurak glikozidlari ta'sirida Qisqarishining kuchayishi sarkoplazmatik retikulomadan
Sa++ ajralishining oshishi
Shunday qilib, Yurak glikozidlari terapevtik dozada Yurakning ishlash davrida Sa++ ionlarining almashinuvini oshiradi, lekin ularning umumiy soni o'zgarmaydi. Yurak glikozidlarining ta'sir mexanizmi shuningdek pardaning (sarkoplazmatik pardaning ham) transport ATF-fazasi faoliyatining o'zgarishi bilan ham tushuntiriladi. Bu faza elektrolitlarning aktiv harakatlanishiga olib keladi, ular pardaning tashqi tomonidan ta'sir qilib, o'tkazuvchi sistemani K+ ionlariga mosligini kamaytiradi. Natijada K+ ionlarining kirishi, Na+ ionlarining chiqishi tormozlanadi, Sa++ ionlarining kirishi esa ortadi.
Yurak glikozidlarining bunday ta'sir mexanizmi natijasida Yurak ishi ancha maromiga keladi, Yurakdagi glikogen zahiralari sut kislotasidan sintez bo'lishi hisobiga ortadi, kislorod bilan ta'minlanishi yaxshilanadi, sarflanishi esa tejaladi.
Yurak glikozidlarining Yurakka bunday ta'siri Yurak ishini oshiruvchi boshqa preparatlardan, masalan, adrenalindan farq qiladi. Adrenalin kardiostimulyator hisoblanib, glikozidlarga qarshi o'laroq, Yurak ritmini tezlashtiradi. Miokardning kislorodga bo'lgan talabi oshadi, Yurak foydali ta'sir koeffitsiyenti kamayadi, miokardda kreatinfosfat va glikogen miqdori kamayadi.
Yurak glikozidlarining ishlatilishi va ularga moneliklar. Yurak glikozidlari asosan Yurak faoliyatini surunkali va o'tkir yetishmovchiligida, Yurak dekompensatsiyasida va Yurak aritmiyasida ishlatiladi.
Bradikardiyada, atrioventrikulyar blokadada, stenokardiya xurujida, o'tkir infarktning boshlanishida, o'tkir miokardit, endokardit, kardiosklerozda tavsiya etilmaydi.
Zaharlanish. Asosan digitalis preparatlarini noto'g'ri, nazoratsiz qabul qilinsa zaxarlanishga olib kelishi mumkin. Chunki bu guruhdagi preparatlar kumulyatsiya xossasiga ega. Zaharlanishning asosiy belgilariga Yurak urishining sekinlashib borishi (bradikardiya rivojlanishi), bemor Yurakning to'xtab qolish hissini sezishi, ko'ngil aynishi, hatto qusish, Me'dada og'riq sezish kiradi. Keyinchalik
Yurak ritmi buzilib, ekstrasistoliya, bigeminiya (qo'shaloq puls), taxikardiya, og'ir hollarda esa qorinchalar fibrillyatsiyasi (titrash, lipillash) bo'lishi mumkin.
Umuman olganda, bunday zaharlanish faqat Yurak glikozidlarining kumulyatsiyasida bo'lmasdan, balki organizmda kaliy yetishmasligida, organizm sezuvchanligi oshganda ham yuz berishi mumkin.
Zaharlanish natijasida Yurak faoliyatida bo'ladigan o'zgarishlar elektrokardiogrammada o'z aksini topadi.
Zaharlanishda ko'rsatiladigan yordam quyidagilardan iborat. Birinchidan, har qanday Yurak glikozidlarini berish to'xtatiladi. Tezlikda kaliy xlorid preparati tavsiya etiladi. Bemor bu preparatni 5% eritma shaklida bir marta 4-5 grammdan ichishi kerak, keyinchalik esa xar 4 soatda 2 grammdan aritmiya yo'qolguncha ichiladi.
Ayrim hollarda kaliy xlorid (2% eritmadan 100 ml) sekinlik bilan venaga yuboriladi. Shu maqsadda panangin yoki asparkam preparatlari ham berilishi mumkin. Teri ostiga 20% kamfora moyidan 2 ml kuniga 2-3 marta in‟yeksiya qilinadi. Bulardan tashqari, unitiol, trilon B va sitratlar berilishi mumkin.
Yurak glikozidlarini saqlagan o'simliklar biologik faolligini aniqlash uchun biologik yo'l bilan standartizatsiya qilinadi. Preparat yoki o'simlikning baqa yoki mushuk yuragini sistola fazasida to'xtashini keltirib chiqaradigan eng kichik doza standart preparat bilan solishtiriladi va BTB (baqa ta'sir birligi) yoki MTB (mushuk ta'sir birligi) bilan ifodalanadi.
Yurak glikozidlari tasnifi. Yurak glikozidlari olinadigan o'simliklari bo'yicha va ularning farmakokinetikasi, farmakodinamikasiga qarab ikki xil tasnif qilinadi:
Birinchi tasnif bo'yicha Yurak glikozidlari quyidagi guruhlarga bo'linadi.
Angishvonagul (digitalis) preparatlari.
Marvaridgul preparatlari.
Adonis preparatlari.
Strofantin va uning o'rnini bosadigan preparatlar. Ikkinchi tasnif bo'yicha:
Sekin, uzoq va kuchli ta'sir etuvchi Yurak glikozidlari.
Tez, qisqa va kuchli ta'sir etuvchilar.
O'rtacha kuchli va o'rtacha muddatli ta'sir etuvchilar.
Sekin, uzoq va kuchli ta'sir etuvchi Yurak glikozidlariga digitalis preparatlari kiradi. Ular og'iz orqali yuborilganda Me'da-ichak yo'llaridan asta-sekin so'riladi. Qonga o'tgandan so'ng plazma oqsillari bilan bog'lanadi. Shu sababli farmakologik ta'siri uzoq davom etadi. Terapevtik effekti 2-3 soatdan keyin boshlanib, asta-sekin rivoj topib, 8-12 soatdan so'ng yuqori darajaga yetadi, 2 hafta ichida asta- sekin kamayib boradi. Bu guruhdagi preparatlar miokardga tanlab, kuchli kardiotonik ta'sir ko'rsatadi. Ular jigarda metabolizmga uchrab, ko'pchilik qismi buyraklar orqali sekin chiqib ketadi. Berilayotgan Yurak glikozidi miqdorining bir qismi to'qimalarda - miokardda yig'ilib borishi natijasida digitalis preparatlari kumulyativ ta'sir etadi. Shuning uchun preparatlar bilan davo qilishda kumulyativ ta'sirining oldini olish maqsadida bemor vrach nazoratida bo'lishi kerak.
Tez, qisqa va kuchli ta'sir etuvchi Yurak glikozidlariga strofant va marvaridgul o'simliklaridan olingan strofantin va korglikon preparatlari kiradi. Ular qutblangan (gidrofil) birikma bo'lgani uchun suvda eriydi va tug'ridan-tug'ri venaga yuborilishi mumkin. Shuning uchun ham ularning ta'siri tez yuzaga chiqadi, yuqori darajadagi ta'siri 1-1,5 soat ichida bilinadi. Umumiy ta'siri esa 4-5 soat davom etadi. Ular plazma oqsillari bilan birikma hosil qilmaydi, jigarda metabolizmga uchrab, buyrak va jigar orqali chiqib ketadi. Kumulyatsiya holatini bermaydi. Lekin bemorga tayinlangan boshqa Yurak glikozidlarining kumulyativ ta'sirini kuchaytirishi va tezlashtirishi mumkin. Bu guruhga kiruvchi preparatlar, ayniqsa strofantin K qadimdan ishlatib kelinayotgan, ta'siri bo'yicha eng kuchli dori preparati xisoblanadi. Chunki xar xil kasallik sababli Yurak faoliyatining o'tkir yetishmovchiligida strofantin K eng zarur va ishonchli preparatdir. U tez kor qilib Yurak faoliyatini tiklashda asosiy birdan bir shifobaxsh dori hisoblanadi. Shu maqsadda strofantin K va korglikon faqat venaga osh tuzining izotonik eritmasi yoki glukoza eritmasi tarkibida asta-sekin yuboriladi.
rasm. Yurak glikozidlarining ta'sir muddati bo‟yicha taqqoslanishi.
O'rtacha kuchli va o'rtacha muddatli ta'sir etadigan Yurak glikozidlariga asosan marvaridgul va adonis preparatlari kiradi. Bularning ko'pchiligi og'iz orqali yuboriladi, qonga so'rilib ta'siri 30-40 daqiqa ichida yuzaga chiqadi. Yuqori darajada kor qilishi 1-2 soat ichida bilinadi, umumiy ta'sir etish muddati 3-4 kun. Bu preparatlar kumulyativ ta'sir ko'rsatmaydi. Yurakka bo'lgan kardiotonik ta'siri bo'yicha digitalis va strofantin preparatlariga qaraganda kuchsizroq. Bradikardiya holatini deyarli chaqirmaydi. Digitalis va strofant glikozidlaridan asosiy farqi shundan iboratki, bu o'simliklar preparatlari markaziy nerv sistemasiga tinchlantiruvchi ta'sir ko'rsatadi. Shu sababli bu preparatlar Yurak faoliyati yetishmovchiligining yengil shaklida, Yurak nevrozida ko'proq kor qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |