Tayanch atama va iboralar. Fitopreparat,sinergizm, potensiallanishi, antogonizm
Nazariy qism
Metabolizm-yunoncha so`z bo`lib, (metabole) o`zgarish ma'nosini anglatadi. Metabolizm barcha tirik mavjudotlarga xos bo`lgan jarayondir. Ko`pchilik dori vositalari va boshqa moddalar tanadagi turli fermentlar ta'sirida kimyoviy va biologik o`zgarishlarga uchraydi va yangi zararsiz moddalar-metabolitlar hosil qiladi. Bular ko`pincha faolsiz, suvda eruvchan bo`lgani uchun tanadan tez chiqib ketadi. Ba'zi metabolitlar organizm uchun zararli ta'sir etishi mumkin. Metabolizm jarayoni tananing turli to`qimalarida, suyuq muxitida, asosan jigarda mikrosomal fermentlar ta'sirida bo`ladi.
Dori va zaharli moddalarning bunday zararsizlantirilishi har xil fermentlar ta'siri natijasida maxsus xujayralar pardalarida yuz beradi. Ushbu fermentlar insoniyatning evolyutsion taraqqiyoti natijasida paydo bo`lib, tanaga ichak orqali kiradigan turli yot va zararli moddalarni, shu jumladan, dori vositalarini zararsizlantirib, organizmni himoya etish uchun xizmat qiladi.
Tanada dori vositalarining metabolizmi (biotransformatsiyasi) ikki xil usulda kechadi: metabolik transformatsiya (nosintetik metabolizm) va kon'yugatsiya (sintetik metabolizm).
Metabolik transformatsiya-turli kimyoviy va dori moddalarining oksidlanish, qaytarilish va gidrolizlanish reaktsiyalariga uchrashi natijasida ular zararsizlantiriladi. Oksidlanish kislorod ishtirokida kechib, mikrosomal fermentlar (NADF sitoxrom-450) ishtirokida yuz beradi. Dori vositalaridan imizin, efedrin, aminazin, kodein va boshqalar oksidlanadi. Qaytarilish reaktsiyasi nitro va azoreduktazalar ishtirokida bajariladi (levomitsetin, nozepam, xloralgidrat va b.). Ba'zi dori vositalari (novokain, atropin, ditilin, atsetilxolin va b.) gidrolizga uchraydi. Bunda esteraza, amilaza va boshqa fermentlar qatnashadi.
Kon'yugatsiya-dori moddasining molekulasida biror-bir kimyoviy radikal guruxini birikishi natijasida yangi birikma-kon'yugat xosil bo`ladi. Masalan, dori moddalarining metillanishi (gistamin, katexolaminlar va b.), atsetillanishi (sulfanilamidlar), glyukuron kislota (morfin), sulfat kislota (levomitsetin) qoldiqlari va glutation (paratsetamol) bilan birikishi misol bo`la oladi. Ushbu jarayonlarda glyukuronidtransferaza, sulfotransferaza, metiltransferaza va b. fermentlar qatnashadi.
Shunday dori vositalari borki, ular metabolizmga uchramay, tanadan kimyoviy tuzilishi o`zgarmagan xolda chiqib ketadi. Masalan, narkoz moddalari (efir, azot oksidi), nitrofuran va oksixinolin unumlari (furazolin, 5-NOK), antibiotiklar (ampitsillin, gentamitsin) va boshqalar shunday xususiyatga ega. Shu bilan birga, ayrim dori vositalarining metabolizmga uchrashi natijasida xosil bo`lgan metabolitlar dorining samarasini ta'minlaydi. Masalan, enalapril preparati tanada gidrolizga uchrab, enalaprilat hosil qiladi. Bu modda faol bo`lib, dorining gipotenziv ta'sirini keltirib chiqaradi va boshqalar.
Ayrim dori vositalari jigarning metabolizmini ta'minlaydigan mikrosomal fermentlarning faolligiga ta'sir etib, uni oshiradi (induktorlar) yoki susaytiradi (ingibitorlar). Induktorlarga misol qilib, fenobarbital, butadion, antidepressantlarni keltirish mumkin. Ular jigar mikrosomal fermentlari faolligini oshirishi tufayli turli dori vositalari metabolizmini tezlashtiradi va ularni ta'siri kamayadi. Aksincha, ferment ingibitorlari esa metabolizmni sekinlashtirib, dorilar ta'sirini kuchaytiradi, xatto zaharlanishlar ro‟y berishi mumkin.
Metabolizm jarayonining kechishi shaxsning yoshiga, jinsiga (bu to`g`risida yuqorida bayon etilgan), ayniqsa jigarning patologik xolatlari va boshqalarga bog`liq. Jigar kasalliklarida metabolizm jarayoni susayadi va natijada ishlatilayotgan dori preparatlarining ta'siri kuchayib, zaharlanishga olib kelishi mumkin.
Umuman olganda dorilar metabolzmining oqibatlari quyidagilar:
-dori vositalarining kimyoviy o`zgarishlari natijasida yanada faolroq birikmalar hosil bo`lishi mumkin (imizin-zaharlilik xususiyati ortishi mumkin (fenatsetin-ta'sir xususiyati butunlay o`zgarishi mumkin (antidepressant iprazidning metaboliti izoniazid silga qarshi faollikka ega),
-bir faol birikmadan boshqasi hosil bo`lishi mumkin (kodeindan qisman morfin hosil bo`ladi).
Shuning uchun bemorlarni dori vositalari bilan davo ko`rsatishda keltirilgan dalillar e'tiborga olinishi zarur. Dori vositalari metabolizmini har tomonlama mukammal o`rganish bilan farmakokinetika fani shug`ullanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |