Gidradentda quyidagi fitopreparatlar ishlatilishi mumkin.
1.Qari qiz ildizi, na’matak mevasi-20 grammdan; uch rangli gunafsha, dala choyi o‘ti-10 grammdan, 1 osh qoshiq yig‘mani 400ml qaynoq suvga solib termosda 4 soat saqlanadi. 200ml-dan kuniga 2 marta 2-3 oy davomida ichiladi. 3-4 xaftadan so‘ng kurs qaytariladi.
2.Zig‘ir urug‘i qashqar beda o‘ti-20 grammdan; malva bargi, gulxayri bargi-10 grammdan; 2osh qoshiq yig‘ma 300ml suvga solinadi 5 daqiqa qaynatiladi. Salfetkani xo‘llab (primichka) teriga qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |