CHiqish shakli 0,02 g tabletka va 0,02
g kellin bo‗lgan shamchalar ko‗rinishida
chiqariladi. ―Kellaterrin‖, ―Vikalin‖, ―Kellaverin‖ tabletkalar tarkibiga kiradi.
Kellin ishlab chiqarishda xom ashyo sifatida soyabonguldoshlilar oilasiga mansub tishli
kellaning mevasi ishlatiladi.
O‘simlik xom ashyosidagi xromonlarni ekstraksiya qilish
Tishli kellaning mevasi diffuzion batareyaga solinadi. Bu erda o‗simlik tarkibidagi
kellin
va xromonlar suv bilan birga teskari oqim prinsipi bo‗yicha 95-98
S temperaturada
ajraladi. Ajralgan chiqindi tashlab yuboriladi. Yig‗gichdagi suvli ekstrakt xona
tamperaturasida sovutiladi. Sovigan suvli ekstrakt ―Nutch‖ filtrida filtrlanib keyingi
bosqichga yuboriladi.
DXE yordamida xromonlarni ekstraksiyalash.
Filtrlangan suvli ekstraktni Na
2
CO
3
yordamida pH 6-6,5 ga keltirilgan xolda bosimli
bakka yuboriladi. Keyin estraktli kalonnani pasgi qismi DXE bilan to‗ldiriladi. Bu
qavatdan o‗tgan suvli xromonlar eritmasi DXE ga o‗tadi.
DXE li ekstrakt kolonnada bo‗lish varonkasiga yuboriladi va shu erda tindiriladi. Bundan
keyin DXE ekstraktidan suvli qatlamni yaxshilab ajratib olinadi.
DXE li ekstraktni 1 20 xajm qolguncha 100-150mm sim. ustun. vakuum sirkulyasion
apparatida bug‗latiladi. Kub qoldiq rotatsion vakuum bug‗latish apparatida DXE
qolmaguncha bug‗latiladi. Ajralgan suvli kub qoldiq aralashtirgichli shisha qozonga
yuboriladi. Bu erda aviatson benzin bilan qayta ishlov beriladi.
YUvilgan texnik kellin shisha filtrda filtrlanadi, aviatsion benzinda yuviladi, yaxshilab
siqiladi va mo‗rili shkafda benzin bug‗i yo‗qolguncha quritiladi, so‗ng 50-60
o
S
temperatura va 50-100 mm sim. ust. qoldiq bosimda vakuum quritgich shkafida quritiladi.
Oxirgi maxsulotni olish
Texnik kellin emallangan aralashtirgichli apparatga quyiladi, etanolda eritiladi va kerakli
miqdorda kukunsimon faollashgan ko‗mir qo‗shib 30-40 min. Qaynatiladi va isituvchi
―Druk‖ filtrda filtrlanadi. Issiq eritmani emallangan aralashtirgichli kristallizatorga solinib
bu erda eritma 0-3
є
S gacha sovitiladi va aralashtirgich ishlab turgan xolda 6 soatga
qoldiriladi. Kristall qoldiq sentrifugalanib, sovitilgan etanol bilan yuviladi va yana
qayta
kristallizatsiya jarayoniga yuboriladi. Bu jaryon 3 marta qaytariladi. 3 marta
kristallizatsiyalangan kellin shisha filtirda ajratiladi va sovitilgan etanol bilan yuviladi.
YAxshilab siqilib shisha kristallizatorga solinib, 50-60
є
S li vakuum quritgich shkafida 50-
100 mm.cim.ust.ostida quritiladi. Olingan oxirgi maxsulot 97% gacha kellin saqlashi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: