Фитопрепаратлар кимёси ва технологияси фанидан



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/88
Sana02.02.2022
Hajmi2,35 Mb.
#425710
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   88
Bog'liq
fitopreparatlar texnologiyasi

Alk aloidlarning tibbiyotda ishlatishi 
Alkaloidlar tibbiyotda ishlatiladigan dorivor moddalar ichida eng qimmatli 
xisoblanadi. Ular ko‗pincha spetsifik (ma‘lum kasallikka nisbatan) va boshqa dorilar bilan 
almashtirilib bo‗lmaydigan ta‘sirga ega bo‗lganligi uchun turli kasalliklarni davolashda 
keng miqyosda ishlatiladi. 
Dorixona va zavodlarda alkaloidli maxsulotlardan xar xil dori turlari (damlama, 
qaynatma, nastoyka, ekstarktlar, yangi galen preparatlari) tayyorlanadi xamda sof xoldagi 
alkaloidlar va ularning tuzlari ajratib olinadi. 
Masalan: 
YAssi bargli senetsio - 
Senecio platyphylloides Som. et Lev
– o‗simligi; 
ildizpoyada -2,2-4%

er ustki qismida

poyada - 0,2-1,2%

bargida - 0,39-3,5%

uru\ida - 
5% gacha alkaloidlar saqlaydi. Bu o‗simlikdan olinadigan platifillin alkaloidi atropinga 
o‗xshash (lekin kuchliroq) ta‘sir etadi. Platifillin qorin va ichaklarning silliq muskullari 
spazmida, me‘da yarasi, spazmik kabziyatda, ko‗krak qisishi, buyrak va jigar sanchi\i, 
xolitsistin, bosh miya tomirlari spazmi xamda bronxial astma kasalliklarda ishlatiladi. 
Ko‗z kasalliklarida ko‗z qorachi\ini kengaytiruvchi dori sifatida va dengiz kasalligida xam 
qo‗llaniladi. 


Platifillin gidrotartrat - poroshok, tabletka va 0,2-0,5% li eritma xolida xamda 0,2% 
li eritmasi ampulada chiqariladi. Platifillin gidrotartrat terafillin, palyufin, plavefin 
preparatlari tarkibiga kiradi. 
+izilcha (Efedra) - 
Eph
e
dra
- o‗simligida 0,6-3,2% alkaloid bo‗ladi. Alkaloidlar 
yi\indisining taxminan 90% ini efedrin, qolgan qismini esa psevdoefedrin va metilefedrin 
alkaloidlari tashkil etadi. 
Efedrin kishi organizmiga adrenalinga o‗xshash ta‘sir qiladi (sinaptik nervlarni 
qo‗z\atadi, qorin bo‗shli\i va teridagi qon tomirlarni nixoyatda toraytiradi). U adrenalindan 
asosan kam zaxarliligi, sekin, lekin uzoq ta‘sir qilishi bilan farq qiladi. 
Efedrin ko‗p qon yuqotilishi natijasida yuz bergan kollaps holatida, qon bosimi 
pasayganda, miasteniya, allergik bronxial astma, vazomotor tumov va boshqa kasalliklarda 
ishlatiladi. Bundan tashqari, efedrin alkaloidi morfin, skopolamin va gangliomitiklar bilan 
zaxarlanganda qam qo‗llaniladi. 
Efedrin gidroxloril kukun, tabletka va ampuladagi eritma xolida chiqariladi. Efedrin 
gidroxlorid turli kompleks preparatlar tarkibiga kiradi. 
Meksika bangidevonasi - 
Datura inno
x
ia Mill
- o‗simligining tarkibida asosiy 
alkaloidi skopolamin. Mevasi tarkibida 0,38-0,55% va urug‗ida 0,31-0,77% gacha alkoloid 
mavjud

Skopalamin markaziy nerv sistemasini tinchlantiruvchi ta‘sirga ega. SHuning uchun 
skopolamin gidrobromid, ba‘zan xirurgik operatsiyadan oldin, markaziy nerv sistemasini 
tinchlantirish uchun morfinga qo‗shib, teri ostiga yuboriladi hamda asab kasalliklarni 
davolashda ishlatiladi. Bundan tashqari, dengiz kasalligi va boshqa kasalliklarda 
tinchlantiruvchi, kuchni to‗xtatuvchi vosita sifatida (aeron tarkibida) qo‗llaniladi. 
Fizik-kimyoviy xossalari 
Ko‗pchilik alkaloidlar rangsiz, optik faol (qutblangan nur tekisligini o\diruvchi), 
xidsiz, achchiq mazali, uchmaydigan, qattiq, kristall yoki amorf modda. SHu bilan birga 
rangli (barberin to‗q sariq rangga bo‗yalgan), suyuq, xidli va uchuvchan (anabazin, 
nikotin, koniin va boshqalar) alkaloidlar xam bo‗ladi. 
Alkaloidlar molekulasida uglerod, vodorod va azot atomlari bo‗lishi kerak, kislorod 
bo‗lishi shart emas. Odatda molekulasida kislorodsiz alkaloidlar ko‗pincha suyuq, xidli va 
uchuvchan, kislorodlilari esa xidsiz, uchmaydigan, kristall modda bo‗ladi. 
O‗simliklar tarkibida alkaloidlar 3 xil ko‗rinishda uchraydi: 
1. Sof (asos) xolida 
2. Kislotalar bilan birikkan birikmalar - tuzlar holida. 
3. Azot atomi bo‗yicha oksidlangan 
N
-oksid shaklida. 
O‗simlik to‗qimasida alkaloidlar ko‗pincha organik (oksalat, olma, limon, vino), 
mineral (sulfat, fosfat va boshqalar) va ba‘zan o‗simliklarning o‗ziga xos (likon, xin, 
xilidon) kislotalar bilan birikkan tuzlar holida uchraydi. 
Sof (asos) holdagi alkaloidlar organik erituvchilarda yaxshi eriydi, suvda erimaydi. 
Ularning kislotalar bilan hosil qilgan birikmalari - alkaloidlarning tuzlari esa suvda yaxshi 
eriydi, ammo organik erituvchilarda erimaydi. Asos xamda tuz holidagi alkaloidlar spirtda 
bir xilda yaxshi eriydi. SHu bilan birga suvda va organik erituvchilarda yaxshi eriydigan 
sof alkaloidlar (sitizin, metilsitizin, kofein va boshqalar) hamda suvda yomon eriydigan 
alkaloid tuzlari (xinin sulfat, tanin sulfat) ham uchraydi. 
Alkaloidlar kislotalar bilan birikib, kristall holdagi tuzlar hosil qiladi. 
Alkaloidlarning dissotsiatsiya konstantalari juda katta chegarada (1
10
-11
va undan 
yuqori) bo‗ladi. SHuning uchun ular kislotalar bilan turli darajada tur\un bo‗lgan birikmali 
tuzlar hosil qiladi. Kichik dissotsiatsiya konstantasiga ega bo‗lgan alkaloidlar (kofein, 


kolxitsin) kislotalar ta‘sirida tur\un bo‗lmagan tuzlar beradi. Natijada bu birikmalar suvli 
eritmalarda tezda parchalanib ketadi. 
Alkaloidlar juda kuchsiz asos xususiyatiga ega, shu sababli ular o‗z tuzlaridan boshqa asoslar (xatto natriy karbonat 
yoki kaliy karbonat eritmalari ham) ta‘sirida osonlik bilan siqib chikariladi. 
O‗simliklar tarkibida murakkab efirdan tashkil topgan alakaloidlar ham uchraydi. 
Ular molekulasi kuchli ishqor va kislotalar ta‘sirida suvda eriydigan fenolit tipidagi 
birikma hosil bo‗ladi. Alkaloidlarning bu xususiyatlari ularni analiz qilinayotganda 
xisobga olinishi mumkin. 
Miqdoriy va sifat taxlil 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish