Фитопрепаратлар кимёси ва технологияси фанидан



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/70
Sana28.06.2022
Hajmi2,35 Mb.
#715648
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   70
Bog'liq
fitopreparatlar texnologiyasi 2

Saponinlarning tibbiyotda qo‘llanilishi. 
Saponinlar organizm bezlarining suyuqlik ajratish qobiliyatini kuchaytiradi, so‗lak 
va ter ajralishini oshiradi. SHuning uchun saponinlar saqlovchi mahsulotlar tibbiyotda 
bal\am ko‗chiruvchi va siydik haydovchi hamda tinchlantiruvchi, organizm tonusini 
qo‗z\atuvchi vosita sifatida va boshqa kasalliklarda ishlatiladi. Steroid saponinlardan 
steroid gormonlar sintez qilishda arzon mahsulot sifatida foydalaniladi. 
Saponinlar yana turli xildagi boshqa dori moddalar va zaharlarning hayvon 
ichagida so‗rilishi jarayonini kuchaytiradi. Saponinlarning bu xossalari dori turlari 
tayyorlashda hisobga olinishi kerak. 
Toza saponin ba‘zi (brutsellyoz va kuydirgiga qarshi ishlatiladigan) vaksinalarni 
tayyorlashda ham qo‗llaniladi. 
Saponinlar xalq xo‗jaligida ko‗p ishlatiladi. Oziq-ovqat sanoatida (holva, pivo, 
limonad tayyorlashda), o‗t o‗chiradigan asboblarda, engil sanoatda (nafis gazlamalarni 
yuvishda) va boshqa sanoat tarmoqlarida qo‗llaniladi. 
Saponinlar texnologiyasi. 
Saponinlarni o‗simlik organidan o‗ziga tegishli ajratuvchi bilan ekstraksiya usulida 
ajratib olinadi. Saponinlar texnologiyasida asosan har xil darajadagi spirtlar (SN
3
ON, 
S
2
N
5
ON) ishlatiladi, chunki saponinlar (60-70% li) etil va metil spirtlarda yaxshi eriydi. 
90% li spirtda esa faqat qaynatilganda erib, sovigandan keyin esa yana cho‗kmaga tushib 
qoladi. Bu xossasidan ularning miqdoriy analizida ham ishlatiladi. Masalan: 90% li etil 
spirti diosponin, polisponin olishda ekstragent sifatida issiq metil spirti esa patrin olishda 
ekstragent sifatida, saparal preparatini olishda esa metil spirti bilan birga butil spirti ham 
ishlatiladi. Saponinlar texnologiyasida ishlatilgan spirt ekstraksiya jarayonidan keyin 
chiqindi 
tarkibidan haydab olinadi va regeneratsiya qilinib, qayta ishlatiladi. 
Saponinlarning suvli ajratmasini olish uchun oldin spirt bilan ekstraksiya qilinadi. Ajratma 
tarkibidagi spirt (1-1,5 atm. yoki 100-150 mm. sim. ust. bosimida) bu\latilib yuboriladi. 
Agar suvli kub qoldiq tarkibida suvda eriydigan va suvda erimaydigan saponinlar bo‗lsa, 
unda sentrafuga qilinadi, bunda suvda erimaydigan saponinlar cho‗kmada bo‗ladi. Agar 
qaysi holdagi saponinlarni ajratib olish kerak, keyingi jarayonlar ketma-ketligi o‗ziga xos 
usulda olib boriladi. Saponinlar olish texnologiyasida olingan spirtli ajratmani ballast 
moddalardan tozalash kerak bo‗lsa, u holda ajratma filtrlanadi. Filtrlash uchun druk, nutch 
(bo‗zli, qog‗ozli) filtrlardan foydalaniladi. Ajratma tarkibida ballast moddalar organik 
erituvchilarda (xloroform, atseton va boshqalar) eriydigan bo‗lsa, bu holda organik 
erituvchilar ishlatiladi. Bu holatni biz diosponin preparati olishda kuzatamiz. Bunda suvli 
qismidagi ballast moddalarni xloroform bilan bir necha marotaba eritib ajratib olinadi. 
Saponinlar olish texnologiyasidagi yana bir jarayon quyultirishdir. Bu jarayon asosan ortiq 
namlikni yo‗qotish uchun bu\latish orqali olib boriladi. Bu jarayonni biz diosponin, 
polisponin olishda kuzatishimiz mumkin. Jarayon asosan (1-1,5 atm. bosimda yoki 100-
150 mm. sim. ust.da) 70-80
0
S da olib boriladi. quritish jarayonida quritish shkafidan ( 
diosponin va patrin olishda), vakuum-quritish asbobidan (polisponin), xloroformli 
quritgichlardan (saparal) foydalaniladi. Saponinlar ( diosponin, polisponin, patrin, saparal, 
glitsiram ) olish texnologiyasini o‗zaro solishtiradigan bo‗lsak, diosponin va polisponin 
preparatlari olish texnologiyasida o‗zaro o‗xshashli borligini ko‗ramiz. Glitsiram 
preparatini olishda esa farq mavjud. Bu farq jarayonning ekstrakt tarkibida glitsirizin 
kislotaning ammiakli tuzi bo‗ladi. Suvli ajratmadagi toza bo‗lmagan glitsirizin kislota 
xlorid kislota yordamida cho‗ktiriladi, boshqa moddalar eritmada qoladi. Glitsirizin kislota 


atsetonda eritiladi, eritmadan ammiakli glitsirizin kislota cho‗kadi. Glitsirizin kislota 
qoldi\i SN
3
SOON bilan aralashtiriladi. Bunda hamma ammiakli tuz (monozamehennaya 
sol) ga o‗tadi va moddalarni bosqichli tozalash jarayoni davom etadi. (Monozamehennaya 
sol) keyin 95% li spirtda kristallanadi. qadoqlash, fasovka jarayonida ham preparatlarning 
agregat holiga (tabletka, in‘eksiya) qarab amalga oshiriladi. Demak, saponinlar olish 
texnologiyasi ekstraksiya, filtrlash, bu\latish, sovitish, suyultirish, sentrafugalash, quritish, 
baholash, qadoqlash va boshqa jarayonlardan iborat. Saponinlar uchun xom ashyo sifatida 
tegishli o‗simliklarning saponinlar ko‗p to‗plagan qismi (ildiz, barg va boshqalar) 
ishlatiladi. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish