2. Dasturdan foydalanuvchilar uchun qo’llanma
O’quv uslubiy majmuaning asosiy oynasi quyidagi ko’rinishda bo’ladi:
1-rasm.o’quv uslubiy majmuaning ko’rinishi.
O’quv uslubiy majmuaning asosiy vazifasi fan bo’yicha umumiy ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Uning asosiy menyulari “bosh saxifa”, “meyoriy xujjatlar”, “ma’ruza”, “amaliyot” va “test” bo’limlarini o’z ichiga oladi.
Quyida ularning dastur ichida bajaradigan vazifalari bilan birma-bir tanishib chiqamiz:
1-bo’lim BOSH SAXIFA bo’limi deb ataladi.
Uning yordamida biz doimo asosiy oynamizga qayta olamiz.
2-bo’lim MEYORIY XUJJATLAR bo’limi bo’lib, unda biz fanimizga doir ma’lumotlar, ya’ni xujjatlar saxifasiga murojat qilishimiz mumkin. Ular
-o’quv dastur, -ishchi dastur, kalendar reja, ma’ruzalar matni, baholash me’zoni
ta’lim texnalogiyasi, amaliy mashg’ulotlar, nazorat uchun savollar, mustaqil ish topshiriqlari, referat mavzulari, test, tarqatma materiallar, kurs ishi, anottasiya, laboratoriya ishi, prezintatsiya, glossariy, adabiyot ro’yhati, xorijiy ma’nbalar,
muallif xaqida ma’lumot kabi xujjatlar saqlanadi va ulardan foydalanishimiz mumkin.
2-rasm. Meyoriy xujjatlar bo’limi.
Misol tariqasida nazorat uchun savollar bo’limiga kirib ko’rishimiz mumkin. Uning ko’rinishi quyida berilgan.
3-bo’limda ma’ruzalar matni joylashgan. Bizga kerakli ma’ruzani unung ustiga bosgan holda olishimiz, yoki keyingilaridan ham foydalanishimiz mumkin. Ma’ruzalar bo’limining ko’rinishi quyidagicha:
3-rasm.ma’ruza bo’limi.
Ma’ruza bo’limining ixtiyoriy biriga kirib namuna sifatida ko’rsatish mumkin.
Keyingi amaliyot bo’limida amaliy topshiriq va ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.
Buning uchun amaliyot qismi ustiga sichqonchani bosamiz va quyidagi oynaga ega bo’lamiz
4-rasm. amaliyot bo’limi
So’nggi 5-test bo’limida ma’ruzalar bo’yicha tuzilgan testlar bo’limiga kirishimiz mumkin . Testning umumiy ko’rinishi 5-rasmda keltirilgan bo’lib, uning yuqori qismida test savoli berilgan bo’lib javoblar ustiga sichqoncha tugmasi bosilgach, savol javobi tanlangan hisoblanadi, keying ko’rsatkichi yordamida keyingi bo’limga o’tiladi.
5-rasm. Test bo’limining ko’rinishi.
Test bo’limining yana bir afzallik jixati berilgan savollarning soni va berilgan savol nechanchisi ekanligi ko’rsatib turiladi. Test savollari oxirigacha ishlab bo’lingandan keyin, talaba savollarning qancha foizi va o’zlashtirish ko’rsatkichi ko’rsatiladi. Bu 6-rasmda ko’rsatilgan.
6-rasm. Javob natijalari.
Bundan tashqari dasturimizning o’ng qismida dasturlar va muallif bo’limi joylashgan bo’lib, dasturlar bo’limida o’rnatilishi kerak bo’lgan dasturlar joylashgan. Ular xujjatlarni ochish uchun mo’ljallangan dastur, flash player ya’ni multimediyalarni ochish dasturi va adobe reader ya’ni .pdf formatdagi fayllarni ochish uchun mo’ljallangan dasturlar joylashgan. Ularning qulaylik tomoni u yerda ko’rsatilgan o’rnatish tugmasini bosish bilan dastur o’z ishini yuklash imkonoyatiga ega bo’ladi.
7-rasm. Dasturlar bo’limi.
Keyingi muallif bo’limi bizga muallif haqida umumiy ma’lumotlar beradi.
8-rasm. Muallif bo’limi.
Amaliy mashg’ulot
Talabalar soni:
|
Vaqti: 4 soat
|
Dars shakli
|
Amaliy mashg’uloti
|
15-,16-Mavzu:
|
Macromediya Flash dasturini yangi versiyalari bilan tanishish.Flash dasturida elektron qo’llanmalar yaratsh.
|
Mashg’ulotning rejasi:
|
1. FLASh MX da oddiy harakatlarni hosil qilish
2. Ob’ektlarni harakatlanish bilan biror burchakka burish
|
Dars maqsadi: Talabalarni Flash texnologiyasida animasiyalar hosil qilishga o’rgatish.
.
|
Pedagog vazifalari:
• Flesh da animasiya hosil qilish.
• Fleshda animasiya turlari bilan tanishish.
|
O’quv natijalar:
Flesh da ishlash tartibini o’rganadi.
Fleshda animasiya turlari bilan tanishishadi
|
O’qitishning usul va
Texnikasi:
|
Tushuntirish,ko’rsatib berish
|
O’qitish vositalari:
|
Tarqatma materiallar,kompyuter.
|
O’qitish shakli:
|
Talabalar bilan hamkorlikda ishlash.
|
O’qitish shart- sharoitlari:
|
Texnik vositalarni qo’llashga mo’ljallangan auditoriya,kompyuter.
|
Baholash:
|
Og’zaki so’roq, savol-javob, kpmpyuterda natijalar olish va natijalarni tahlil qilish.
|
“Flash texnologiyasida animasiyalar hosil qilish” mavzudagi amaliy mashg’ulot darsiga texnologik karta.
Faoliyat bosqichlari
|
Faoliyat mazmuni
|
Pedagog
|
Talaba
|
1-bosqich.
Kirish
(10 daqiqa)
|
1.1.Auditoriyaning va talabalarning darsga tayyorgarlik darajasi tekshiriladi .
1.2. Faollashtiruvchi savollar bilan talabarga murojaat etadi .
|
Savollarga javob beradi.
|
2-bosqich.
Asosiy bosqich
(60 daqiqa)
|
2.1.Flesh texnologiyasida animasiya hosil qilish.
2.2.Dasturda masala yechishni o’rganadi.
2.3. Tarqatma materialdagi savollar o’rganiladi, berilgan topshiriqni bajarish shartlari bilan tanishtiradi.
2.4.Vazifani bajarganlik darajasiga ko’ra baholash me’zonlari bilan talabalarni tanishtiradi.
Har bir talabaning masalani yechishiga qarab rag’batlantiradi.
|
Tarqatilgan materialdagi savollarga javob izlaydilar.
|
3-bosqich
Yakuniy.
( 10 daqiqa)
|
3.1. Mavzu bo’yicha yakuniy xulosalarni aytib o’tadi.
3.2.Talabalarning dars davomidagi faoliyatini tahlil etadi va baholaydi.
3.3 Mustaqil ish beradi
|
3.1.Savol beradilar.
|
Flash da animatsiyalarni o’rganishni eng sodda harakatlarni ko’rishdan boshlaymiz.
1-misol. Dastlab biror chizilgan ob’ektni bir koordinatadan boshqa koordinataga harakat bilan o’tkazish jarayoni bilan tanishib chiqamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |