First page



Download 34,05 Mb.
bet77/281
Sana11.01.2022
Hajmi34,05 Mb.
#344046
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   281
Bog'liq
2020-yil Majmua to'liq Sirtqi

Obyektlarning ajratilishi

Bizga ma’lumki CorelDraw grafik muharriri alohida-alohida obyektlardan tashkil topgan. Har xil sinflarga tegishli bo’lgan obyektlardan tashkil topgan ko’rinish ularning sinflari va atributlari bilan farq qiladi, bir qancha obyektlar guruhlar deyiladi.

Bu guruhlarni bir qancha usullar bilan ajratib olish mumkin.

1. Obyektni instrumentlar paneli yordamida ajratish.

TEXT (tekst) yoki forma menyusi orqali obyektlarni tanlash unchalik yaxshi natija bermaydi. Shuning uchun obyekt tanlashda maxsus PUSK (tanlash) instrumentidan foydalangan ma’qulroq.

Bu usul bilan PUSK (tanlash) instrumenti tanlab obyektning hohlagan nuqtasida sichqonchaning chap tugmasini bosish kerak. Tanlangan obyekt ramka bilan ajralib turadi, uning markazida esa marker turadi.

PUSK (tanlash) komandasini bekor qilish uchun obyektning ustida sichqonchaning chap tugmasini bir marta bosish kerak. Turlantirish operasiyasi vaqtida gruppa bir yagona obyekt xisoblanadi. Lekin shu gruppaga kirgan obyektni bosgan holda faqat shu obyekt ko’rsatilmasdan bir butun guruh ko’rsatiladi.

Faqat bitta obyektni olish uchun shu obyektni dastlab sichqonchaning chap tugmasi orqali belgilab olib, keyin qiziqtirgan obyektning ustida CTRL tugmachasi bosib, sichqoncha tugmachasi bosiladi. Shu paytda marker ko’rinishi kvadrat shakldan yumaloq ko’rinishiga keladi va holatlar satrida ichkariga satri paydo bo’ladi.

Tanlangan obyektni varaqning hohlagan joyiga tashlash uchun obyektning markaziy nuqtasidagi koordinatasini aniqlovchi ikkita atributi qiymatlari o’zgartiriladi.

CorelDraw grafik muharririda 4 ta ko’chirish usullari mavjud. Shulardan eng sodda ko’rinishi PUSK (tanlash) instrument ko’rsatkichi yordamida belgilab olib sichqoncha yordamida tortishdir. Bu usulda obyekt tanlanadi va sichqonchaning tugmachasi tanlangan holda qo’yish kerak bo’lgan joyga tortib keyin qo’yib yuboriladi. Bu holat nusxa olish deb ataladi, chunki obyekt o’z o’rnida qolib yangi joyda yana bir nusxasi paydo bo’ladi.



Sichqoncha yordamida ko’chirish jarayonida obyekt birdan tekis ko’chmasligi mumkin, balki asta sekin ko’chishi mumkin Bu holat setga ulash rejimidan kelib chiqqan holda atribut tugmalaring panelini ulash hamda o’chirishga bog’liq bo’ladi.

Tanlangan atributlar yo’q paytdagi panel atributi tasviri:



Agar tanlangan obyektni yoki obyektlar guruhini varaqning qat’iy tanlangan joyiga joylashtirish kerak bo’lsa, yuqorida ko’rsatilgan usul bilan ishlash ancha qiyin kechadi. Bu holda tanlangan obyekt markaziga yo’naltirilgan koordinatalar atributlari qiymatini o’zgartirish kerak bo’ladi. Bu qiymatlar tanlangan obyekt hamma qiymatlari uchun panellar atributlarida qiymatlarini o’zgartirish orqali amalga oshiriladi.




Obyekt markaziy koordinatalarini o’zgartirish uskunasi

TRANSFORMASION oyna yordamida o’zgartirish

Obyekt markazidan boshqa nuqta koordinatalari uchun obyektlarni ko’chirish masalasi yukoridagi ko’rsatilgan usullar bo’yicha yechilmaydi. Tanlangan obyektni taxminiy ko’chirish masalan 10mm o’ng tomonga taxminan ko’chirish aniq natija bermasligi mumkin.

Bunday hollarda ko’chirishni avtomatizasiyalashtirish uchun TRANSFORMASION (O’zgartirish) oynasi yordam beradi. Uni ochish uchun menyu qatoridan TRANSFORMASION (o’zgartirish) komandasi tanlanadi.


Download 34,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish