Komputerlarninig zamonaviy amaliy dasturlari.
Maple tizimining birinchi avlodi 1980 yili Kanadaning Waterloo univеrsitеti mutaxassislari Kеyt Gеd va Gaton Gone tomonidan katta EHMlar uchun yaratilgan. XX asrning oxirlarida shaxsiy kompyutеrlarga ham juda samarali joriy qilinayotgan kompyutеr algеbrasi tizimlarini tadqiq etish uchun amaliy dasturlar yaratishda yangicha tеxnologiyalarni qo`llash imkoniyatlarini ochib bеrdi.
Bu tizim iqtisodiyot, mеxanika, matеmatika, fizika, muhandislik va h.k. yo`nalishdagi masalalarni yеchishda matеmatikaning analitik hamda sonli usullarini qo`llashni amalga oshiradi.
Maple matematik paketlar (Matlab, Mathcat, Matemetika kabi paketlar) jumlasiga kiradi va ba’zan kompyuter algebrasi deb ham yuritiladi. Bunga sabab, Maplening dastlabki versiyalari faqat sonli va analitik hisob va almashtirishlarnigina bajara olgan. Hozirgi paytda esa juda ko`p sonli funksiyalarning grafiklarini chizish, ifodalarni soddalashtirish, tenglama va tengsizliklarni yechish, funksiya differensiyali va integralini sonli va analitik usullarda hisoblash, differensial tenglamalar va ularning sistemalarini analitik va sonli usullarda yechish, matritsalar ustida amallar bajarish, kabi juda ko`plab imkoniyatlarga ega bo`lganligi uchun undan bugungi kunda oddiy o`quvchidan tortib, yuqori malakali mutaxassislarda ham katta qiziqish uyg`ota olishi tabiiy.
Dastlabki mashg`ulotlardayoq Maple dasturi bilan ishlovchilar uning imkoniyatlarini ko`rib hayratlanishi aniq. Chunki nihoyatda katta hajmdagi hisoblashlarni o`ta tez va aniq bajara oladi hamda natijalarni juda chiroyli ko`rinishda taqdim etadi.
Mapleda juda ko`p sonli funksiyalar va buyruqlar sistemasi mujassamlashgan bo`lib, ularning har biri biror matematik amal yoki almashtirishni bajarishga mo`ljallangandir. Buyruqlar sistemasi, matematik ifodalar va funksiyalarning yozilish tartibi BASIC va PASKAL dasturlash tillaridagi yozilishiga juda o`xshaydi. Shuning uchun bu dasturlash tillaridan birida ishlash ko`nikmalari shakllanganlar uchun Maple tizimida ishlash katta qiyinchiliklar tug`dirmaydi.
Maple “Пуск” menyusi orqali ishga tushiriladi. Undan Maple papkasining barg yorliqli Maple nomli fayli ishga tushiriladi.
Maple ishga tushirilgach, shu nomli muloqot darchasi ochiladi. Darchaning umumiy tuzilishi xuddi WORD yoki EXCEL dasturlari darchasiga o`xshash, ya’ni u quyidagi qismlardan iborat:
- sarlavha satri;
- gorizontal menyu;
- uskunalar paneli;
- hujjat darchasi;
- holat satri;
- masalalar paneli.
Do'stlaringiz bilan baham: |