Obyektlar formasining tahrirlash instrumentlari Grafikali tasvirli obyektlarni tuzishda badiiy forma xossalarini birdaniga tasvirlash oson emas. Tasvirlarning fragmentlarini qo’yishda qalam, o’chirg’ich kabi uskunalardan foydalanish ancha imkoniyat yaratadi. Bu dasturning afzalliklaridan biri oldindan tuzilgan obyektning formasini o’zgartirishda ularni yangidan tuzishga imkoniyat tuђilmaydi. Har qanday formani o’zgarishini qadamma-qadam silliqlik bilan bajarish mumkin. Obyekt formalarini o’zgartirish operasiyalari ko’pchiligini panel instrumentida keltirilgan forma instrumenti asosiy tahrirlagich hisoblanadi.
O’chirgich instrumenti murakkab obrazda tuzilgan obyektlarning yaroqsiz qismini o’chirish uchun ishlatiladi. Free transform vositasi (ixtiyoriy o’zgarish) yuqorida aytilgan obyektlarni TRANSFORMATION oynasi yordamisiz cichqoncha ko’rsatkichi orkali o’zgartirishga yordam beradi. Lekin bu variant ancha murakkabligi sababli oldingi variantlarda ishlash afzalrok.
Tugunlar ustida ishlash
Ajratilgan tugun yoki ajratilgan tugunlar yig’indisini obyektlarni aralashtirish usullari kabi almashtirish mumkin. Ko’p hollarda tanlangan tugunlarni cichqoncha yordamida tortish yoki kursorni boshkarish tugmachalari yordamida supersiljitish, Mikrosiljitish deb ataluvchi aralashtirish usullari qo’llaniladi.
Tugunlarni tahrirlash
Kuyidagi rasmda ajratilgan tugunlarni kontekst menyu yordamida tahrir kilish komandalari keltirilgan.
Bu menyuda tanlangan tugunlarning yoki bir nechta tugunlarning ustida ishlash, ya’ni tahrir qilishda ishlatiladigan menyu komandasidan boshqa atributlar paneli tugmachalari tasvirlangan:
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17
Yuqoridagi elementlar quyidagicha vazifalarni bajaradi:
1 va 2 -lar tugunlarni qo’shish va olish;
2 va 4 -lar tugunlarni biriktirish va ajratish;
5 va 6 -lar egri chiziqli va to’g’ri chiziqli segmentlar bilan ishlash;
7-sindirish nuqtasi;
8-tugunlarni tekislash;
9 -simmetriyali tugunlar ustida ishlash;
10-segmentlarni birlashtirish;
11-yo’nalishni o’zgartirish;
12-avtomatik birlashtirish;
13-Tarmoqlarni ajratish;
14-tugunni aylantirish;
15-tugunlarni chuzish;
16-hamma tugunlarni ajratish;
17-tugunlarni tenglash;
Matn shakllarini o’zgartirish
CorelDRAW grafik muharririda kiritilgan matnni ham turli shakllarda yozish mumkin. Buning uchun oldin matn instrumentlar panelidagi TEXT TOOL instrumenti orqali belgilab olinib, matn kiritiladi va Arrange / break apart komandalari bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |