Uchinchi davr (1965-1980 yillar).
Hisoblash mashinalari rivojlanishida keyingi muhim davri shu yillarga to‘g‘ri keladi. dasturiy-mutanosib mashinalar g‘oyasini umum tan olindi.
Dasturiy mutanosiblik OT larni ham mutanosibligini talab qildi. Bunday operatsion tizimlar ham katta EHM da ham, kichik hisoblash tizimlarida ham, turli periferik qurilmalarning kam soni va ko‘p soni bilan ham, tijorat sohasida ham, ilmiy-tadqiqot sohalarida ham ishlay olishi kerak.
SHunday hamma qarama-qarshi talablarni qondiradigan asosda quriladigan operatsion tizimlar juda murakkab “monstr”lar bo‘lib chiqdi. Bu avlodning eng katta erishgan yutuqlaridan bir multidasturlashni amalga oshirishdir.
Multidasturlash – bu hisoblash jarayonning tashkil qilish usuli bo‘lib, bitta protsessorda navbat bilan bir nechta dastur bajariladi.
Bitta dastur kiritish-chiqarishni amalga oshirguncha keng dasturlarni oldingi ketma-ket bajarilishdagi kabi (bir dasturli rejim), protsessor to‘xtab turmaydi, balki boshqa dasturni bajaradi (ko‘p dasturli rejim). Bunda har bir dastur operativ xotiradagi bo‘lim deb ataluvchi o‘z qismiga yuklaydi.
Boshqa yangilik – spuling (spooling) deb ataladi. Spuling u vaqtda hisoblash jarayonini tashkil etish usullaridan biri bo‘lib, unga mos ravishda topshiriq perfokartadan diskga hisoblash markazida paydo bo‘lish tartibida yoziladi, keyin esa navbatdagi topshiriq tugallanishi bilan, yangi topshiriq diskdan bo‘shagan bo‘limga yuklanadi.
Paketli ishlov berishni multidasturlashli amalga oshirish bilan birga, OTlarning yangi tipi –vaqtni ajratish tizimlari yuzaga keldi. Ajratilgan vaqt tizimlarida qo‘llaniladigan multidasturlash varianti, har bir foydalanuvchi uchun hisoblash mashinasidan yagona foydalanish tasavvurini hosil qilishga imkon beradi.
Multidasturlashni yuzaga kelishi x.t. tuzilishiga chuqur o‘zgartirishlar kiritishni talab qiladi. Bunda asosiy rolni apparat tomonidan qullanish katta rol o‘ynaydi, uning asosiy xususiyatlari quyida keltirilgan: MD xususiyatlari:
Ximoya mexanizmini amalga oshirish. Dasturlar mustaqil ravishda resurslarni taqsimlash imkoniga ega bo‘lishi kerak emas, bu imtiyozli va imtiyozsiz komandalarni kelib chiqardi. Imtiyozli komandalar OT tomonidan bajariladi.
Uzilishlar mavjudligi. Tashqi uzilishlar OT ni asinxron xodisa, m-n kirish-chiqish operatsiyasi tugallanganligi haqida ogoxlantiradi. Ichki uzilish, OT aralashuvi zarur bo‘lganda yuz beradi, m-n himoyani buzishga xarakat yoki nolga bo‘lish.
Arxitekturada parallelizmni rivojlantirish. Xotiraga bevosita murojaat va kirish-chiqish kanalini tashkil etish, markaziy protsessorni qiyin operatsiyalarni bajarishdan xalos etadi.
Vaqt ajratish tizimlarida foydalanuvchi, dasturni interaktiv rejimda sozlash imkoniga ega bo‘ldi, bunda u ma’lumotli diskga perfokarta orqali emas, bevosita klaviaturadan kiritish mumkin bo‘ldi. On-line fayllarni yuzaga kelishi rivojlangan fayl tizimlarini ishlab chiqish zaruriyatini keltirib chiqardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |