Amaliy dasturiy ta`minot
Kompyuterning dasturiy ta`minoti orasida eng ko’p kullaniladigani amaliy dasturiy ta`minot (ADT)dir. Bunga asosiy sabab — kompyuterlardan inson faoliyatining barcha sox^alarida keng foydalanishi, turli predmet soxalarida avtomatlashtirilgan tizimlarning yaratilishi va kullanishidir. Amaliy dasturiy ta`minotni quyidagicha tasniflash mumkin.
Muammoga yo’naltirilgan ADTta quyidagilar kiradi:
buxgalteriya uchun DT;
personali boshqarish DT;
jarayonlarni boshqarish DT;
bank axborot tizimlari va boshkalar.
Umumiy matssadli ADT — soxa mutaxassisi bo’lgan foydalanuvchi axborot texnologiyasini kullaganda uning ishiga yordam beruvchi ko’plab dasturlarni uz ichiga oladi. Bo’lar:
kompyuterlarda ma`lumotlar bazasini tashkil etish va saklashni ta`minlovchi ma`lumotlar bazasini boshqa rish tizimlari (MBBT);
matnli hujjatlarni avtomatik ravishda bichimlash tiruvchi, ularni tegishli xrlatda rasmiylashtiruvchi va chop etuvchi matn muharrirlari;
grafik muharrirlar;
hisoblashlar uchun qulay muhitni ta`minlovchi elek tron jadvallar;
taqaimot k.ilish vositalari, ya`ni tasvirlar xrsil qilish, ularni ekranda namoyish etish, slaydlar, animatsiya, filmlar tayyorlashga mo’ljallangan maxsus das
turlar.
Ofis ADT idora faoliyatini tashkiliy boshqarishni ta`minlovchi dasturlarni uz ichiga oladi. Ularga quyidagilar kiradi:
rejalovchi yoki organayzerlar, ya`ni ish vaktini re jalashtiruvchi, uchrashuvlar bayonnomalarini, jadvallarni tuzuvchi, telefon va yozuv kitoblarini olib boruvchi dasturlar;
tarjimon dasturlar, ya`ni berilgan boshlangich matnni ko’rsatilgan tilga tarjima qilishga mo’ljallangan dasturlar;
skaner yordamida ukilgan axborotni tanib oluvchi va matnli ifodaga binoan uzgartiruvchi dasturiy vositalar;
tarmoqdagi uzoq masofada joylashgan abonent bilan foydalanuvchi orasidagi o’zaro muloqotni tashkil etuvchi kommunikatsion dasturlar.
Kichik nashriyosh tizimlari «kompyuterli nashriyot faoliyati» axborot texnologiyasini ta`minlaydi, matnni bichim solish va taxrirlash, avtomatik ravishda betlarga ajratish, xat boshlarini yaratish, rangli grafikani matn orasiga quyish va xokazolarni bajaradi.
Multimedia dasturiy vositalari dasturiy maxsulotlarning nisbatan yangi sinfi hisoblanadi. U ma`lumotlarni k.ayta ishlash muxitining uzgarishi, lazerli disklarning paydo bo’lishi, ma`lumotlarning tarmoqdi texnologiyasining rivojlanishi natijasida shakllandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |