Fayllar dispetcherlari (fayl menejerlari).
Ushbu sinfga mansub dasturlar yordamida fayllar tuzilmasiga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan amallar: nusxa ko‘chirish, fayllarning joyini ko‘chirish, qayta nomlash, kataloglar tuzish, fayllar va kataloglarni chiqarib tashlash, fayllarni izlash, fayllar tuzilmasida turli amallarni bajarish va hokazolar bajariladi. Bu maqsadga mo‘ljallangan bazaviy dasturiy vositalar, odatda, tizimli darajadagi dasturlar tarkibiga kiradi va amallar tizimi bilan birga o‘rnatiladi. Ammo kompyuter bilan ishlash qulayligini oshirish uchun foydalanuvchilarning ko‘pchiligi qo‘shimcha xizmat dasturlarini o‘rnatadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |