Respublikamizning har bir fuqarosi jamoat va davlat mulkini koz qorachigiday saqlashi , asrab avaylashi , uni boyitish haqida qayg'urishi va o't o'chirish tadbirlari keng jamoatchilikka suyangan holda , sexlardagi har bir ishchining ishtirokida olib boriladi . Yong'in muhofazasini tashkil qilish kasbiy va ixtiyoriy turlarga bo'linadi . Kasbiy yong'in muhofazasi o'z navbatida , harbiylashtirilgan ( yirik shahar va muhim obektlarga xizmat korsatadi ) , harbiylashtirilmagan ( tuman markazlari va yirik sanoat obektlariga xizmat korsatadi va tarmoq ( ayrim birlashma va korxonalarga xizmat korsatadi ) turlariga bo'linadi . Yirik sanoat korxonalarida kasbiy yong'in qismlari tashkil qilinadi . QM va Q 11-8980 « Sanoat korxonalarining bosh rejalari » ga asosan ishlab chiqarishning yong'in xavfi boyicha A , B va V toifalari uchun ( to`qimachilik korxonalari V toifasiga mansub ) kasbiy yong'in qismlarining xizmat ko'rsatish radiusi 2 km . dan oshmasligi kerak . Bu qismlar odatda korxona hududidan tashqariga joylashtiriladi .
Do'stlaringiz bilan baham: |