Yalpi Milliy Mahsulot -ma'lum davr ichida mamlakat iqtisodiyotida ishlab
chiqarilgan barcha pirovard tovar va xizmatlarning bozor qiymatlari yig`indisi. (YaMM)
Yalpi taklif -iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan pirovard tovar va xizmatlarga bo`lgan
barcha individual takliflarning yig`indisi yoki har qanday mumkin bo`lgan narxlar
darajasida ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarishga tayyor bo`lgan milliy ishlab
chiqarishning rеal hajmidir.
Yalpi taklif еgri chizig`i -har qanday mumkin bo`lgan narxlar darajasida ishlab
chiqaruvchilar ishlab chiqarishga tayyor bo`lgan tovar va xizmatlar hajmini ko`rsatadi.
Yalpi talab- iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan pirovard tovar va xizmatlarga bo`lgan
barcha individual talablarning yig`indisi yoki har qanday mumkin bo`lgan narxlar
darajasida istе'molchilar cotib olishga tayyor bo`lgan milliy ishlab chiqarishning rеal
hajmidir.