FINLANDIYA MAKTAB TA’LIMINING RIVOJLANISH TARIXI
Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim)
1-bosqich magistranti Yunusova Dildoraxon Xikmat qizi
dildorayunusova03@gmail.com
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020-yil 23-sentabrdagi ta’lim to‘g‘risidagi qonunchiligida ta’limning tuzilmasiga, mazmuniga va uni amalga oshirish shart-sharoitlariga, shuningdek ta’lim oluvchilarning jismoniy, shaxsiy, intellektual, ilmiy hamda kasbiy sifatlariga qo‘yiladigan majburiy talablar belgilab berildi. Ta’lim jarayoniga o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini joriy etish. O‘quv rejalari va o‘quv dasturlari tegishli ta’lim bosqichlarining maqsad hamda vazifalari asosida ishlab chiqiladi. Tegishli davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlaridagi o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarining mazmuni, ularni ishlab chiqish hamda joriy etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi. Umumta’lim fanlarining o‘quv dasturlari shaxsni har tomonlama kamol toptirishga, ta’lim oluvchilarda bilim, malaka, ko‘nikmalarni, saviyani shakllantirishga va ularning qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Kasbga oid fanlarning o‘quv dasturlari ta’lim oluvchilar tomonidan tegishli kasblar va mutaxassisliklarni egallashga qaratilgan. Ta’lim jarayoniga o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini joriy etish ta’lim tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. O‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini joriy etish jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, o‘qitishning innovatsion shakllari va usullari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llaniladi. Ta’lim jarayoniga o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini joriy etish chog‘ida ta’lim tashkilotlari kredit-modul tizimiga asoslangan o‘qitish texnologiyalaridan foydalanishi mumkin. O‘quv rejasida, qoida tariqasida, ta’lim jarayonining jadvali, o‘qitishning boshlanishi, muddati va davriyligi, o‘quv yillari, choraklar, semestrlar, amaliyot, ta’tillar hamda attestatsiya, ajratilgan haftalar soni, o‘rganiladigan fanlar (modullar) va ularga ajratilgan soatlar (kreditlar) hamda boshqa zarur parametrlar aks ettiriladi.
Nufuzli Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti tomonidan har uch yilda bir marta o‘tkaziladigan xalqaro so‘rov natijalariga ko‘ra, Finlyandiya maktab o‘quvchilari dunyodagi eng yuqori bilim darajasiga ega. Shuningdek, ular dunyodagi eng ko‘p o‘qiydigan bolalardir. Bundan tashqari, Finlandiya o‘quvchilari fan bo‘yicha dunyoda ikkinchi, matematika bo‘yicha esa beshinchi o‘rinni egallaydi. Lekin nafaqat natijalar o‘qituvchilar jamoasini quvontiradi. Ajablanarlisi shundaki, butun dunyo bo‘ylab yuqori ko‘rsatkichlarga qaramay, Finlandiya o‘quvchilari darsda ko‘p vaqt o‘tkazmaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |