Norezidentlar – boshqa davlatlarni rezident birliklari mamlakat uchun norezident birliklar hisoblanadi. Shuningdek, mamlakatda joylashgan chet el elchixonalari, xalqaro va diplomatik tashkilotlar hamda bir yildan kam muddatga kelgan mavsumiy ishchilar, artistlar, sportchilar, turistlar va boshqalar mamlakat rezidenti hisoblanmaydi. Bundan tashqari mamlakat hududida neft, gaz, oltin, ko‘mir va boshqa ma’danlarni ishlab chiqarish huquqini shartnoma asosida qo‘lga kiritib, bu yerda ishlab chiqarishni tashkil qilgan bo‘lsa, bu institutsional birlik, shu mamlakatda uzoq muddat bo‘lishiga qaramay, mazkur mamlakat uchun rezident birlik hisoblanmaydi. Mamlakat o‘quv yurtlarida ta’lim olayotgan chet el talabalari ham rezident birlik hisoblanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |