Filosofiya uzb


-mavzu  Turkiston  marifatchi jadidlarning axloqiy  qarashlari



Download 0,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/149
Sana30.12.2021
Hajmi0,97 Mb.
#197882
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   149
Bog'liq
2 5242298942464460709

26-mavzu  Turkiston  marifatchi jadidlarning axloqiy  qarashlari  
 
Reja: 
1. Turkiston ma`rifatchiligining uziga xos xususiyatlari. 
2. Ahmad  Donish,  Furqat,  Muqimiy  va  boshqa  dastlabki  ma`rifatchilarning  asarlarida  kutarilgan 
axloqiy muammolar. 
3. Abay, Anbar otin, Abdulla Avloniy va Fitratning axloqiy qarashlari. 
4. Jadid matbuotining axloqiy tarbiya borasidagi xizmatlari. 
Turkiston  XIX  asrning  ikkinchi  yarmida  Rossiya  tomonidan  bosib  olindi  va  mustamlakaga 
aylantirildi.  Bu  mustamlakachilik  mohiyatini  Turkiston  ulkasi  general-gubernatorlaridan  biri 
A.N. Kuropatkinning  uz  kundaliklarida,  biz  Turkiston  xalqlarini  yarim  asr  mobaynida  jahon 
madaniyati va tsvilizatsiyasidan chetda tutib turdik, degan suzlari yaqqol anglatadi. Lekin, ayni paytda, 
rus taraqqiyparvar ziyolilari orqali rus va jahon ilm-fani va madaniyati ham chor ma`muriyati tusiqlari 
orasidan  sizib  kirar  edi.  Shu  ijobiy  ta`sir  asta-sekinlik  bilan  mazlum  Turkistonda  yangi  Uyg`onish 
davrini  boshlab  berdi.  Mahalliy  ziyolilar  orasida  uz  xalqini  ozod  kurishga  va  jahonning  boshqa 
millatlari  bilan  tenglasha  oladigan  darajaga  olib  chiqishga  intilish  natijasida  bu  Uyg`onish  Ovrupa 
ma`rifatchiligiga  nisbatan  juda  shiddatkor  hamda  miqyosli  buldi.  Shuningdek,  urta  asrlar  urtaga 
tashlagan  ma`rifatparvarlik  g`oyalari  uchun  ham  endilikda  amaliy  shakllarda  yangicha-ma`rifatchilik 
tarzida  namoyon  bulish  imkoniyati  yaratildi.  Zero  usha  g`oyalarni  yangilangan  shakllarda  amalga 
oshira oladigan faoliyatli ziyolilar vujudga kelgan edi. Ularni keyinchalik jadidlar deb atay boshladilar. 
Ma`rifatchilik asosan uch soha orqali tezkor tarzda taraqqiy topib bordi. Bular – maorif (yangicha 
maktablar  ochish,  ta`lim  usulini  yangilash),  san`at  (badiiy  adabiyot,  teatr)  va  matbuot.  Pirovard 
maqsad  millatni,  bir  tomondan,  ilmli-ma`rifatli  qilish  bulsa,  ikkinchi  tomondan,  uning  axloqiy 
darajasini yuksaltirish va ana shu ikki jihatning uyg`unlashuvi natijasida uzligini, uz qadrini anglagan 
bilimli  shaxsni  voyaga  etkkazish  edi.  Turkiston  ma`rifatchilari  tomonidan  ana  shu  maqsadni  amalga 
oshirish yulida katta ishlar qilindi. 
Turkiston  ma`rifatchiligining  dastlabki  bosqichlarida  axloqiy  g`oyalar  asosan  badiiy  va  didaktik 
shakllarda uz aksini topdi. Shu jihatdan uzbek, va tojik xalqlarining mutafakkirlari Ahmad Donishning 
(1827-1897) «Navodir ul-vaqoe» asari diqqatga sazovor. Ahmad Donish uz asarlarida Buxoro amirligi 
davlat  tuzumini  Rossiya  davlat  tuzumi  bilan  solishtirib,  uni  isloh  qilish  lozimligini  ta`kidlaydi. Ayni 
paytda,  an`anaviy  axloqiy  tushunchalar  bilan  fikr  yuritar  ekan,  u  adolatni  ham  podsho-hukmdor 
shaxsiga, ham davlat tizimiga xos fazilat sifatida olib qaraydi. Agar hukmdor adolatli siyosat yurgizsa, 
mamlakat  hayotining  hamma  sohasi  uchun  adolatni  mezon  qilib  olsa,  san`atning  gullab  yashnashiga 
yul  ochib  bersa  –  xalq  hayoti  farovon  buladi,  fazilatlar  kuchayib,  illatlar  zaiflashadi.  U,  hukmdor 
donishmandlik  fazilatiga  albatta  ega  bulishi  lozim,  davlatning  mohiyatini  aql  belgilaydi,  degan 
xulosaga  keladi:  oqilona  boshqarilgan  mamlakat  aholisigina  ma`rifatli  va  yuksak  axloq  egalari  bula 
oladi. 
Shuningdek, Ahmad  Donish  uz  davridagi  johillik,  riyokorlik,  poraxurlik  singari  illatlar  jamiyatni 
tanazzulga  olib  borishini  ta`kidlar  ekan,  din  peshvolarining  notug`ri  yulga  kirib  ketganini, 
shayxlarning yolg`onchiligini, ulamolarning poraxurligini fosh qiladi. 
Koraqalpoq xalqining buyuk mumtoz shoiri Berdaq (1827-1900) she`rlarida ham usha davr axloqiy 
muhiti uz aksini topadi; u ham din peshvolarining uzi oxiratga ishonmasliklarini, tovlamachilik, 
ochkuzlik, tekinxurlik illatlariga mubtalo bulganliklarini va bu bilan islom ildiziga bolta 
urayotganliklarini qattiq tanqid ostiga oladi. 
Buyuk uzbek mumtoz shoirlari Furqat (1878-1909), Muqimiy (1879-1903), Dilshod-Barno (1800-
1906) asarlaridagi axloqiy muammolar taraqqiyparvarlik g`oyalari bilan chambarchas bog`lanib ketadi. 
Chunonchi,  Furqat  «Ilm  hosiyati»,  «Gimnaziya»,  «Tarjimai  hol»  kabi  asarlarida  ma`rifatli  bulish 
yuksak  axloq  egasiga  xos  xislat  ekanini,  lekin,  nodonlik  oxir-oqibat  turli  xulqiy  notavonlikka  olib 
kelishini ta`kidlaydi. Shoir g`azallaridan birida shunday deb alam bilan yozadi: 
Charxi kajraftorining bir shevasidin dog`men, 
Ayshni nodon surib, kulfatni dono tortadur. 
Muqimiyning hajviy asarlarida esa usha davrda avj olgan firibgarliklar, amaldorlarning noinsofligi, 
adolatsizligi  qattiq  tanqid  qilinadi.  Shoirning  «Voqeai  Viktor»,  «Voqeai  kur  Ashurboy  hoji», 


 
 
100
100
«Tanobchilar»,  «Tuy»  singari  asarlari  Turkiston 
xalqlari  oyog`idan  tobora  tubanlikka  tortayotgai 
illatlarni  ayovsiz  fosh  etadi.  ¤sha  davrdagi  boylarning  nafsdan  boshqa  narsani  bilmasliklarini,  fahshu 
maishatga  yuztuban  ketganliklarini,  chor  atrofda  adolatsizlik  hukmronlik  qilayotganining  alam  bilan 
yozadi. Endi Dilshodning bir muxammasidan olingan quyidagi parchaga diqqat qiling: 
Alam utidin kuyodir bu jon 
Dudi oh ila tula osmon, 
Betoqat ulib chekaman fig`on, 
Menga rahm etib yig`laydi makon, 
Titrab boqadir zaminu zamon. 
Boyonlarimiz nafsa ovora, 
Tug`yoni oshib to bora-bora, 
Atlas tuqig`on qizi bechora, 
Yasanmay yuzga surtadi qora, 
Kora kunlarga qoldi Marg`ilon. 
 
Olma anoru mevalar koni, 
Ammo mevaga zor bog`boni, 
Bug`doy nonini kurmas dehqoni, 
Paxta ekadi, yirtiq choponi, 
Farg`ona zamin husni Namangon. 
Bu  satrlarda  kutarilgan  adolatsizlik  muammosi  orqali  usha  davrdagi  ijtimoiy-axloqiy  manzara 
yaqqol namoyon buladi. 
2. Turkiston xalqlarining axloqiy yuksaklik va ma`rifat vositasida milliy uzligini anglash darajasiga 
kutarishda qozoq xalqining buyuk farzandi Abay (1847-1908) axloqiy qarashlarining ahamiyati katta. 
Abay  she`rlarida,  shuningdek,  «Iskandar»,  «Mas`ud»  dostonlarida  ezgulik,  adolat,  mardlik  shijoat 
singari  fazilatlar  urnini  illatlar  egallab  borayotganidan,  xalqning  yaxshilik  bilan  yomonlikni  farqlay 
olmaydigan darajaga tushib qolganidan faryod chekadi: 
Otalarga uxshamay qoldi turqing, 
Yopiray muncha ketdi, elim, xulqing! 
Birlik yuq, baraka yuq, buzildi fe`l, 
Kani yiqqan davlating, boqqan yilqing 
«Xulqi  ketgan»,  «fe`li  buzilgan»,  «aldamchi»,  «suq«,  «ochkuz»  singari,  sirtdan  qaraganda  uz 
xalqiga nisbatan beshafqatlarcha, xatto haqorat darajasiga kutarilgan bu suz va iboralar aslini olganda, 
millatni jondan ortiq sevgan buyuk shoir qalbining alamli yig`isidir. 
Shunisi  qiziqarliki,  Abayning  axloqiy  qarashlari  ma`lum  jihatlari  bilan  g`arblik  mashhur 
zamondoshi,  buyuk  olmon  faylasufi,  adibi  Fridrix  Nittsshening  ba`zi  qarashlariga  yaqin.  Ammo, 
ta`kidlash  kerakki,  Nittsshedagi  uta  keskinlik,  uta  beqarorlik  Abayga  yot.  Shunga  qaramasdan, 
qadriyatlarni qayta baholash, lozim bulsa, butun millatni qayta tarbiyalash kabi g`oyalar Abayga ham 
xos.  Xususan,  u  xalqni  uz  fe`lini  uzgartirishga,  bu  yulda  lozim  bulsa,  an`anaviy  hayot  tarzidan,  ota-
bobolardan  qolgan  ugit  –  maqollardan,  xatto  asrlar  mobaynida  urgangan  chorvachilikdan  kechishiga 
da`vat etadi. Chunonchi, Abay uzining mashhur «Nasihatlar» deb atalgan axloqshunoslikka va amaliy 
axloqqa  doir  kitobida  shunday  deb  yozadi;  «Kozoqlarning  bir-biriga  dushman  bulishining,  birining 
tilagini  ikkinchisi  tilamasligining,  rost  suzi  kam,  mansabparast,  yalqov  bulishliklarining  sababi 
nimadaO` Bunga dunyoda utgan barcha donishmandlar shunday javob qiladi: har qanday yalqov kishi 
– qurqoq va g`ayratsiz buladi; har qanday maqtanchoq qurqoq kishi – aqlsiz, nodon buladi; har qanday 
aqlsiz  nodon  kishi  –  orsiz  buladi;  har  qanday  orsiz  kishi  –yalqov,  kishi  oldida  tilamchi,  ochkuz,  suq 
buladi;  bunday  hunarsiz  kishilar  hech  qachon  birovga  dust  bulmaydi.  Bu  illatlarning  hammasi  turt 
oyoqli molni kupaytirishdan boshqa narsa xayoliga kelmaydigan kishilardan chiqadi. Agar inson ekin-
tikin,  ilm-hunar,  savdo  ishlari  bilan  shug`ullansa,  bunday  yomon  fazilatlar  (ya`ni  illatlar)  unga 
dorimagan bulur edi». 
«Nasihatlar»  risolasininng  boshqa  bir  urnida  Abay,  maqollarni  tahlil  etish  orqali,  yuqorida 
aytganimizdek,  ma`lum  ma`noda  an`anaviy  qadriyatlarni  qayta  baholashga  intiladi:  «Bizning 
qozoqlarni  aytib  yurgan  maqollari  ichida,  –  deydi  Abay,  –  ishga  yaroqlisi  ham,  yaroqsizi  ham  bor. 
Ba`zilari  yaroqsiz  bulishi  u  yoqda  tursin,  xatto  na  musulmonchilikka  va  na  odamgarchilikka  tug`ri 


 
 
101
101
keladi.  Avvalo:  «Faqir  bulsang  –  orsiz  bul!» 
deyishadi.  Ordan  ayrilib  tirik  yurgandan  kura, 
ulgan  afzal...  «Oltinni  kursa  farishta  ham  yuldan  ozadi»,  deyishadi.  Sadqai  farishta  ketgurlar-ey!  Bu 
shunchaki  ularning  uz  shum  niyatlarini  ma`qullamoqchi  bulib  aytganlari  emasmiO`...  «Yarim  kunlik 
umring qolsa ham, bir kunlik mol yig`», «uzingda yuq bulsa, otang ham dushman», «mol – odamning 
jigar  gushti»,  «Moli  kupning  –  yuzi  yorug`,  moli  yuqning  yuzi  –  choriq»,  «egan  og`iz  uyalar», 
«Olag`on kuzim berag`on»... Bundan ma`lum buldiki, qozoqlar tinchlik uchun g`am emas ekan, balki 
aksincha mol-dunyo uchun g`am chekar ekan... Agar moli bor bulsa, uz otasi bilan ham yovlashishdan 
uyalishmas  ekan...  Ishqilib,  ug`rilik,  shumlik,  tilanchilik,  quying-chi,  shunga  uxshash  yaramas 
fazilatlar (ya`ni illatlar) bilan mol topsa ham buni ayb sanamasligimiz kerak ekan». Boshqa bir urinda 
buyuk  mutafakkir  imon  haqida  suz  yuritib,  yana  ba`zi  maqollar  tug`risida  shunday  deydi;  «Imonga 
shak  keltirgan  bandalarni  Olloh  taolo  afu  etmaydi  va  payg`ambarimiz  ham  shafqat  qilmaydi,  bu 
mumkin  ham  emas.  «Kilich  ustida  shart  yuq»,  «Xudoy  taoloning  kechmas  gunohi  yuq»  –  degan 
qalbaki maqollarga suyanganning basharasi qursin!». 
Abay  uz  millatini  nihoyatda  sevgan  mutafakkir.  U  hech  kimni  haqorat  qilmoqchi  yoki 
kamsitmoqchi emas; bu  achchiq  gaplar xalq dardida urtangan mutafakkirning alamli fikrlaridir. Abay 
odamlarning  torlashib,  maydalashib  ketayotganidan,  erdagi  uz  insoniy  vazifasi  va  ma`suliyatini 
bajarmayotganidan  g`azablanadi:  «Suqrotga  og`u  bergan,  Ionna Arkni  olovga  tashlagan,  Isoni  dorga 
osib, payg`ambarimiz salollohu alayhi va sallamni tuyaning ulimtigiga kumgan kimO` Xalq! Shunday 
bulgach,  xalqda  aql  yuq.  Yulini  top-da,  xalqqa  rahnamolik  qil».  Kurinib  turibdiki,  buyuk  qozoq 
mutafakkirining axloqiy ideali xalqqa rahnamolik qila biladigan odam. Albatta, u alo odam emas, lekin 
alo  odam  vazifasini  ma`lum  ma`noda  bajara  oladigan  inson.  Bunday  insonni  tarbiyalash  voyaga 
etkazish, lozim bulsa, yaratish (ma`naviy jihatdan) mumkin; «Odam onadan aqlli bulib tug`ilmaydi, – 
deydi  Abay,-balki  tug`ilganidan  keyin,  dunyoda  nima  yaxshi,  nima  yomon  ekanligini  eshitib,  kurib, 
ushlab, topib, zehn quyib aqlli buladi». Boshqa bir urinda esa, mutafakkir, mana bunday deydi: «Agar 
davlat  mening  qulimda  bulganida,  inson  farzandini  tuzatib  bulmaydi,  degan  odamning  tilini  kesib 
tashlardim...» 
 
 
 
 

Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish