1991 yilda qayta tashkil etilgan Nukus davlat pedagogika instituti esa O‘zbekistonda pedagogik kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini yuksaltirish borasida taraqqiy etayotgan yangi yondashuvning o‘ziga xos bir ko‘rinishidir. 1992 yildan e’tiboran institut qoraqalpoq xalqi e’zozlagan buyuk alloma-shoir Ajiniyoz nomi bilan atalib kelmoqda. - 1991 yilda qayta tashkil etilgan Nukus davlat pedagogika instituti esa O‘zbekistonda pedagogik kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini yuksaltirish borasida taraqqiy etayotgan yangi yondashuvning o‘ziga xos bir ko‘rinishidir. 1992 yildan e’tiboran institut qoraqalpoq xalqi e’zozlagan buyuk alloma-shoir Ajiniyoz nomi bilan atalib kelmoqda.
Hozirgi kunga kelib institutda 9ta fakultet va 1 magistratura bo‘limi 21 ta bakalavriat yo‘nalishi va 7 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha yuqori malakali pedagoglar tayyorlanmoqda. Shuningdek, 3 ta mutaxassislik bo‘yicha tayanch doktarantura mavjud. Institut olimlari xalq tarixi va etnik tarkibi, arxeologiya va etnografiya, Orol dengizining qurishi oqibatida hududning flora va faunasiga ta’siri, til va adabiyot, qoraqalpoq xalqining yozma va og‘zaki yodgorliklarini o‘rganish borasida chuqur ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. - Hozirgi kunga kelib institutda 9ta fakultet va 1 magistratura bo‘limi 21 ta bakalavriat yo‘nalishi va 7 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha yuqori malakali pedagoglar tayyorlanmoqda. Shuningdek, 3 ta mutaxassislik bo‘yicha tayanch doktarantura mavjud. Institut olimlari xalq tarixi va etnik tarkibi, arxeologiya va etnografiya, Orol dengizining qurishi oqibatida hududning flora va faunasiga ta’siri, til va adabiyot, qoraqalpoq xalqining yozma va og‘zaki yodgorliklarini o‘rganish borasida chuqur ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.
Institutda ta’lim sohasidagi samarali mehnati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan davlat granti sohiblari, fan va xalq ta’lim fidoyilari, davlat mukofoti sovrindorlari, xalq ta’limi a’lochilari va o‘z ishining mohir ustalari faoliyat yuritmoqda; - Institutda ta’lim sohasidagi samarali mehnati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan davlat granti sohiblari, fan va xalq ta’lim fidoyilari, davlat mukofoti sovrindorlari, xalq ta’limi a’lochilari va o‘z ishining mohir ustalari faoliyat yuritmoqda;
- – bugungi kun talablariga javob beradigan moddiy-texnik baza: ilmiy va o‘quv laboratoriyalari, Internet sinflari, lingafon kabinetlari, multimedia vositalari, axborot-resurs markazi, sport majmualari, talabalar oshxonasi va yotoqxonalari;
- – a’lochi talabalar hamda ijtimoiy hayotda faol talabalar, shuningdek, harbiy qism tavsiyasiga ko‘ra o‘qishga kirgan talabalar o‘qish to‘lovlarida ham imtiyozga egadirlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |