Filologiya fakulteti



Download 203 Kb.
bet1/3
Sana03.02.2017
Hajmi203 Kb.
#1707
  1   2   3


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA

MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI

FILOLOGIYA FAKULTETI

O’ZBEK ADABIYOTI KAFEDRASI

“Himoyaga tavsiya etilsin”

Filologiya fakulteti

dekani _______dots. I.Xudoynazarov

“_____”____________ 2012- yil

“ O’zbek filologiyasi” ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasini olish uchun

IV kurs 44-guruh talabasi


TEMIROVA MAHLIYONING
O'ZBEK HAJVCHILIGIDA MUHAMMAD OCHILNING O'RNI

mavzusida yozgan
BITIRUV MALAKAVIY ISHI

Talaba ________ Temirova M

Ilmiy rahbar ______ f.f.n.S.Mo'minova

“_____”________________ 2012- yil

Himoyaga tavsiya etildi”

O’zbek adabiyoti kafedrasi

mudiri ______dots. G. Imomova

_____”_____________2012- yil



KIRISH'>Qarshi - 2012 yil

MUNDARIJA
KIRISH............................................................................................................3
I BOB. O'zbek hajvchiligi taraqqiyotida Muhammad Ochil ijodining o'rni.

1.1. Muhammad Ochil ijodining mavzu ko'lami............................................7

1.2. Muhammad Ochil ijodida qahramon masalasi.......................................15
II BOB. Muhammad Ochilning hajviy obraz yaratish mahorati.

2.1. Obraz va badiiy nutq qirralari..................................................................29

2.2. Muhammad Ochil hajviyotining badiiy til xususiyatlari........................43
Umumiy xulosalar.........................................................................................51
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.............................................................53

KIRISH

Mavzuning dolzarbligi. : Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov 2009-yil 24-iyun kuni O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi B. Alimovi qabul qilib, milliy adabiyotimizning bugungi ahvolini tahlil qila turib quyidagilarni alohida ta’kidladi: “Hech shubhasiz, ziyolilarning ilg’or qismi bo’lmish badiiy adabiyot vakillarining xalqimiz qalbini, uning oliy maqsadlari, bugungi hayoti, taqdiri va kelajagini yaqindan biladigan insonlar sifatida jamiyatimizdagi o’rni va ta’siri beqiyosdir”.1

Yurtboshimiz ta’riflagan bu so’zlar o'zbek hajviyotining taniqli vakili Muhammad Ochil hayoti va ijodiy faoliyatiga ham daxldordir. Negaki, bu yozuvchining o’zbek xalqi madaniy rivojida, jamiyatimizda o’rni va ta’siri sezilarlidir.

Sharq adabiyotida hajvchilik yo’nalishi mavjudligini, jahon mumtoz adabiyotining uzviy qismi – o’zbek mumtoz adabiyotida hajvchilik unsurlarigina emas, balki uning yetuk namunalari, durdonalari ham borligini ilmiy-nazariy jihatdan dalillash, hozirgi o’zbek hajvchiligining taraqqiyot muammolarini va bu jarayonda taniqli o’zbek hajvchi yozuvchisi Muhammad Ochilning samarali mehnatini, ijod namunalarini tahlil qilish muhim ilmiy ahamiyatga ega.

Snuni qayd etmoq lozimki, jahon madaniyati tarixida hajvchilik juda qadimdan mavjud bo’lgan. Xalqning ijtimoiy ahvoli, axloqiy-ma’naviy muammolar badiiy talqin etilgan hajvchilik yo’nalishi esa, asosan, XIX asrning oxiri XX asr boshlaridan rivojlana boshladi.

Hajvchilik badiiy adabiyotning yo’nalishlaridan biridir. O’zbek hajvchiligida ham ularning ko’pchiligi shoir va adiblarimizning ijodida uchraydi.

O’zbek hajvchi yozuvchilaridan Muhammad Ochil o’zining sermahsul va mazmundor ijodi bilan uzoq yillardan beri kitobxonlar diqqatini o’ziga tortib kelmoqda. Shuning uchun ham biz adib Muhammad Ochil hayoti va ijodini o’rganish, o’zbek hajvchiligi taraqqiyotidagi tutgan o’rnini aniqlashga jazm qildik.



Muаmmоning o’rgаnilgаnlik dаrаjаsi. O’zbek hajvchiligi ilmida Muhammad Ochilning ijodi nisbatan kam o’rganilgan. Uning ijodi haqida taniqli ustoz yozuvhcilar, S.Ahmad, N.Aminov kabilar o'z fikr-mulohazalarini aytganlar. Muhammad Ochil ijodi har doim adabiyotshunoslar diqqatida bo'lib keldi. Biz ham mazkur ishimizda adib ijodini batafsil tadqiq qilish niyatidamiz.

Bitiruv malakaviy ishining ilmiy-tаdqiqоt ishlаri rеjаlаri bilаn bоg’liqligi. Tаdqiqоt mаvzusi O’zbek adabiyoti kafedrasining ilmiy ishlаr rеjаsigа muvоfiq bo’lib, Qаrshi DU O’zbеk аdаbiyoti kаfеdrаsidа bаjаrilаyotgаn ilmiy tаdqiqоtlаr rеjаsigа kiritilgаn.

Bitiruv malakaviy ishining mаqsаd va vazifalari. O’zbek hajvchiligining taraqqiyot muammolarini tadqiq etish, unda Muhammad Ochil ijodining tutgan o’rnini belgilashdan iborat. Qo’yilgan maqsaddan kelib chiqib, quyidagi vazifalar bajariladi:

  • Muhammad Ochilning hayoti va ijodi o’rganiladi;

  • Muhammad Ochilning asarlari mundarijasi o’rganilib, ularda tasvirlangan muammolar tahlil qilinadi;

  • Adibning o’zbek hajvchiligi taraqqiyotidagi xizmatlari ko’rsatib beriladi.

Ishning ilmiy yangiligi Muhammad Ochilning o’zbek hajvchiligi taraqqiyotida tutgan o’rnini ko’rsatib berish va uning asarlarining jаnr tаbiаtini, yetakchi tаrаqqiyot tаmоyillаrini, bоqiy mаvzu-mаsаlаlаr yo’nаlishini ilk bоr tаhlil vа tаdqiq etish bilаn bеlgilаnаdi. Ulаr yaхlitlikdа ishning ilmiy yangiligini ko’rsаtаdi.

- O’zbek hajvchiligida Muhammad Ochilning ijodi o’rganildi;



  • Muhammad Ochilning obraz yaratish mahorati o'rganildi;

  • O’zbek hajvchiligida xususan, Muhammad Ochil ijodida mavzular ko’lami va undagi uslubiy izlanishlarning o’ziga xos tomonlari tekshirildi.

Bitiruv malakaviy ishining mеtоdоlоgik аsоsi vа tаdqiq usullаri. Milliy istiqlol mafkurasining shakllanishi, ma’naviyat bobidagi jiddiy o’zgarishlarning yuzaga kelishida o’zbek hajvchilik adabiyotining ham o’ziga xos o’rni bor. Mavzuni tadqiq etishda, belgilangan masalalarni yoritishda mustaqillikning g’oyaviy asoslari, milliy mafkura masalalariga bag’ishlangan dasturiy ahamiyatga molik hujjat va asarlar bitiruv malakaviy ishga metodologik asos bo’lib xizmat qiladi. Shuningdek, o’zbek adabiyotshunoslaridan I.Sultonov, O.Sharafiddinov, U.Normatov, E.Karimov, N.Xudoyberganov, B.Karimov, M.Jo’rayevlarning ilmiy-nazariy fikrlariga suyanildi.

Bitiruv malakaviy ishining nаtijаlаrining ilmiy vа аmаliy аhаmiyati: Bitiruv malakaviy ish mavzuni o'rganish jarayoni orqali badiiy so'z san'atida, xususan, hajviy asarlarning muhim o'rni borligi haqida ilmiy – amaliy tushuncha hosil qilindi. Bitiruv malakaviy ishimizni mavzui o'rta umumta'lim maktabida muhim o'rin tutadi. Chunki, o'rta umumta'lim maktablarida badiiy adabiyot tur va janrlari, ularning xususiyatlari haqida nazariy ma'lumotlar o'qitiladi. Bitiruv malakaviy ishida tаhlil оb`yеktigа tоrtilgаn аdаbiy mаtеriаl hаmdа bаyon etilgаn ilmiy-nаzаriy хulоsаlаrdаn, umumlаshtiruvchi fikrlаrdаn o’zbеk hajvchilik adabiyoti tаriхini yarаtishdа, оliy o’quv yurtlаrining filоlоgiya fаkultеti tаlаbаlаri, o’rtа mахsus tа`lim tizimi hаmdа аkаdеmik litsеylаrning yuqоri kurslаr tаlаbаlаri uchun tаnlоv vа iхtisоslik mаshg’ulоtlаri o’tishdа fоydаlаnish mumkin. Shuningdеk, tаdqiqоt mаtеriаllаri vа ilmiy kuzаtishlаr adib ijоdigа bаg’ishlаngаn risоlа, qo’llаnmа hаmdа mоnоgrаfiyalаr yarаtishdа, аdаbiy pоrtrеt yaratishdа mаnbа bo’lib хizmаt qilаdi.

Bitiruv malakaviy ishining оbyеkti vа prеdmеti sifаtidа Muhammad Ochilning «Shapaloq» (1992), «Shayton shotirlari»(2005), «Ko'hna Nasaf ohanglari»(2007), «Qalam ahli qahqahasi»(2008) kabi asarlari olindi.

Ishning sinоvdаn o’tishi. Bitiruv malakaviy ishi Qarshi dаvlаt univеrsitеti O’zbеk аdаbiyoti kаfеdrаsidа bаjаrildi va kafedra yig’ilishida muhоkаmа etilib, himоyagа tаvsiya qilingаn.

Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi vа hаjmi. Ish Kirish, ikki asosiy bоb, umumiy хulоsа vа fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаr ro’yхаtidаn ibоrаt.

I BOB. O'zbek hajvchiligi taraqqiyotida Muhammad Ochil ijodining o'rni.

1.1. Muhammad Ochil ijodining mavzu ko'lami

Shunday ijodkorlar bo'ladiki, ularning ijodisiz biror milliy adabiyotning taraqqiyot yo'lini tasavvur qilish nihoyatda qiyin. O'zbek adabiyotining taniqli namoyandasi, o'ziga xos ovoz sohibi Muhammad Ochil ana shunday siymolardan. O'zbek adabiyoti, xususan, o'zbek hajvchiligi haqida so'z yuritilar ekan, Muhammad Ochil nomini alohida qayd etishimiz zarur.

Chinakam iste'dod sohiblari bir-birlariga aslo o'xshamaydilar. Muhammad Ochil asarlarini boshqa asarlardan farqlash oson, chunki uning o'zigagina xos bo'lgan uslubi bor. Muhammad Ochil insonparvar ijodkor. U insonni ulug'laydi, hurmat qiladi. Yozuvchining insonga bo'lgan hurmati uni xo'rlaydigan, qadrsiz qiladigan, insoniy tuyg'ularini poymol qiluvchi hamma narsalarga nisbatan beayov bo'lishi bilan isbotlanadi. Yozuvchi hayotiy muammolarni qalamga olar ekan inson xarakteridagi salbiy illatlardan kuladi, ularni ogohlikka undaydi.

O'zbek adabiyoti taraqqiyotida muhim o'rin tutgan ijodkorlardan biri, Qashqadaryo adabiy muhitining yorqin vakili, betakror hajviy asarlari bilan kitobxonlar qalbini zabt etgan so'z ustasi Muhammad Ochil 1953-yilda Qashqadaryo viloyatining Yakkabog' tumanidagi Sovuqbuloq qishlog'ida tug'ilgan. 1978-yilda ToshDU (hozirgi O'zMU) ning biologiya-tuproqshunoslik fakultetida o'qigan. Dastlab ToshDUda ilmiy xodim, «Uzgiprozem» institutida muhandis, «Qashqadaryo» gazetasi tahririyatida bo'lim muharriri, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo'limida adabiy maslahatchi va mas'ul kotib lavozimlarida ishlagan. Hozirgi vaqtda Qarshi davlat universitetining matbuot markazi boshlig'i lavozimida faoliyat ko'rsatmoqda.

Respublika hajvchi-yozuvchilarining «Oltin qalam» va «Tilla choynak» mukofotlarining sovrindori bo'lgan. «Shapaloq», «Bermud uchburchagi», «Arvoh ovi», «Shayton shotirlari», «Qalam ahli qahqahasi» kabi o'nlab kitob va risolalar muallifi.

O'zbekiston hajvchiligining yorqin namoyandasi Ne'mat Aminov adib haqida shunday deb yozadi: «Uning hajviyalari ham o'ziga o'xshaydi. Hajm jihatidan «yirik», gohida cho'ziq bo'ladi. (O'zining ham bo'yi uzun, og'irligi bir sentnerning nari-berisida). Hajviyalari sodda, samimiy, o'qishli (o'zi ham doim kulib yuradi, kulgisi bir qaraganda beozor, aslida «Yuqumli», tezda atrofidagilarga ham yuqadi), uning tasvirida, aytadigan gaplarida yasamalik, uydirma yo'q (chunki u rostg'oy, yolg'onni yomon ko'radi), hajviyalari zamirida bir mardliklar, bir chapaniliklar yotadi (chunki u hayotda sokin, kamsuqum ko'rinsa-da, o'rni kelganda yaxshigina «portlashi» mimkin), hajviyalarini diqqat bilan o'qisangiz, ulardan dasht hidi, tuproq hidi keladi (chunki uning asli kasbi tuproqshunoslik)...»2.

Hajvchi Muhammad Ochil haqida uning o'z ustozi N.Aminovdan ham o'tkazib ta'riflash mushkul. Darhaqiqat, bu ta'rifda to'la haqiqat mujassamligini biz tahlil mobaynida guvohi bo'lamiz.

Adibning ilk hajviyalari 1978-yilda, bir vaqtda «Sharq yulduzi» jurnalida «Gulqaychi» rukni ostida, «Mushtum» jurnalida chop etilgan. Shundan buyon uning hajviyalari muntazam ravishda «Mushtum» hajviy jurnalida va boshqa matbuot nashrlarida chop etib kelinmoqda. U mashhur hajvchi-yozuvchi N.Aminovni o'ziga ustoz deb biladi.

Muhammad Ochil 6 marta «Mushtum» , 2 marta «Afandi» gazetasining yillik konkurslarida qatnashib g'olib bo'lgan. Bu ham adibning yuksak mahorat sohibi ekanligining, respublikamizdagi hajvchi ijodkorlar orasida o'zining alohida mavqeiga ega ekanligidan dalolatdir. Muhammad Ochilning «Nishonga tekkan o'q», «Shayton operatsiyasi», «Qulluq», «Bermud uchburchagi», «Shapaloq», «Arvoh ovi», «Shayton shotirlari», «Qalam ahli qahqahasi» kabi asarlari o'z muxlislarini topgan. O'nga yaqin hikoyalari rus, tojik, qozoq, qoraqalpoq va qrim-tatar tillariga tarjima qilingan.

Muhammad Ochil haqida O'zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad shunday deb yozadi: «Muhammadning ikki hajviy hikoyasini «Chaqiruv» jurnalida o'qidim. Xususan, uning «Aylana yoxud tubsiz hovuzning siri» hikoyasi meni quvontirdi». Said Ahmaddek ulug' yozuvchi ta'rifining haqqoniyligi sir emas. Buni adibning o'lmas asarlari isbotlaydi.

Yozuvchi asarlarida katta bir davr qahramoni hayotidagi xarakterli voqea tasviri orqali mujassamlanadi. Bu hol Muhammad Ochilning badiiy tasviriy vositalarini ham belgilab beradi.

Muhammad Ochil qahramonlari – oddiy odamlar; ular hayotida ro'y bergan voqea va hodisalar ham odatdan tashqari va favqulodda emas; shunga qarab yozuvchining tasviriy vositalari ham oddiy bo'lib qoladi. Biroq bu oddiylik zamirida yozuvchining katta mahorati, iste'dodi, bilimi yotadi. O'zbekiston Qahramoni shoir Abdulla Oripov bilan universitetimiz talabalari bilan bo'lgan bir uchrashuvda shoir Muhammad Ochil haqida shunday degan edi: « Davrimizdagi har bir hayotiy salbiy voqealar Muhammad Ochil nazaridan chetda qolmaydi, birdaniga hajviya qilib tashlaydi». Haqiqatan ham adib hozirjavoblikda benazir. Bu uning zamon bilan hamnafasligini, davr muammolari, insoniy muammolariga befarq, loqayd emasligini ko'rsatadi.

«Ki bir parcha etdir badansiz ko'ngil», - deydi Alisher Navoiy. Darvoqe , insondan ayro tushsa, yurak bir parcha et, xolos. U inson ixtiyoridagina olmadan ham katta olamga, tuyg'ular tilsimotiga aylanadi. Bu tilsimotning kalitini topib, uni sehrli lavhalarda kitobxonga anglatish bu adabiyotdir. Muhammad Ochilning asoiy maslagi – odam atalgan sirli dunyoga kirib borishdir. O'zga sayyoraliklarga intilgandan ko'ra, insonning ichki imkoniyatlarini kashf etishga tutinadi. Adib asardan asarga ulg'ayib borar ekan, inson haqidagi qayg'urishlari ijodining birinchi chizig'iga o'ta boradi. Dunyoning yarmi yorug', yarmi qorong'u bo'lgani kabi insonning botiniy va zohiriy olamida yaxshilik bilan birga yomonlik alomatlari yonma-yon yashaydi. Mo'tabar va qodir inson gohida o'z vujudidagi kichik bir illat dastidan inqirozga yuz tutadi, o'z baxtsizligini o'zi yaratadi. Bu dunyoni dunyo qilgan insonning o'zi, ammo vayron qiluvchi ham uning qo'lida. Adib xavotir bilan odamlarni hushyorlikka chaqiradi. Bir oniy g'aflat, bir oniy beparvolik, loqaydlik, ozgina manmanlik, poraxo'rlik, laganbardorlik, qizg'anchiqlik, manfaatparastlik ham ulkan yutqizishlarga olib kelishi haqida bong uradi. Davr ziddiyatlaridan bezovtalik, jamiyat hayotidagi kamu ko'stlarga ma'sullik, zamin tashvishlariga chora izlash hissi namoyon uning ijodida.

Muhammad Ochil inson ruhiyatining jami murakkabliklarini tadqiq etishda adabiyotimizning hajviy yo'nalishidan g'oyat samarali foydalandi. Zero, hajviyot xalqning diliga yaqin janrdir. Milliy so'z san'atining eng sara ranglari hajvchilikda mujassamdir. Quyosh, suv, havo kabi ne'matlardan hamma zamonda hamma avlod birday bahramand bo'lgani kabi, hajviy asarlar ham barcha davrlarda zarur bo'ldi, odamlar unga ehtiyoj sezdilar.

«O’zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasida Aziz Nesinning M. Hakimov tarjima qilgan o‘zbekcha kitobiga yozgan so‘zboshisi bosildi. Unda mashhur hajvchi quyidagilarni yozadi: «Bildimki, adabiyot turlari ichida eng ta’sirchani, eng ommabopi hajviyot ekan. Shu tariqa hajviyot men uchun keng kitobxonlar davrasi, turli sinf vakillari bilan, xalq bilan muloqotda bo‘lishning bir vositasi bo‘lib xizmat qilmoqda». Buyuk satirikning fikri hajviyotga berilgan xolis va haqqoniy bahodir. Hayotimizda ro‘y berayotgan tub o‘zgarishlar jarayoni hajvchi yozuvchilarimiz uchun bitmas-tuganmas ilhom manbai bo‘lishi bilan birga ulardan turli-tuman va rang-barang g‘oyaviy-badiiy pishiq asarlar yaratishlarini ham taqozo etadi.

Turg‘unlik deb atalayotgan davrda ham o‘zbek adabiyotida hajviyachilik ayanch holatga tushib qolmaganini ko‘ramiz. Namuna adabiyoti hamda 20—30-yillarda Hamza, Abdulla Qodiriy, Sadriddin Ayniy, Cho‘lpon, Fitrat, Tavallo, Abdulla Avloniy, So‘fizoda nomlari bilan bog‘liq bo‘lgan an’analar muvaffaqiyat bilan davom ettirilganligidan ko‘z yumish mumkin emas. Lekin yozuvchilarimiz adabiyotning bu janrida qo‘lga qalam olar ekanlar, allaqanday ichki bir hadik, ehtiyotkorlik bilan ish tutganligidan ko‘z yumib bo‘lmaydi. O’zining haq so‘zlari uchun Abdulla Qahhor qanchalar tazyiqqa uchraganligi hammaga ma’lum. Bu o‘ziga xos «saboq»dan hajvchilarimiz xulosa chiqarmasdan iloji yo‘q edi. Shunday bo‘lsa ham hajvchi yozuvchilarimizning safi kengayib bordi. Xudoyberdi To‘xtaboev, Ne’mat Aminov, Sa’dulla Siyoev, Anvar Muqimov, Farhod Musajonovlar ijodi ayni shu yillarda ommaga manzur bo‘ldi. Lekin boshqa bir mulohaza bor: agar hajviy tafakkurga o‘sha yillarda to‘siqlar bo‘lmaganda, kalondimog‘ rahbarlar mazkur janr ravnaqiga rahna solmaganida, bu boradagi muvaffaqiyatlarimiz yanada salmoqli bo‘lishi aniq edi.

Hayot baribir adabiyotga o‘z muhrini bosadi. Busiz mumkin emas. Shu jumladan, har bir ijodkorning badiiy tafakkur tarziga ham. Muhammad Ochil ajoyib hajviyalari bilan oltmishinchi yillarda Said Ahmadday yozuvchining olqishiga sazovor bo‘lgan edi: ....Muhammadning ikki hajviy hikoyasi «Chaqiruv» jurnalida o'qidim. Xususan, uning «Aylana yoxud tubsiz hovuzning siri» hijoyasi meni quvontirdi. Muhammadning hikoyadan hikoyaga o'zib borayotganligi meni quvontirdi». Yozuvchi ilk asarlarida kishilardagi loqaydlik, ayrim rahbarlar ongidagi o‘zibo‘larchilik va takabburlik, maorif sohasidagi ko‘zbo‘yamachilik kabi ijtimoiy illatlarni alohida bir izchillik va faollik bilan fosh etgan edi.

Muhammad Ochil o'zbek satirik yozuvchilari ijodini chuqur o'rganib ularning ijodiy tajribalaridan ilhom olgan. Ma'lumki, adabiyotimizning ustunlaridan bo'lgan Abdulla Qahhor komediya janrining taraqqiyotiga ham katta hissa qo'shdi. Uning komediyalari haqida gapirganda davrning muhim axloqiy-ma'naviy muammolarining yorqin xarakterlarda, zamondoshiga saboq bo'larli tarzda talqini etilganligini alohida qayd etish kerak. Xususan, «Shohi so'zana», «Og'riq tishlar», «Tobutdan tovush», «Ayajonlarim» kabi komediyalarida o'zbek xalqi hayotidagi tipik voqealarning realistik va lirik uslubda hayotiy konflikt va ishonarli kulgili vaziyatlarda, xalq tilining rang-barang go'zalliklarida berilishi bilan ham janr taraqqiyotida yangilik bo'ldi. Yuqoridagi komediyalarda jamiyatdagi aldamchilik, poraxo'rlik, tanish-bilshchilik ustidan O'zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubov adolatli ta'riflaganidek, adabiyotimizda hech bir yozuvchi Abdulla Qahhorchalik kula olmagan va nafratlanmagan. Ba'zi zamondoshlarida ruhiy qashshoqlikni va mol-dunyo izidan quvishni fosh etish, ma'naviy go'zallikni ulug'lash adibning so'nggi asari «Muhabbat» qissasining ham asosiy pafosini tashkil etadi.

Abdulla Qahhor adabiyot dargohini bir umr muqaddas deb bildi va shu e'tiqod bilan ijod qildi. U o'z suhbatlari va maqolalarida «Adabiyotning atomdan kuchli» ekanligini, «Xalq hayoti yozuvchiga ilhom berish»ni, yozuvchi esa «hayotni his qila bilish, uni qalb ko'zi bilan ko'rish»ni, «kitob shavq bilan o'qilishi» lozimligini, «kitobxonga ravon, sodda til kerak»ligini qayta-qayta uqtirar edi.

Biz shu o'rinda Muhammad Ochilning ham hajviyotimizga yangicha epkin olib kirganligini alohida qayd etishni o'rinli hisoblardik. Muhimi shundaki, u yaratgan yoqrin xarakterlar, qiyofalar bizga tanish, ular yonimizda hamon yashab kelayotgan odamlar ekanligini sezib turamiz. Bu asarlarning kuchi, zamonaviyligi shunda yaqqol ko‘rinadi.

Albatta, bugungi kunda ro‘y berayotgan jarayonlarni adabiyotda zudlik bilan tasvirlash, adabiy umumlashmalar chiqarish mashaqqatli ish. Maqolanavislikka oid maqolalarda esa hayotimizdagi chirkin illatlar, taraqqiyotga to‘siq bo‘lib turgan rasvoliklar keskin va ayovsiz fosh etilmoqda. Ulardagi jiddiy dalillar ijtimoiy salmog‘i kuchli hajviy asarlar uchun qimmatli manba bo‘lishi mumkin. Hajvchilarimiz ana shu boy turmush materiallarini badiiy o‘zlashtirishga ulgurmayotganga o‘xshaydilar. Dramanavis Sharof Boshbekovning ijodiy tajribasini mustasno tarzida qayd etish mumkin. U «Temir xotin» dramasida paxtaning zug‘umi, ayol kishining bugungi og‘ir qismatini fojiaviy usulda minglab tomoshabinlarga manzur eta oldi.

Muhammad Ochil hayotiy muammolarga o‘z paytida javob qaytarish mumkinligini o'z asarlari orqali yorqin isbotlab berdi. Muhammad Ochil hajviyalarining mavzu doirasi keng va rang-barang. Ularda hayotda keskin turgan dolzarb muammolar, el dardi, zamondoshlarimizning xulqi, fe'l-atvoriga soya solgan illat, «konfliktlar», kulgili hodisalar qalamga olinadi. U qalam yurgizarkan, eng muhimi, adabiyotning bosh vazifasini unutib qo'ymaydi, hayotiy materialni asos sifatida olib yuksak badiiyat namunasini yaratadi. Bu o'rinda u tadqiqotchi yoki publisist sifatida emas, balki yozuvchi sifatida o'z so'zini aytadi. Hajviy asarning muhim sharti kulgi ekanligi doimo uning diqqat markazida turadi. Asar boshidayoq o'quvchida kulgiga moyillik uyg'otilib, shu ohang oxirigacha saqlanadi. Bu shunchaki «qitiqlashdan emas», yoki zo'rlab kuldirishdan hosil bo'lgan qahqaha yoki tabassum emas, balki xarakter kulgisini yarata olmasligi bu soha tadqiqotchilariga yaxshi ayon. «Qahramonlar» fe'l-atvori, voqealar tasviri va «konflikt» rivoji, mana shularning barchasi kulgi yo'nalishida yo'naltira olinsagina, ana shu maqsadga erishiladi.

Xo'sh, hajviy asarning qon tomiri hisoblanga kulgining o'zi nima? Ta'bir joiz bo'lsa, kulgini quyoshga mengzash mumkin. Odam bolasi quyosh nuriga qanchalik tashna bo'lsa, kulgiga ham shunchalik muhtoj. Said Ahmad aytganidek: «Kulgi kundaligimizda osh tuzidek zarur». Darhaqiqat, kulgi inson hayoti uchun nihoyatda zarur. Hatto shifokorlar ham «Qani kuling-chi, kulishingizga qarab kimligingizni aniqlab beramiz» deyishadi. Bu masalaning birinchi tomoni. Masalaning yana bir jihati shundaki, adabiyotda ham kulgi, boshqacha aytganda «hajv» nomli mo'tabat janr borki, u oddiy muomiladagi kulgidan ko'p tomonlama farq qiladi. Adabiyotda kulgi bu juda jiddiy ish. U hajvchi yozuvchining qo'lida sehrli qurolga aylanadi. Go'zallik timsoli bo'lgan oyda ham dog' bo'lgani singari, bizning hayotimizda, jamiyatimizda ham qora dog'lar mavjud. Oramizda nopok kimsalar, tubanlikka botgan kaslar ham uchrab qoladi. Yozuvchi hajviy asar yozish barobarida hayotimizdagi mana shunday nusxalarning payini qirqish, po'stagini qoqish niyatida bo'ladi. Kulgida me'yor bo'lishi zarur. Kishining jismoniy kamchiligi ustidan kulish yaxshi emas. Chunki kishining jismoniy kamchiligi ustidan yoki zaifligidan kulish odobsizlikdan boshqa narsa emas. Hajv qilish – bu kamchiliklar ustidan odobli kula bilishdir. Kulgi falsafiy jihatdan olganda, insonning olamga bo'lgan ijobiy yoki salbiy munosabatini o'ziga xos tarzda ifodalab beradigan murakkab fenomen. Kulgi haqida gap ketganda, avvalo, uni bir tomondan jamiyat taraqqiyotining, ijtimoiy voqelikning ko'zgusi sifatida, ikkinchi tomondan esa, inson individual borlig'ining xususiyati sifatida talqin etish mumkinligini nazarda tutmog'imiz darkor. Kulgi eng avvalo, jamiyat borlig'ini namoyon etadigan vositadir.

Taraqqiyotining mo'ljallarini farovonlik bilan bog'lagan har qanday jamiyatda kishilarning ijtimoiy voqelikka, sodir bo'layotgan voqealaru kechayotgan jarayonlarga munosabati o'rganilmog'i, umumlashtirilmog'i hamda bundan tegishli xulosalar chiqarilmog'i lozim. Sotsiologlar mazkur vazifani bajarishga xizmat qiladigan o'nlab uslublarni kashf etganlari ma'lum. Biroq ijtimoiy voqelikni, kishilarning turli jarayon va voqealarga munosabatini kulgiga qarab aniqlash imkoni mavjud. Faqat bunda kulgi ijtimoiy voqelikni tahlil qilishning asosiy emas, yordamchi bir uslubi bo'lib xizmat etishini unutmaslik zarur. Biroq bundan qat'iy nazar kulgi ijtimoiy voqelikning ko'zgusi bo'lib qoladi. Muhammad Ochil hajviyalarining mavzu ko'lami ham jamiyatdagi illatlarning turlaridan kelib chiqqanligiga shubha yo'q.




1.2. Muhammad Ochil ijodida qahramon masalasi

Muhammad Ochil hajviyalarining qahramonlari ham hayotiy. Masalan, uning «Tovuq sho'rva», «Qo'yga yem bo'lgan bo'rivoy», «O'rindiqli odam» kabi hikoyalarining qahramonlari kishini befarq qoldirmaydi. Yumorga moyil kishilar – yuksaklik , olijanoblik, axloqiylikning butun ulug'vorligini va hamma qadr-qimmatini tushunadigan, ularga nisbatan ehtirosli muhabbat bilan ruhlangan kishilardir. Ular o'zlarida ko'p olijanoblik, ko'p aql, sof insoniy fazilatlar his etadilar, shuning uchun ham o'zlarini hurmat qiladilar va sevadilar. Ammo yumorga moyil kishilar – nozikta'b, ta'sirchan, salga g'ashi keladigan va ayni zamonda kuzatuvchan, odil, beg'araz tabiatli kishilardir – ular nazaridan ikir-chikirlar, yaramaslik, ifloslik, arzimaslik, tubanlik, pastkashlikning hech biri yashirinib qilolmaydi.



Muhammad Ochilning «Tovuq sho'rva» hikoyasi mayin yumorga boy hikoya sanaladi. Hikoyaning nima uchun aynan «Tovuq sho'rva» deb nomlangani o'quvchini qiziqtiradi. Hikoyaning bosh qahramoni Toshqul tirriq deb nomlangan. Bosh qahramonning ismida tirriq degan sifatning qo'shilganligida ham ma'no bor. «Tirriq» so'zi «O'zbek tilining izohli lug'ati» (Toshkent, «O'zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2008, to'rtinchi jild, 114-bet) da «O'yinda va umuman oldi-berdida, savdo-sotiq va boshqa muomalalarda boshqalarni aldashga, tonishga, firib berishga o'rgangan; g'irrom, firibgar» tarzida izohlangan. Endi Muhammad Ochilning hajviyasidagi Toshqul tirriq tabiatida tirriqlik qaytarzda namoyon bo'lishini, yozuvchi uni qaytarzda tasvirlaganini ko'rib o'tamiz.

Toshqul tirriq o'ta ziqna, pastkash, odam. U birovga xolis yaxshilik qilolmaydi, ko'ngli kirlanib ketgan. Yozuvchi uning qiyofasini nutqi o'rqali juda haqqoniy gavdalantirib beradi. Toshqul tiriiq o'ta ziqna, shu bilan birga sodda fikrlaydigan, nihoyatda ezma, maydagapligini ko'rish numkin. Bu obraz zamirida achchiq haqiqat, ko'z ilg'amas kinoya mujassam. Qahramon xarakteri ko'proq nutqi hamda dialoglar orqali yoritib berilgan. Hikoyaning bosh qahramoni Toshqul tirriqning jonajon do'sti Qo'yli kassir kasalxonaga tushib qoladi. Qo'yli kassir Toshqul tirriqning «to'n kiyishgan» oshnasi. Xalqda «to'n kiyishgan» iborasi qiyomatlik dost, og'ir-yengil kunlarda hamdard, yelkadosh degan ma'noni bildiradi. Demak, Qo'yli kassir uning ana shunday jon do'sti hisoblanadi. Kun tartibida Qo'yli kassirning holidan xabar olish uchun kasalxonaga borish masalasi turibdi. Xo'sh, Toshqul tirriq endi nima qilarkin? U qanday yo'l tutarkin? «To'n kiyishgan» do'sti uchun qayg'urarmikin? Kasalxonaga yugurib borarmikin? Bor-yo'g'ini, ko'nglini so'rarmikin? degan savollar qurshovida, girdobida qolamiz. Axir, jon do'stining holidan xabar olish ham farz, ham qarz hisoblanadi-ku! Yozuvchi Toshqul tirriqning do'sti betobligi haqidagi xabarni eshitgandan keyingi holatini shunday mohirlik bilan chizadi: « Toshqul tirriq peshayvonda o'tirib o'y surgancha hozirgina yamatgan so'lkavoyning taxini buzmasdan buklab qopchig'iga joyladi, so'ng shasht bilan o'rnidan q'ozg'aldi: «Ko'rgani boraman! Kakraz bugun bozor kuni. Nima, to'rt-beshta pishgan moyak, uch-to'rt bog' piyoz, yarim kosa chakki odamni o'ldiribdimi? Boraman...». Yengil nafas olamiz. Harholda unda yurak borligi, do'stining kasalligini eshitiboq uni ko'rgani borishga otlanishi bizda u haqda yaxshi taassurot uyg'ota boshlaydi, uning nomidagi tirriq so'zi o'z ma'nosini yo'qotgandek bo'ldi. Yozuvchi birdan bizning miyamizdagi xayollarni uchirib yuboradi: «Toshqul tirriq o'rnida ilkis qo'zg'olib ikki-uch qadam tashlagan ediki, tovuq katakning biqinida tilini osiltirib yotgan ko'ppak egasini ko'rib erkalandi; tumshug'ini cho'zib g'ingshidi. Toshqul tirriq esiga muhim narsa tushgandek to'xtadi. So'ng kallasini qiyshaytirgancha qansharini qashidi: «Shoshma... Qurbon qorovulning qanjig'i qopib qirqta ukol olganimda, shu Qo'yli jo'ram meni ko'rgani borganmidi yo yo'qmidi! Borgani yo'g'-ov?!». Bu holat bizda Toshqul tirriqning do'stligiga shubha uyg'otadi. Jon do'sti uchun hisob-kitob qilish mard odamning ishi emas. Toshqul tirriq endi birma-bir eslay boshladi: «Enam boruvdi. Tochni bilaman... Zig'ir yog'ga yupqa qilib. Otam? Boruvdi. Toshvosdi deb olib borgani chukiri chiqqanida uyaltiruvdim. Ayolimchi? Ayolimam boruvdi, shekilli. Ha-a... Uyda un qolmadi, deb bannisani ko'tarib shang'illaganda pol yuvayotgan sanitarka xola hiringlab qoluvdi... Qo'yli joram-chi? Shu xunasa borgan yo'g'ov! Borgan bo'lsa xo'sh...Nima olib borgan? To'xta, tovuq sho'rvani kim olib borgan? Qo'yli kassir emasmi? Yo'q, u emas, u kishi kulturniy. uyda tovuq boqmaydi... Ha, bemaza bormagan ekan-da. Yana «jo'ra-jo'ra», deb jag' urgani ortiqcha. Jo'rammas u! Menam borib bo'pman!». Toshqul tirriq kasalxonaga bormaslikka qaror qildi. Voqealar rivoji qaytarzda davom etarkin, nahotki shu bilan hikoya tamom bo'lsa? Yozuvchi uddaburonlik bilan Toshqul tirriqni insofga keltirishga, uni zang bosgan qalbini tozalashga urinadi. Muhammad Ochil voqeani retrospektiv sujetdan foydalanib tasvirlaydi. Bu sujetda voqelikni ifodalashda asar qahramoni xarakteri shakllangan holda beriladi.

Hikoya asosan, bosh qahramonning qarama-qarshi o'y-kechinmalari orqali yoritib beriladi. Asar sujetida konflikt muhim ahamiyatga ega unsur sanaladi. Konflikt asosida sujet yuzaga keladi. Badiiy asarlarda konfliktning uch xil ko'rinishi mavjud bo'lib, ular asarning hayotiyligini ochadi. «Tovuq sho'rva» hikoyasida konfliktning uchinchi turi qo'llangan. Ya'ni asar qahramoni Toshqul tirriq ko'proq ichki nutq orqali xarakterini o'zi ko'rsatadi. Buni quyidagi parcha orqali ham ko'rishimiz mumkin: « ...Toshqul tirriq bekorchilikdan vassa sanab yotgandi, nigohi to'satdan devordagi ko'zguning qatiga qistirilgan suratga tushdi. Beixtiyor o'rnidan qo'zg'alib qo'l uzatdi». Yozuvchining mohirligi shundaki, u manzara chizmaydi, balki so'z yordamida manzarani ko'z o'ngimizda gavdalantira bera oladi. Toshqul tirriqning vassa sanab yotishi uyning qanday ahvolda ekanligidan ma'lumot bermoqda, yoki ko'zgu qatiga qistirilgan sarg'aygan rasm ham uning yashash tarzini ko'rsatadi. Rasmni ko'rgan qahramon qalbida olis beg'ubor bolalik, o'smirlik yillarini eslaydi, uning qalbini pokiza xotiralar qamrab oladi va birdan... Qo'yli do'stining qilgan yaxshiliklari yodiga tushib ketadi. U ertagayoq do'stini topib, u bilan o'tgan zamonlarni eslashib o'tirmoqchi bo'ladi. Toshqul tirriqning yodiga Qo'yli kassirning kasalxonada yotganligi tushadi. Yozuvchi yana tovuq sho'rva voqeasiga qaytadi. Toshqul tirriq tovuq sho'rvaning egasini topolmagach, shu sho'rvani dos'ti olib borgandir, deb o'yladi. Va yana o'zining aqidasicha «Nima, to'rt-beshta pishgan moyak, uch-to'rt bog' piyoz, yarim kosa chakki odamni o'ldiribdimi?» deya yana borishga ahd qiladi. Tuxum olgani katakka bosh suqqanida Toshqulning xotini paydo bo'ladi. Uning xotini jag'-jag', beandisha, dumbul ayol. Eriga o'xshab qirq yillik gaplarni eslab yuradi. Ginador, gapdon, hamda erining obro'yini o'ylamaydigan xotinlar sirasiga kiradi. U eriga hatto tovuqning tuxumini ham bermaydi. O'quvchi Toshqul tirriqning ahvolidan kuladi. Jonajon do'stidan xabar olgani bir necha marta cho'glanadi, lekin bora olmaydi. Xalqda «Sidqidildan yig'lasang, so'qir ko'zdan yosh chiqadi» degan naql bor. Toshqul tirriq o'zining ziqnaligidan, beburdligidan, noshudligidan bir ishni ham eplolmaydi. Hatto xotiniyam uni pisand qilmaydi. O'quvchi bunday erkakdan nafratlanadi, istehzo aralash kuladi. Yozuvchi bu obraz orqali qat'iyatsiz, dovdir, pastkash, maydagap odamlar ustidan kuladi. Do'stlikdek oliy tuyg'uni qadrlamasdan uni allaqanday hisob-kitob asosiga yuritmoqchi bo'lgan kimsalar taqdiri haqiqatdan ham kulgili va ayanchlidir.

Yozuvchining eng katta yutug'i shundaki, bu obraz muvaffaqiyatli chiqqan. U qahramonining portretini chizmaydi, e'tibor berib o'qilsa, hech qaysi qahramonning tashqi ko'rinishi alohida tasvirlanmagan. Bu ham Muhammad Ochilning o'ziga xos uslubi hisoblanadi. Ammo, qahramonlarning qiyofasi ularning nutqlari orqali shunday namoyon bo'ladiki, beixtiyor o'sha odamlar yonginangizda turgandek, siz ularni hayotda ko'rgandek tuyuladi. Sharq adabiyotidagi satirik obrazlarning o'z-o'zini fosh etish usullari ham adib ijodida o'z o'rnini topganligini ko'ramiz.

Muhammad Ochil ijodi xalqchil ijod. Adib ijodidagi realizm, badiiylik, an'anaviylik, milliylik va umuminsoniylik kabi muhim g'oyaviy-estetik o'lchovlar zamirini xalqchilliksiz tasavvur etib bo'lmaydi. Uning asarlaridagi mayin qochirimlar, ma'nodor misralar, tanlangan so'zlarning jarangdorligi o'quvchini o'ziga rom etib kelmoqda. «Tovuq sho'rva» hajviy hikoyasidagi nozik qochirimlar ham, yumor, o'git ham, sharqona andishayu, teran falsafiylik ham, hatto o'tkir tanqid ham beozor, ta'sirchan ifodalanadi. Adib yumor (masxara, piching, qochirim, kinoya, zaharxanda...), satira, masal, hikoyat, maqol va hikmatlardan, latifa, ertak, afsona va rivoyatlardan muvaffaqiyatli foydalanadi.

Hikoya tahliliga qaytaylik. Toshqul tirriqning do'stining u kasal bo'lganida borgan-bormaganini eslashi uning ma'naviy qashshoq kimsa ekanligini ko'rsatadigan jihatdir. Hikoya bizni mushohada qilishga, atrofimizga hushyorroq boqishga, yaqinlarimiz, qarindosh-urug'larimiz holidan xabardor bo'lishga, loqayd bo'lmaslikka undaydi. O'zimizda Toshqul tirriqdagi kabi salbiy illatlar yo'qmikin degan ruhiyatni taftish qiluvchi o'y-fikrlar keladi xayolimizga va birdan hushyor tortamiz, qalb ko'zimiz ochiladi, bag'rikeng bo'lgimiz, saxovatli bo'lgimiz keladi. Asarning ta'sir kuchi ana shu bilan o'lchanadi. Hikoya so'ngida va nihoyat Toshqul tirriqda insoniylik hissi uyg'onib, do'stini ko'rgani boradi. Lekin do'sti yarim soat avval kasalxonadan chiqib ketgan bo'ladi. Bu ham do'stining uni ko'rgani tovuq sho'rva qilib borganini aniq eslagachgina bo'ladi. Inson atalmish zot yuksaklik ichra ham mukammal, va hatto tubanlikda ham mukammal ekanligini ko'ramiz. Ma'naviy tanazzul shu joydan, ya'ni mehrsizlikdan, sovuqqonlikdan, loqaydlikdan boshlanadi.

Yumorga moyil kishilar – yuksaklik, olijanoblik, axloqiylikning butun ulug'vorligini va hamma qadr-qimmatini tushunadigan kishilardir. Ular o'zlarida ko'p olijanoblik, ko'p aql, sof insoniy fazilatlar his etadilar, shuning uchun ular o'zlarini sevadilar. Ammo yumorga moyil bo'lish uchun buning o'zi yetarli emas. Yumorga moyil kishilar nozikta'b, ta'sirchan, salga g'ashi keladigan va ayni zamonda kuzatuvchan, odil, beg'araz tabiatli kishilardir – ular nazaridan ikir-chikirlar, yaramasliklar, ifloslik, tubanlik, pastkashlikning hech biri yashirinib qololmaydi. Buning isboti Muhammad Ochil ijodida namoyon bo'lgan.

Fikrni kulgili tarzda ifoda etish, voqea-hodisalarni satira va yumor vositasida tasvirlash o'zbek adabiyoti uchun xos bo'lga estetik hodisadir. Shunisi diqqatga sazovorki, Muhammad Ochilning hajviy asarlari ijtimoiy-siyosiy muhitning turlicha talqinlari sifatida yaratilgan.

Mustaqillik yillarida ijod erkinligi misli ko'rilmagan darajaga ko'tarilgani rost. Lekin bozor munosabatlari sharoitida ijod ahlining katta qismi o'z iste'dodini namoyon qilishga qiynalayotgani, bunga aksariyat hollarda mablag' tanqisligi sabab bo'lganligi, shu sababli ba'zan tomoshabinni san'atkor izlayotganligi bor gap. Masalan, quyidagi askiya shuning oqibatida yuzaga kelgan: Qiziqchi mittitumanlarda uyma –uy izg'ib kuldiraman deb yuribdi. Qiziqchi, qiziqchi! Arzon kuldiraman! Balkondan bir erkak, yaxshi kuldirasanmi o'zi deya so'rabdi. Ha, deb javob berdi qiziqchi. Qancha olasan? deb so'rabdi erkak. Bitta nonga, debdi qiziqchi. Qimmat-ku, debdi erkak, kecha bittasi yarimta nonga ham kuldirib ketdi-ku. Shu tarzda badiiy asarlardagi yumor va satira, hajv ustalarining chiqishlari, odamlar o'rtasidagi hazil-mutoyibaga qarab ko'plab ijtimoiy, maishiy, iqtisodiy, ma'naviy muammolarni aniqlasa bo'ladi.

Inson nafaqat o'zining, balki o'zgalarning xatti-harakatiga, xarakteriga, qadriyatlariga va intilishlariga ham munosabat bildiradi. Ushbu munosabat, tabiiyki, turli tarzda o'z ifodasini topadi. Kulgi ana shunday ifodalardan biridir. Kulgi ham ijobiy ham salbiy xarakterda bo'ladi. Astoydil ilmga berilib ketgan olim o'zining tashqi qiyofasiga e'tibor bermasdan ham ko'chaga chiqib ketadi. O'z xayoliga g'arq bo'lgan shoir ikki xil paypoq kiyib magazinga borib kelihi mimkin. Shoir azob bilan o'ylab topolmay yurgan so'zini yoki tashbehini topganida irg'ishlab ketishi tabiiy hol. Bular kishining hayratini qo'zg'aydi va kulgisiga sabab bo'ladi. Ammo bunday kulgi ushbu zotlarning hsaxslariga, fazilatlariga, iste'dodlariga havas hissi bilan sug'orilgan. Bunday kulgi bizning ilm ahli, ijod ahliga bo'lgan ijobiy munosabatimiz ifodasidir.

Aksincha, odam bolasining ayrim xatti-harakatlari, illatlari ham kishining kulgisini qo'zg'otadi. Zamonaning zayli bilan amal kursisiga o'tirgan chalasavod rahbarning kalondimog'ligi, qilayotgan ishining tayini yo'qligi kulgiga sabab bo'lmaydimi? Ho'kiz o'grisi tovuq o'g'risini muttahamlikda ayblasa, bundan kulmay bo'ladimi? Bunday kulgi esa nafrat bilan yo'g'rilgan bo'ladi. Demak, kulgi insonning o'zga kishilarga hurmati va havasi, nafrati va e'tirozini ifodalovchi qudratli vositadir. Muhammad Ochil hajviyalarida ifodalangan kulgi ana shunday kulgidir.

Kulgi –buyuk qudrat. Shu bois odamlarni kuldirishga bel bog'lagan ksihilarni tom ma'noda hurmat-e'tiborga loyiq zotlar, deyish mumkin. Ular asrlar mobaynida ijtimoiy illatlarni fosh etib, kaltabinu zolimlarni jazolab kelganlar. Aytaylik, baxilni Onore de Balzak («Gobsek»), va Abdulla Qodiriychalik («Mehrobdan chayon») jazolagan bormikin?

Adabiyot va san'atning mafkuraviy senzuradan xalos bo'lishi kulgi bobida ham ijobiy o'zgarishlarga olib keldi. Biroq keyingi yillarda bachkana askiyalar bilan sahnaga chiqayotgan «san'atkorlar», hech qanday ma'naviy yuki bo'lmagan hajviyalarni tog'dek uyub tashlayotgan «hajvch»lar ko'payib qolgandek. Ba'zan mavzuga qarab bunday «san'atkor»ning nega sahnaga chiqqanini, «hajvch»ning esa nima maqsadda qalam olganini anglayolmay xunob bo'ladi kishi. Bu hol kulgining ijtimoiy ahamiyati xususida takror va takror mulohaza yuritishga undaydi. Zero, kulgi oqillar qo'lida qudrat, ojizlar qo'lida esa kulgidir.

O'zbek mumtoz badiiyatida hajviy asarlar muаyyаn аhamiyаt kasb etadi. Chunki adabiyot inson hаyоtining in'ikosi sifatida odamzod turmushining kulgili jihatlarini aks ettirmasligi, insondagi illatlarni tanqidiy yo'sinda tasvirlamasligi mumkin emas. Anа shu holatning ifodasi sifatida paydo bо'lgan asarlar hajviyotni tashkil etadi. Odamzod paydo bo'libdiki, u kamchilik, nuqson, illat bilan yоnmа-yоn yashaydi. Eng oliyjanob odamda ham boshqalarga unchalar ma'qul kelmaydigan qandaydir nuqsonning bo'lishi tabiiydir. Inson komillikka intiladi, lekin unga to'liq erishishi deyarli mumkin emas. Shuning uchun ham odamga yig'i, dard qanchalik doimiy yo'ldosh bo'lsa, kulgi ham shunchalik ajralmas sherikdir.

Afandi latifalari, askiyalar, chandishlar, laparlar o'zbek xalqining asrlar mobaynida kulgidan bahramand bo'lib kelganligini, inson vа hayotdagi kulgili jihatlarni nozik ilg'ay olganligini ko'rsatadi. Qolaversa, o'zbek tili shunday nodir xususiyatga egaki, so'zlashuvning o'zidayoq, tabiiy ravishda, kulgi paydo bo'laveradi. Chunki, o'zbek so'zlarining ko'pchiligi kamida ikki ma'noga ega bo'ladi. Ko'rinadiki, hajviy asarlarning birinchi belgisi uning tanqidiy yo'nalishga egaligi bo'lsa, ikkinchi xususiyati tasvirning kulgili tarzda berilishidan iboratdir.

Shuni aytish joizki, hajviy asarlar dunyodagi barcha xalqlarda bo'lishiga qaramay, unga munosabat turli millatlarda o'z ma'naviy-axloqiy o'1chamlaridan kelib chiqqan holda turlichadir. Chunonchi, G'arb ahli bundan necha minglab yillar oldin ham hajviyotga katta e'tibor bilan qaragan. Shu bois, bu o'lkalarda antik zamonlardayoq hajviy adabiyot rivojlangan. Bizning ma'naviyatimizda jiddiyat, andisha ustun bo'lgani uchun ham yozma adabiyotdagi hajviy yo'nalish rivojiga alohida e'tibor qilinmagan. Chunki islomiy axloq o'rinli-o'rinsiz kulishni, birovlarni hajv qilishni unchalik ma'qullamagan. Вu hol badiiy adabiyotimizda hajvchilikning juda ham taraqqiy etishiga imkon bermagan. Lekin diniy, axloqiy aqidalarning qandayligidan qat'iy nazar, hayot insonni kulgili vaziyatlar, kulgi vа masxaraga loyiq odamlar orasida bo'lishga majbur qilar ekan, tabiiy ravishda, badiiy hajviyot ham yuzaga kelgan vа ma'lum darajada rivojlangan.

Buni xalq og'zaki ijodida Mashrabning ayrim asarlari, Turdi, Gulxaniy, Maxmur bitiklari misolida ko'rish mumkin. Hajvda kulgi muhim o'rin tutadi. Odatda, kulgi deyilganda, quvonch, shodlik hosilasi tushuniladi. Lekin hajviyotdagi kulgi kishida faqat xursandchilik uyg'otmaydi. Chunki hajviy kulgi illatdan, kamchilikdan paydo bo'lganligi uchun hamisha g'am bilan yоnmа-yоn keladi. Shu bois fojia hajvning аstаridir degan qarash bor. E'tibor qilgan bo'lsangiz, Gulxaniy «Zarbulmasal»da tasvirlagan holatlarni o'qib kulasiz. Lekin bundan xursand bo'lib ketmaysiz. Qushlarning o'zini tutishlari, gap-so'zlari, qiliqlaridan tug'ilgan kulgi anduh vа afsus bilan baqamti kelayotganligi sezilib turadi.

Xuddi bitta odam kabi butun millat ham, bir qancha uluslar yig’indisi bo’lmish jamiyat ham bir ma'naviy-axloqiy holatdan boshqasiga og’riqsiz o’tib ketolmaydi. Shunday davrda yashab ijod qilish chekiga tushgan ijodkor shaxs o’z atrofidagi odamlar va ularni yuzaga keltirgan sharoitga murosasizlik bilan kinoyaviy nazar tashlaganidan hayotdagi nuqsonlarni oshiribroq tasvirlashga moyil bo’ladi.

Ijodkorning fikrlash darajasi yuksalib, universallashib ochun miqiyosiga ko’tarilganda ham odamning tutumlari va olamning hodisalariga kinoyaviy yondashuv ustuvorlik qiladi. O’z milliy qobig’ini yorib chiqib, o’zgalarga yaqinlashayotgan ijodkorda hajviy-kinoyaviy tasvir asosiy ifoda vositasiga aylanadi. Hatto, mutlaqo hajviy yo’nalishda bo’lmagan asarlarda ham hayot realliklari va odamlarning tutumlariga hajviy-kinoyaviy nazar bo’y ko’rsatadi. Negaki, bunday vaqtda estetik tafakkur voz kechilayotgan milliy qadriyatlardan zada bo’lgani holda o’zlashtirilishi kerak bo’lgan qadriyatlarga hali begona bo’ladi. Qat'iy to’xtamni belgilab olmagan ijodkor atrofidagi olam va odamlarga kulgi nazari bilan qarashni ma'qul biladi. Shunisiyam borki, erkin odamgina hazilga moyil bo’ladi. Doim amal qilib yurgan ma'naviy qadriyatlar tizimida keskin o’zgarishlar ro’y bersa, ijodkor odamning hazili kinoya va piching tusini oladi. Shu bois oldinlari Murod Muhammad Do’st, Erkin A'zam, Ahmad A'zam singari ayrim adiblar ijodidagina mavjud bo’lgan kinoyaviy usul endilikda ulardan tashqari Abduqayum Yo’ldosh, To’xtamurod Rustam, Luqmon Bo’rixon, Sobir O’nar kabi ko’plab yozarmanlarning ham ijodiy qiyofasini belgilaydigan jihatga aylanib bormoqda. Natijada, hozirgi o’zbek adabiyotida kinoya, piching ohangi g’oyat kuchayib, hatto, kesatiq milliy adabiyotning qiyofasini belgilaydigan darajaga keldi. Qadriyatlar almashayotgan, axloqiy-ma'naviy qarashlardagi tub o’zgarishlar sababli ularning qadri bir qadar tushgan hozirgiday davrda adabiyotda kinoya ustuvor bo’lishi tabiiydir.

O’ta murakkab va ko’pqatlamli ijtimoiy-biologik hodisa bo’lmish kulgiga turli mintaqa davrlarda bir-birini inkor etuvchi baholar berib kelingan. Kunbotish estetika va etika ilmlari hamda amaliyotida kulgi tom ijtimoiy hodisa, u hamisha qandaydir nuqson, illat ustidan qo’zg’atiladi degan qat'iy qarash shakllanganbo’lsa, islomda kulgiga shaytoniy maylning namoyon bo’lishi tarzida salbiy munosabat qaror topgan. Keyingi vaqtda olib borilayotgan izlanishlar kulgining ko’proq shaxsiy-individual tabiiy-estetik hodisa ekanini ko’rsatmoqda. Negaki, kulgida did va kayfiyat hal qiluvchi o’rin tutadi: kimgadir o’ta kulgili tuyulgan holat ikkinchi bir kishiga ta'sir ham qilmasligi, uchinchi bir shaxsda esa ruhiy og’riq qo’zg’ashi mumkin. Demakki, kulgi ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lishi ham, shaxsiyatga doir xususiyatni aks ettirishi ham mumkin. Ko’rinadiki, umumiyligi individuallikda namoyon bo’lgan kulgida universallik mavjud. Sho’ro davrida sinfiy ko’zqarash asosida paydo bo’lgan bir noto’g’ri yondashuv keng yoyilgandi. Unga ko’ra har qanday kulgi nimanidir inkor etishga, kimlarnidir yondirib-kuydirishga, nimalarnidir fosh qilishga qaratilgan bo’lardi. Kulgida avvalo kulgi emas, kuch, qarama-qarshilik, kurash ko’rilardi. Holbuki, kulgida kulgi javhari borligining o’zi kulgiga loyiq kamchilikka bo’lgan tanqidiy nazarni bir qadar yumshatadi. Kulishning o’zi o’ziga xos baho, munosabat, yondashuvni anglatadi. Shu ma'noda kulgining hajviy xususiyatiga, uning satira va yumor kabi turlarga bo’linishida fosh qilish darajasining mezon qilib olinishiga urg’u berish unchalar to’g’ri bo’lmagan qarashligi anglashiladi.

Hajv ustasi Said Ahmad bir adabiy uchrashuvda qiziq bir fikrni aytgan: «Erkin Vohidov hajviyasini yoqtiraman». Kulgi ustasining kutilmaganda bildirgan bu e’tirofi kishini sergak torttirmay qo‘ymaydi. Axir she’riyat ixlosmandlari Erkin akani lirik shoir sifatida e’zozlaydilar, sevadilar. Nahotki shunday ijodkor Said Ahmadning e’tiborini hajviyasi bilan rom etgan bo‘lsa?! «Uning ijodidagi bu o‘tkir qirra alohida tadqiq etilishga loyiq,— deb davom etadi Said Ahmad.— Adabiyotshunoslar negadir buni e’tibordan qochiribroq kelishyapti. «Donishqishloq latifalari»ning o‘zi yangi bir dunyo».

Biroq, «Donishqishloq latifalari»ga Erkin Vohidovning o‘zi boshqacha qarashini bilib, yana hayratga tushdik. U shunday deydi: «Donishqishloq latifalari»ni o‘qib, hamma kuladi. Vaholanki, men ularni yig‘lab yozganman. Aql-idrokka zid, teskari ishlarimiz el boshiga kulfat va uqubatlar keltirib yotgani sir emas-ku. Kosasi teskari qurilgan charxpalaklar kammi? Bir pardani tutgancha qola bergan, bir xil ohangni qo‘ymay chala bergan matmusalar ozmi? O’zimiz yaratgan qoliplarni tandirday kiyib olib, yo‘lni ko‘rolmay, osmonga qarab ketayotgan hollarimiz yo‘qmi? Bular kulgili ishlarmas, achinarli, ofatli hodisalar».

Darhaqiqat, kulgini yig‘i bilan, yig‘ini kulgi bilan ifodalash usullari adabiyotda azaldan mavjud. Buni inkor qilib bo‘lmaydi. Dunyoga mashhur Gabrovo latifalari ham kishilarning o‘ta ishonuvchan, samimiy, beg‘ubor, soddadilligi asosiga qurilgan. Biz ularni tinglab va o‘qib, eng avvalo inson qalbining bolalarcha beg‘uborligidan zavqlanamiz. Latifa qahramonlarining go‘lligi, noshudligi, tajribasizligidan emas, yo‘q, aslo, tabiatan ochiq ko‘ngilliligi, bolalarcha sofligi, haqiqatparastligi qarshisida tan beramiz.

Bizningcha, mazkur latifalar, uning muallifi aytganiday, «achinarli, ofatli hodisalar» emas, balki xalqimizning beg‘ubor tabiatiga, halol va pokizaligiga, soddaligi va ochiqko‘ngilligiga monand qimmatli fazilatlardir. Masalan, «Matmusaning tandiri» degan bobda o‘zini tayyor qolip bilib tandir qurgan, ichidan chiqolmagach, maslahatga yig‘ilganlarning qidirib topgan chorasi tufayli Matmusaning boshini arralash lozimligi haqidagi epizod quvnoq kulgi uyg‘otadi. Matmusa bundan o‘zga chora yo‘qligini tan olib, rozi bo‘lgani, «Kessangizlar boshimni, men niyatga yetarman. Boshim olib bu yerdan, biror yoqqa ketarman», degan javobi bolalarcha beg‘ubor soddadillik ifodasi emasmi? Gap uning boshini kesish-kesmaslikda emas, balki sofdillikning badiiy talqini va ifodasidadir. Albatta, hech kim bunday soddadillikka havas qilmaydi, lekin soflik, beg‘uborlikning tabiiyligi, samimiyligidan ma’nan zavqlanadi. Latifalarning ta’sirchanligi ham shunda emasmikan!

Hayotdan kulgili hodisani «topib», unga «zaha» yetkazmasdan, aksincha «boyitib» o'quvchiga ma'qul qilishning o'zi bo'lmaydi. Shu nuqtai nazardan Muhammad Ochilning ko'p asarlari sal kam durdona.

Muhammad Ochilning ijodida «Xat» hajviyasi alohida o'rin tutadi. Hikoyaning yumorga boyligi diqqatni tortadi. Tongotar boboning to'rt nafar qizi va bittagina o'g'li bor. Tongotar bobo shu arzandagina o'glini odam bo'lasin deb o'qishga qo'ygan Bobo sodda, mehnatkash, ishonuvchan, sofdil inson. Kuni qora mehnat bilan o'tadi, lekin u turmushidan sira nilimaydi. Har nima qilib bo'lsa ham yolg'iz o'g'lini o'qitish niyatida mehnat qiladi. Bor orzu-umidini ham shu o'g'lida kutadi. Ammo o'zidan boshqani odam deb o'ylamaydigan toifa odamlar uning o'g'lini ishyoqmas, dangasa deb o'ylaydilar. Bir kuni o'glidan xat keladi. Tongotar bobo xatning mazmunini bilgisi keladi va uni birovga o'qitadi. Hikoyadagi xat detali orqali biz bobnoning savosi yo'qligini, farzandini nima sababdan o'qitishni juda xohlaganini anglaymiz.

Pochtachi Shoyimboy obrazi ayyor, o'z manfaatini yuqori qo'yadigan inson sifatida talqin etilgan. U har bir ishi uchun haq olishni istaydi, ta'magirlik qiladi. Yozuvchi poraxo'rlik bor joyda fidoyilik, samimiyat o'lishini pochtachi obrazi orqali ko'rsatib bergan: «Moni... Arzandangizni yozgan xatini obkelyapman. Bizar enni shunday bechora. Hammaga xizmat qip o'rganib qogan-da... Birov rahmat aytmasayam... Suyunchisiga so'lkavoydan cho'zasiz!». Bittagina xat olib kelib bergani uchun umidvorli qilayotgan odamning qanday ekanligini ta'riflab o'tirmasa ham bo'ladi. Suyunchidan umidvor bo'lgan Shoyimboy bobo ha deganda pul bravergach, ketmoqch bo'ladi. Shunda bobo uni to'xtatadi va xatni o'qib berishni iltimos qiladi. Shoyimboy xatni shunday o'qiydiki, xatning haqiqiy ma'nosi butunlay o'zgarib ketadi. O'glidan ne-ne umidlari bor boboning kayfiyati tushib ketadi. O'g'lining puldan qiynalganligini o'ylab, «O'ttiz sotixlik hovlisiga sig'may qoladi». Shoyimboy qo'pl tarzda xatni o'qib beradi: « Tez va soz yetib ma'lum... Ma'lum bo'l...bo'lsinki...Odam degan ham shunaqa mayda yozadimi?Q Otangga o'xshab qurumsoq bo'lmay o'l! Yetib borib ma'lum bo'lsinki, ul go'zal Qoraravot qishlog'ida... Go'zal emish? Go'riston degin, bachchag'a! Ana, uch kundan buyion svet yo'q. Hammayoq zimiston... Go'zal Qoraravot qishlog'ida o'ynab-kulib yurgan otamiz Tongotar... O'ynab-kulib-a! Eson-omon grippdan qutulub oldiyam. Qolarding otamlab...Eham-ehm... Menga qarang, bova, shu xatni hammasini o'qish shartmi-a, moni ...manovi joyida... Shoyimboy to'xtash oldidan qattiq signal bergan parovozdek ovozini bir pog'ona yuqori oldi. –Pta! Qiynalib ketdim. Ozroq pul jo'nating...Tamom, vsyo!» Xatni shu tarzda o'qigach, Tongotar boboning toqati toq bo'lib ketadi va xatni uning qo'lidan tortib oladi. Xatni Chori chavandozga o'qitadi va endi o'g'lining nima yozganini anglaydi. Shoyimboy pochtachi birovning xatini buzib, to'g'ri o'qimasligi uning bepisandligi va madaniyatsizligidan dalolatdir. U o'qishni hijjalab oq'iydi, bu esa uning savodi ham o'ziga yaratshaligini ko'rsatadi.Insonning ma'naviy dunyosi qanchalik boy bo'lsa, fikrlash darajasi ham shunchalik yaxshi bo'lishi sir emas. Birgina xat detali orqali insonlarning xatti-harakatlarini ochib bera olgan yozuvchini beqiyos tasvir ustasi desak mubolag'a qilmagan bo'lamiz.

Biz bu bobda Muhammad Ochil ijodining mavzu-mundarijasi va ijodidagi qahramon masalasini tahlil qilib quyidagi xulosalarga keldik:

1. Muhammad Ochil xalqning dilidagini topib yozadigan ijodkorlardan hisoblanadi.

2. Muhammad Ochil ijodining mavzu-mundarijasi rang-barang va ular ijtimoiy hayotdan olingan.

3. Muhammad Ochil hayotiy muammolarni, inson fe'lidagi illatlarni yorqin ranglarda tasvirlay oladi.

4. Unung hajviy asarlari o'zining bo'yoqdorligi va mazmunliligi bilan o'z o'quvchilari qalbidan munosib o'rin egallagan.

5. Muhammad Ochilning hajviyalari ijtimoiy hayotning turli qirralarini o'zida aks ettirganligi bilan e'tiborlidir.

6. Adibning hajviy hikoyalari insonlardagi salbiy illatlar va kamchiliklar haqidagi ogohlikka da'vat hisoblanadi.


Download 203 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish