Bitiruv-malakaviy ishining tadqiqot obyekti. Ushbu mavzuni
yoritishda jahon adabiyoti durdonalaridan Gogolning “Taras Bulba”qissasi,
Shekspirning “Qirol Lir” tragediyasi, N.A. Kunning “Qadimgi yunon afsona va
rivoyatlari” kitobi, Sofoklning “Shoh Edip” tragediyasi, Firdavsiyning
“Shohnoma” dostoni, Prosper Merimening “Matteo Falkone” hikoyasi, oʻzbek
adabiyotidagi Behbudiyning “Padarkush” dramasi, Maqsud Shayxzodaning “Mirzo
Ulugʻbek” tragediyasi, A. Qahhorning “Hurqiz” hikoyasi, Said Ahmadning “Ufq”
trilogiyasi asos qilib olindi. Shuningdek, mavzuga aloqador boʻlgan boshqa
asarlar, ilmiy maqolalar, tadqiqotlar, darslik va oʻquv qoʻllanmalarga ham
vaqti-vaqti bilan murojaat qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |