Filologiya fakulteti tilshunoslik kafedrasi



Download 458,74 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana22.01.2020
Hajmi458,74 Kb.
#36571
  1   2   3   4   5
Bog'liq
qoshma gaplar substantsial talqin


 

 

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi 



 

Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi 

 Andijon davlat universiteti 

 

 



FILOLOGIYA FAKULTETI 

TILSHUNOSLIK  KAFEDRASI 

 

IV bosqich “G” guruh talabasi 



 

H.To`rayevaning 

 

Qo`shma gaplar: substantsial talqin 

 

mavzusidagi 



 

 

BITIRUV MALAKAVIY ISHI 

 

 

    Ilmiy  rahbar:                    



f.f.d.,prof.Sh.H.Shahobiddinova 

                            

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

ANDIJON   -  2012 

 

 

 



Qo`shma gaplar: substantsial talqin 

 

Mundarija 



Ishning umumiy tavsifi………………………………………………….3 

Kirish.........................................................................................................6 

 

Birinchi bob.  Sintaksis va unga bog`liq nazariyalar............................9 

1.1.Sintaksisning o`rganish ob'yekti………...............................................9 

1.2.Tilshunoslikda sintaktik aloqa.Valentlik..............................................16   

 

Ikkinchi bob. Qo`shma gaplarda substantsial talqin va uning  



amali........................................................................................................... 28   

 

2.1. Zamonaviy tilshunoslikda qo`shma gaplar nazariyasi ……..……......28 



2.2. O`zbek tilida qo`shma gaplarda partsellyasiya va omonimiya.............33 

 

 



Xulosa .......................................................................................................54  

 

 



Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati  ...................................................... 57  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

Ishning umumiy tavsifi 

 

Mavzuning  dolzarbligi.  Qo`shma  gaplarni  o`rganish  gap  ta'limotining  tarkibiy  qismi, 

undan  ajratilgan  holda  qaralishi  mumkin  emas.  Shuning  uchun  turli  tipdagi  qo`shma  gaplarni 

o`rganish  har  qaysi  til  sintaksisini  o`rganishning  dolzarb  masalalaridandir.  Keyingi  davrda 

hukumatimiz  va  shaxsan  Prezidentimiz  tomonidan  ona  tilini  o`rgatish  va  o`qitish  ishlariga 

alohida e'tibor berilmoqda. Shuni ta'kidlash lozimki, Prezidentimiz bu masalaga doim ham katta 

e'tibor  bilan  qaragan.  Ona  tilini  amaliy  o`rganish  bilan  birga  ilmiy  o`rganishga  ham  katta 

zaruriyat  bor.  Qo`shma  gaplar  tobe  qismlarining  o`zaro  bog`lanish  usullari,  qo`shma  gapning 

ichki  bo`linishlari  g`arbiy  tillar  grammatikalari  va  boshqa  tillar  (slavyan,  turkiy  va  h.) 

grammatikalarida ham deyarli bir xil. 

Ularga  berilgan  ta'riflarda,  talqin  va  tasnifi  asoslarida  ham  o`xshashlik  mavjud.  Bu 

masala  o`zbek  tilshunosligida  maxsus  tadqiq  etilgan.  Qo`shma  gap  masalasi  o`zbek 

tilshunosligida  birinchi  marta  ilmiy  asosda  G`.Abdurahmonov  tomonidan  chuqur  o`rganildi. 

Qo`shma  va  sodda  gaplarning  o`zaro  munosabati,  farqlari,  qo`shma  gapning  turlari,  har  bir 

turning umumiy, xususiy jihatlari atroflicha tahlil qilinadi. 

O`tgan  asrning  80-yillaridan  boshlab  qo`shma  gap  talqiniga  yangicha  yondashish  - 

substantsial  talqin  yuzaga  keldi.  Mavjud  fikrlar  nihoyatda  xilma-xil  bo`lib,  ularni  jamlash 

zaruriyati mavzu dolzarbligini belgilaydi. 

 

 

Masalaning qisqacha o`rganilish tarixi.   

O`zbek  tilshunoslari  tomonidan  so`z  birikmasi  ancha  ko`p  o`rganilgan.  A.G`ulomov, 

M.Asqarova, A.Nurmonov, N.Mahmudov, R.Sayfullaeva bu sohada katta ishlar olib borgan.  

G`.Abdurahmonov,  M.Asqarova,  A.G`ulomovlarning  sintaktik  tahlillarida    quyidagi  hal 

qiluvchi holatlarni qayd etib o`tish lozim: 

1. Qo`shma gap bo`lishi uchun gapda ikki va undan ortiq ega-kesim markazi bo`lmog`i lozim. 

2.  "Bog`langan"  tushunchasi  asosida  teng  bog`lovchi,  ya'ni  "bog`lovchi  turkumidagi  teng 

bog`lovchi turiga oid yordamchi so`z bor" mazmunida tushuniladi. 

3. Ergash gapli qo`shma gaplarning "ergash" gapining turini belgilashda mazmun-vazifa omiliga 

tayaniladi.  

A.Berdialiyev  80-yillarga  kelib,  qo`shma  gap  sintaksisiga  yangi  yo`nalish  -  sistem 

yo`nalish  tahlili  usullarini  izchil  ravishda  tadbiq  etishga  urindi.  A.Berdialiyev  qo`shma  gap 

sintaksisi  sohasiga  sistem  tilshunoslikning  o`xshashlik  (paradigmatika),  sintaktik  ziddiyatlar 

(sintaktik oppozisiya) kabi tushunchalarni olib kirdi.  



Tadqiqot ob'yekti o`zbek tilidagi qo`shma gaplarning o`ziga xos xususiyatlari. 

Tadqiqot predmeti o`zbek tilidagi qo`shma gaplar 

Tadqiqotning   maqsadi va vazifalari: 

Tadqiqotning  maqsadi  –  o`zbek  tilidagi  qo`shma  gaplarning  o`ziga  xos  xususiyatlarini 

substansial asoslarda ko`rib chiqish. 

Bu maqsadni amalga oshirish quyidagi vazifalarni hal etishni nazarda tutadi. 

1.Sintaksisning o`rganish ob'yektiga bog`liq yangi qarashlarni ko`rib chiqish. 

2. Sintaktik aloqa va sintaktik munosabatlar nazariyasini tahlil qilish. 

        

3. O`zbek tilida qo`shma gaplarda partsellyatsiya va omonimiya hodisalarini kuzatish. 



Ilmiy  tadqiqot  natijalarini  "Hozirgi  o`zbek  adabiy  tili",  "Umumiy  tilshunoslik" 

kurslarini  o`qishda  va    maktab  va  kasb-hunar  kollejlarida  qo`shma  gap  mavzusini  o`tishda 

qo`llash mumkin. 

Ilmiy ishning yo`nalishi. O`zbek tili  

Tadqiqotning  metodologik  asosi  sifatida  O`zbekiston  Respublikasi  Prezidenti 

I.A.Karimovning  asarlari,  O`zbekiston  Respublikasining  "Ta'lim  to`g`risidagi",  "Kadrlar 

tayyorlash milliy dasturi" haqidagi qonunlari va  boshqa me'yoriy hujjatlari olindi. A.Nurmonov, 

R.Sayfullaeva va boshqalarning asarlaridan lingvistik metodologik asos sifatida foydalanildi. 



Tadqiqot  metodlari  sifatida  transformatsion,  qiyosiy,  distributiv,  ma'noni  qismlarga 

bo`lish  (komponentniy  analiz),  bevosita  tashkil  qiluvchilarga  ajratish,  statistik  va  tajriba 

metodlardan foydalanildi. 

Tadqiqot  uchun  til  materiali  sifatida  hozirgi  zamon  o`zbek  yozuvchilarning  asarlar 

matnlari, og`zaki nutqdan ayrim misollar olindi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


KIRISH 

 

Bo`lak  butunning,  xususiylik  umumiylikning,  hodisa-mohiyatning,  element  (birlik) 



sistemaning  tarkibiga  kiritilmaguncha  o`z  o`rnini,  qiymatini  topgan  va  sharhlangan  sanalishi 

mumkin emas. Qo`lingizdagi bu tadqiqotning ahamiyati va qiymatini bu yerda sarlavha sifatida 

qo`yilgan masalaning hech bo`lmaganda o`ta yuzaki va umumiy bayoni bilan tanishmay, ya'ni bu 

ishning o`zbek tili sintaktik tadqiqi silsilasidagi o`rnini aniqlamay turib sharhlash yoki uqib olish 

mumkin emas.  

Borliqni ilmiy dialektik bilish jarayonining manba tadqiqida metodologik tamoyillarning 



uzluksiz  almashinuvi  va  tadqiq  manbai  mohiyatiga  bosqichma-bosqich  chuqurlashib,  unda 

yangi-yangi  tomon,  qirra,  munosabat  va  aloqadorliklarni  ochib  borishi

1

  o`zbek  tili  sintaksisini 



yevropaviy tadqiq usullarida o`rganishning nisbatan qisqa tarixida o`zining yorqin aksini topdi. 

Ona  tili  sifatida  o`zbek  tili  sintaksisining  talqin  va  tavsifida  generativ-transformatsion 

usullardan tashqari fanimizda o`z davrida ancha keng ommalashgan ilmiy-amaliy yondashish va 

yo`nalishlar sifatida uch asosiy maktabni sanab o`tish va bularni 

1)   formal yondashuv, 

2)   mazmuniy yondashuv

3) substantsial (formal-funktsional) yondashuv sifatida  ajratish mumkin. 

Har  uchala  maktabda  til  sistema  sifatida  qaraladi  va  tadqiqotu  tavsiflar  sistem  tahlil  asoslarida 

amalga  oshiriladi,  lekin  har  bir  yo`nalishda  sistema  (tizim)  va  sistem  munosabatlar  tabiatini 

tushunishda  jiddiy  farqlar  va  qarama-qarshi  talqinlar  mavjud.  Bunday  tafovutu  farqlar    tadqiq  

manbai    -  o`zbek  tili    sintaktik    qurilishining    -  serqirraligi  va  ichki  ziddiyatlar  majmuasidan 

iboratligi  bilan bog`liq;  har bir  yondashuv manbaning ma'lum bir qirrasini  yorqinroq ochish  va 

tavsiflashga, shu tomonni boshqa qirralardan ko`ra bo`rttirib tavsiflashga xizmat qiladi. 

Ilmiy yo`nalish tadqiq manbaining qaysi qirrasiga ko`proq e'tibor berishi uning maqsadi – 

serqirra  lisoniy  hodisaning  qaysi  jihatiga  qanday  maqsadlarni  ko`zlab  asosiy  diqqatni  qaratishi, 

shunga muvofiq  ravishda qanday  metodologik  tamoyillarga tayanishi-yu  qanday tadqiq usul va 

vositalaridan  foydalanishi  bilan  uzviy  bog`liqdir.  Shuning  uchun  ham  har  bir  yo`nalishning 

tahlil,  tavsif,  hukm  va xulosalari  ilmiy  maktabning  metodologik  asoslari  nuqtai  nazaridan  turib 

baholanishi  lozim.  Bir  yondashuv  talqin  va  hukmini  ikkinchi  yondashuv  nuqtai  nazaridan 

baholash  yoki  inkor  etish  -  tamoman  g`ayriilmiy  bo`lsa-da,  fanda  juda  keng  tarqalgan  hodisa  - 

umuman  fanning  mohiyatini  tushunmaslik,  tadqiq  manbaining  ma'lum  bir  qirrasini  (shu 

tadqiqotchi uchun  yaqin  tomonini)  manbaning  o`zi  bilan tenglashtirish (fetishizm)  yoki  o`zaro 

                                                 

1

  Бозоров О. Ўзбек тилида даражаланиш. Т.: Фан. 1995; Ne'matov Hamid, Hamroyeva Shahlo, Lingvistik tadqiq 



metodikasi, metodologiyasi va metodlari. Вuхого DU . 2005 (Bu ish internetning ziyonet tarmog’ida ham mavjud),. 

 


yaqin, aloqador hodisalarni aralashtirish (eklektizm) oqibatidir. Tom ma'noda ma'lum bir fanning 

taraqqiyot  holati  unda  mavjud  bo`lgan  yondashuv  va  yo`nalishlarning  tur  va  xillari  bilan  uzviy 

bog`liqdir  -  maktab  va  talqinlar  qanchalik  ko`p  va  rang-barang  bo`lsa,  fan  ham  shuncha 

rivojlangan sanaladi. Fanda talqinlar xilma-xilligi, tavsiflar rang-barangligi bo`lmasa, unda qotib 

qolgan, mutlaqlashtirilgan qoida va talqinlar hukmron bo`lsa, u inqiroz va tanazzul  holatidadir. 

Mana  shu  nuqtai  nazardan  bugungi  o`zbek  sintaksis  fanini  zamonamizning  keng  rivojlangan 

ilmiy  yo`nalishlaridan biri sifatida baholash lozim  -  unda teng huhuqli ilmiy maktablar sifatida 

xilma-xil talqinlar bir davrda yashab rivojlanib bir-birini to`ldirib kelmoqda... 

Yevropa tilshunosligida endi tarqalayotgan substantsial (formal-funktsional) yo n d a sh u 

v      o`zbek    tilshunosligi  bag`rida  funktsional  lingvistika  (Praga  strukturalizmi)  tahlil 

tamoyillarini  dialektik  mantiqning  ilmiy  tushunchaga  qo`yadigan  talablari  asosida  onglilik  va 

izchillik  bilan  to`ldirish  asosida  shakllangan  bo`lib,  voqelikdagi  (jumladan,  uning  parchasi 

bo`lmish  nutqdagi)  har  bir  narsada  umumiylik,  mohiyat,  imkoniyat  va  sabab  (UMIS)ni  va 

yakkalik,  hodisa,  voqelik,  oqibat  (YaHVO)  ni  farqlaydi.  UMISlarni  invariant,  YaHVOlarni  - 

variantlar  sifatida  baholab,  bevosita  kuzatishda  berilgan  YaHVOlarni  bevosita  kuzatishda 

berilmagan,  idrokiy  tahlil  asosidagina  ochiladigan  UMISlarning  moddiy  shakllarda  yuzaga 

chiqishi, ko`rinishi deb biladi. 

Sintaksis  bobida  substantsial  yondashuv  UMISlar  sifatida  faqat  sintaktik  qurilish 

qoliplarini  (modellarini)  tan  oladi  va  ularning  mohiyatini,  umumiy  ma'nosini  va  tizimiy 

qiymatini modellararo paradigmatik munosabatlardan keltirib chiqaradi. Mana shu tomoni bilan 

substantsial  yondashuv  modellarni  tan  oladigan,  lekin  ularning  paradigmatikasiga  e'tibor 

bermaydigan formal yondashuvdan tubdan farq qiladi. 

O`zbek  tilining  ichki  qurilish  qonuniyatlari,  jumladan,  gap  kesimining  morfologik  tugal 

shakllanganligi  -  tasdiq/inkor,  mayl/zamon,  shaxs/son  ma'no  va  formantli  bo`lishi  va  shuning 

uchun  eksplisit  ega  gap  qurilishida  muhim  konstruktiv  bo`lak  bo`la  olmasligi  -  asosida 

substantsial  yondashuvda  gap  markazi  sifatida  kesim  qabul  qilinadi  va  u  mohiyatan  mantiqiy 

bo`lgan  sub'yekt-predikat  aloqasiga  tayanib  emas,  balki  kesimlik  kategoriyasi  ko`rsatkichlari 

bilan  shakllantirilgan  atov  birligi  (mohiyatan  so`z  shakli)ning  sintaktik  (funktsiyasi  sifatida 

qaraladi. Sintaktik tahlil soqasida formal va substantsial  yondashuvlar orasida asosiy farq mana 

shunda. 


Substantsial  yondashuv  asosida  sodda  va  qo`shma  gap  qurilishi,  uning  turlari, 

ko`rinishlari,  o`zaro  munosabatlarini  qabul  qilish  yoki  inkor  etish  yuqorida  sanab  o`tilgan  ikki 

asosni  to`q`ri  (ilmiy  asoslangan  va  o`zbek  tilining  ontologik  tabiatini  aks  ettiruvchi)  yoki 

noto`q`ri  (o`zbek  tili  tabiatiga  yot  bo`lgan  me'yorlarni  chetdan  olib,  tilimiz  hodisalarini  shu 

andozalarga  tiqishtirish)  deb  sanash  bilan  bog`liq;  substantsial  tahlilning  asosi  inkor 


etilmaguncha, uning xulosalarini va hukmlarini inkor etish mumkin emas, chunki bu yondashuv 

ongli  va  izchil  metodologiyaga  tayanadi  va  o`z  tamoyillarini  mantiqiy-riyoziy  uzluksizlikda 

o`tkazadi.  Shuning  uchun  qat'iy  ishonch  bilan  aytish  mumkinki,  hozirgi  tilshunosligimizda 

o`zbek tili sintaktik qurilishi ikki xil sintaktik nazariya - formal va substantsial yondashuv nuqtai 

nazarlaridan talqin etilmoqda. 

Har  bir  yondashuvning  tahlil  tamoyillari  -  o`lchov  birliklari,  tarozu  toshlari  har  xil 

bo`lganligi sababli ularning hukm va xulosalarini - yuqorida aytib o`tganimizdek - o`z mezonlari 

nuqtai  nazaridan  turib  baholash  lozim.  Mezonlarning  asossizligi,  g`ayriilmiyligi,  tilimizning 

ontologik  tabiatidan  kelib  chiqmasligi  isbotlansa,  butun  yuza  qurilma,  qanchalik  pishiq  va 

mustahkam  bo`lmasin  –  asos  /poydevor/  fundament  qulagach,  butun  bino  qulaganidek  - 

batamom qulaydi. 

Quyidagi ishda o`zbek tilida qo`shma gap mohiyati, tasnifi, turlari, o`zaro munosabatlari 

haqida  hukm  va  xulosalar  onglilik  va  izchillik  bilan  substantsial  yondashuv  nuqtai  nazaridan 

chiqarilgan va ularni shunday yondashish nuqtai nazaridangina baholash mumkin... 

 

Birinchi bob. Sintaksis va unga bog`liq nazariyalar 

1.1. Sintaksisning o`rganish ob`yekti 

Til o‘z kommunikativ vazifasini sintaktik qurilma – gap vositasida amalga oshiradi. Tildagi 

barcha  –  fonetik,  leksik,  morfologik  hodisa  ana  shu  sintaktik  qurilishga  xizmat  qiladi.  Biroq 

bular sirasida leksika va morfologiyaning til grammatik qurilishidagi ishtiroki o‘ziga xos. Zero, 

har qanday sintaktik hodisada so‘z va morfologik ko‘rsatkichni ko‘ramiz. Shu boisdan sintaktik 

mohiyatni belgilashda leksik va morfologik omilga tayaniladi.  

Sintaksis  (gr.  sintaxys  –  tuzish,  qurish)ning  asosi  –  gap  haqidagi  ta’limot.  Gap,  aslida, 

so‘zning  erkin  birikuviga  ham  asoslanganligi  tufayli  so‘zning  bog‘lanish  qonuniyati,  so‘z 

birikmasi  ham  sintaksisda  o‘rganiladi.  So‘z  birikmalarini  o‘rganish  gap  ta’limotining  tarkibiy 

qismi, undan ajratilgan holda qaralishi mumkin emas. 

Sintaksis so‘zning har qanday birikuvini emas, balki hokim-tobelik munosabatiga kirishgan 

erkin  nutqiy  birikuvning  lisoniy  mohiyatini  tekshiradi.  Qaysidir  yo‘sindagi  so‘zning  birikuvi 

bo‘lgan qo‘shma so‘z (uchburchak, ertapishar, sotib olmoq), frazeologik birlik (ilonning yog‘ini 

yalagan, po‘konidan yel o‘tmagan, ko‘ngli bo‘sh) sintaksisning tadqiq doirasidan  chetda qoladi. 

Chunki ular erkin bog‘lanishga ega emas. 



Sintaksis atamasi grammatika atamasining o‘zi kabi ikki ma’noli: 

1) tilning sintaktik qurilishi;  

2) grammatikaning tarkibiy qismi. 


Atamani  ana  shu  ikkinchi  ma’nosida  qo‘llab,  birinchi  ma’no  ifodasi  uchun  sintaktik 

qurilish atamasini ishlatamiz. 

Asosiy sintaktik birliklar. So‘z birikmasi va gap – sintaksisning asosiy birliklari. Shunga 

ko‘ra, sintaksis ikkiga bo‘linadi: 

1) 

so‘z birikmasi sintaksisi; 



2) 

gap sintaksisi. 

So‘zning  nutqda  o‘zaro  aloqaga  kirishuvidan  so‘z  qo‘shilmasi  vujudga  keladi.  So‘z 

qo‘shilmasini ikki guruhga birlashtirish mumkin: 

1) 

gap (Osmon tip-tiniq); 



2) 

so‘z birikmasi (tip-tiniq osmon). 

Til  jamiyatda  aloqa  qilish,  axborot  uzatish  vositasi  hisoblanadi.  Axborot  uzatish  esa  gap 

orqali amalga oshiriladi. Demak, gap fikr ifodalaydi.  So‘z birikmasi  fikr emas, balki so‘z kabi 

tushuncha ifodalaydi. (Biroq so‘z birikmasi ifodalagan tushuncha so‘z ifodalagan tushunchadan 

farqlanadi.)  Кo‘rinadiki,    sintaksisning  bosh  birligi  gap,  so‘z  birikmasi  so‘z  kabi  bevosita  yoki 

bilvosita uning tashkil etuvchisidir. 

Sintaktik  birlik  –  gap  va  so‘z  birikmasi  –  so‘zning  qo‘shilishidan  hosil  bo‘lishi,  bu 

qo‘shilishning  esa  turli  vosita  (qo‘shimcha,  yordamchi  so‘z)  va  usul  (masalan,  tobe  aloqaning 

turi) orqali yuzaga kelishi sintaksisning boshqa sathlar bilan zich aloqada ekanligini ko‘rsatadi. 

Demak, nutqda: 

1)  so‘zlar  o‘zaro  sintaktik  aloqaga  kirishib,  tushuncha  ifodalovchi  birlik  –  so‘z  birikmasi 

vujudga keladi. So‘zlarning o‘zaro birikib, tushuncha ifodalovchi birlik hosil qilish qonuniyatini 

o‘rganish – so‘z birikmasi sintaksisining vazifasi; 

 2) so‘z fikr ifodalashga ixtisoslashgan nutqiy birlik – gapni shakllantiradi. Gap hosil qilish 

qonuniyati bilan gap sintaksisi mashg‘ul bo‘ladi. 



Sintaktik birlikning ikki tomoni. LSQ tushunchasi. Fonetika, leksika va morfologiyada 

bo‘lgani  kabi  sintaksisda  ham  lisoniy  va  nutqiy  jihat  farqlanadi.  Ma’lumki,  lisoniy  hodisa 

bevosita 

kuzatishda 

berilmaganlik 

(moddiylikdan 

holilik), 

miqdoriy 

cheklilik, 

takrorlanuvchanlik,  ijtimoiylik  va  majburiylik  belgisiga  ega,  u  bevosita  kuzatishda  berilganlik, 

miqdoriy  cheklanmaganlik,  betakrorlik,  individuallik,  ixtiyoriylik  sifatiga  ega  bo‘lgan  nutqiy 

hodisaga qarama-qarshi turadi. 

Nutqiy  sintaktik  birlik  sifatida  nutqda  qo‘llanadigan,  sezgi  a’zolariga  ta’sir  qiladigan, 

o‘qish,  yozish,  aytish,  eshitish  mumkin  bo‘lgan  so‘z  birikmasi  va  gap  tushuniladi.  Lisoniy 

sintaktik birlik esa so‘z birikmasi  va gap hosil qilish qolipi. Lisoniy sathga tegishli bo‘lganligi 

uchun ularni lisoniy sintaktik qolip (qisqacha LSQ) deb ataymiz. 



LSQ g‘isht qolipiga o‘xshaydi. Inson ongida ham so‘zlash, nutqni shakllantirish maqsadida 

leksemalarni so‘z birikmasi shakliga keltirish, gap hosil qilish qolipi mavjud. Ular LSQ, model, 



konstruksiya,  qurilma  deb  nomlansa-da,  aslida  bir  tushunchani  ifodalaydi.  Masalan,  kitobni 

o‘qimoq kabi cheksiz birikmani  chiqaradigan ot

tushum  kelishigi

 + fe’l so‘z birikmasi qolipi qanday 

nomlanmasin, uning mohiyatiga ta’sir qilmaydi. 

Qolip va nutqiy hosila (so‘z birikmasi va gap)lar dialektik birlikda. Qolip nutqiy hosilasiz 

o‘lik  va  jonsiz,  nutqiy  hosila  esa  qolipsiz  bo‘lishi  mumkin  emas.  Quyida  LSQ  va  nutqiy  so‘z 

birikmasi hamda gapning bir-biriga o‘xshamaydigan, farqli xususiyatini bayon etamiz. 

1.  LSQning  moddiylikdan  holiligi  va  nutqiy  hosilaning  moddiy-ligi.  LSQ  jamiyat 

a’zolari  ongida  mavjud  bo‘lib,  kishilarning  erkin  birikma  hosil  qilish  ko‘nikmasi  sifatida  uzoq 

davr  mobaynida  shakllanadi.  Bu  ko‘nikma  bo‘lmasa,  inson  birikma  hosil  qila  olmaydi.  Bunga 

quyidagi  dalil  asosida  amin  bo‘lishimiz  mumkin.  Deylik,  biror  tilni,  masalan,  ingliz  tilini 

o‘rganmoqchi bo‘lgan kishi ongida bu tilga xos birikma tuzish ko‘nikmasi – LSQ shakllanmagan 

bo‘lsa,  masalan,  o‘zbekcha  kitob  va  o‘qimoq  so‘zining  ingliz  tilidagi  a  book      va  to  read 

muqobilini  bilsa-da,  birikma  hosil  qila  olmaydi  yoxud  o‘zbek  tiliga  xos  ot

tushum  kelishigi

  +  fe’l 

qolipi  asosida   a book  to read   deya oladi, xolos.  Ingliz tilida esa  kitobni  o‘qimoq  birikmasini 

hosil qiluvchi LSQ to V+ the N ko‘rinishida bo‘lib, undan to read the book,  to write the letter 

kabi hosila paydo bo‘ladi. 

Ma’lum  bo‘ladiki,  LSQ  jamiyat  a’zolari  ongida  yashaydi  va  moddiy  qiyofaga  ega  emas. 

Uni  sezgi a’zosi asosida bilib bo‘lmaydi. Qolipdan chiqqan nutqiy  hosilani esa aytish, eshitish, 

yozish va o‘qish mumkin ekan, bu ularning moddiylikka egaligini ko‘rsatadi . 

2. LSQning ijtimoiyligi va nutqiy birikmaning individualligi. LSQ bir kishi tomonidan 

emas, balki shu tilda so‘zlashuvchi jamiyatning barcha a’zolari tomonidan uzoq vaqt davomida 

shakllantirilgan.  Shuningdek,  ular  bir  kishi  uchun  emas,  balki  jamiyatning  shu  tilda 

so‘zlashuvchi barcha a’zosi uchun birday xizmat qiladi. Bu LSQning ijtimoiy tabiatga egaligini 

ko‘rsatadi. 

LSQ  asosida  vujudga  keluvchi  nutqiy  hosila  har  bir  kishi  nutqida  o‘ziga  xos.  Masalan, 



kitobni o‘qimoq so‘z birikmasi har bir so‘zlovchi nutqida o‘zgacha. Bu nutqiy hosilaning har biri 

kimning  nutqiga  tegishliligi,  aytilgan  o‘rni  va  zamoni,  aytilish  maqsadi  va  sharoiti  kabi  qator 

belgisi  bilan  farqlanadi.  Hatto  bir  kishi  nutqida  aytilgan  ikkita  (kitobni  o‘qimoq  (1)  va  kitobni 

o‘qimoq(2))  so‘z  birikmasidan  ikkinchisi  birinchisining  aynan  takrori  emas.  Zero,  bu  nutqiy 

hosilalar  hech  bo‘lmaganda,  so‘zlovchi  shaxs,  nutq  vaziyati,  zamoni  bilan  farqlanadi.  Nutqiy 

hosilaning individualligi (alohidaligi)ni shunday tushunmoq lozim. 


Download 458,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish