Kurs ishining maqsad va vazifalari: Fibonachi sonlarni hosil qilishda samarali algoritmlarI kelib chiqqanligi va qaysi sohalarda ishlatiladi, qanday turlari bor, qanday obektlar bilan birga qo’llaniladi, uning xarakteristikasi haiqda batafsil ma’lumot beradi.
Kurs ishining tarkibi: Ushbu kurs ishi kirish qism, ikkita bobdan iborat hamda xulosa va adabiyotlar royhatini o’z ichiga oladi.
Kurs ishining ahamiyati: Ushbu kurs ishi referat harakterga ega.
Uzluksiz ta'lim tizimining umumtalim va o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi majburiy etib belgilanishi va bu ta'lim boshqichlarida o'rgatiladigan fanlarni Davlat ta'lim standartlarining yaratilishi, ularning mazmunini qayta taxlildan o'tkazib, yangi avlod o'quv adabiyotlari yaratiladi. Darsliklar va o'quv qo'llanmalarni yaratishda ularning ta'lim bosqichlari bo'yicha uzluksizligi va ta'lim mazmuni bo'yicha uzviyligini taminlashga katta e'tibor beriladi.
Algoritm – berilgan natijaga erishish uchun qilinishi kerak boʻlgan aniq koʻrsatmalar ketma-ketligi. Algoritm keng maʼnoda faqat kompyuterga oid atama boʻlmay, balki unda berilgan koʻrsatmalarni bajara oluvchi har qanday narsaga oiddir.
Algoritm – maʼlum bir turga oid masalalarni yechishda ishlatiladigan amallarning muayyan tartibda bajarilishi haqidagi aniq qoida (dastur). Kibernetika va matematikaning asosiy tushunchalaridan biri. O‘rta asrlarda o‘nli sanoq tizimi bo‘yicha to‘rt arifmetik amal bajariladigan qoidani Algaritm deb atashgan. "Bu qoidalarni matematikaga XIX-asrda al-Xorazmiy tomonidan kiritilgan. Yevropada bunday qoidalar uning tug'ilgan yurtiga nisbatan lotinchalashtirilgan (Algoritmus yoki Algorithmus shaklida "algorizm" deyilgan), keyinchalik "algoritm"ga aylangan" (akademik A. N. Kolmogorov). Fanga "Yevklid algoritmi", "G‘iyosiddin Koshiy algoritmi", "Laure algoritmi", "Markov algoritmi" deb ataluvchi algoritmlar maʼlum. Algoritm tushunchasi tobora kengayib borib, kibernetikaning nazariy va mantiqiy asosi hisoblangan algoritmlar nazariyasi paydo bo‘ldi.
Oʻzbekiston Respublikasida bir necha ilmiy tadqiqot muassasalari va hisoblash markazlarida Algoritmdan foydalanish sohasida samarali ishlar olib borilmoqda. Masalan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi "Kibernetika" ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida, O‘zbekistondagi barcha universitetlarda, Toshkent davlat texnika universitetida, Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisod va statistika vazirligi qoshidagi Hisoblash markazi va boshqa muassasalarda olib borilayotgan ishlar bunga misol bo‘la oladi.
Oliy o'quv yurtlari geometriya kursida aylanma sirtlarni yechishda ketma-ket soddaroq bo'lgan misollardan boshlash kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |