Fevral inqilobi



Download 135,2 Kb.
Pdf ko'rish
Sana03.05.2023
Hajmi135,2 Kb.
#934313
Bog'liq
Fevral inqilobi - Vikipediya



Fevral inqilobi
Fevral inqilobi
(1917) - 
Rossiyada
samoderjaviyega barham bergan inqilob. Fevral inqilobi harbiy
magʻlubiyatlar va xoʻjalikdagi vayrongarchilik bilan bogʻliq ravishda mamlakatda iqtisodiy va
siyosiy tanazzulning keskin kuchayishi oqibati edi. Oziq-ovqat yetishmasligi tufayli 23-fevralda
Petrogradda stixiyali tarzda urushga qarshi mitinglar boshlandi, u ish tashlashlar va
namoyishlarga, kazaklar va politsiya oʻrtasidagi toʻqnashuvlarga, 24— 25-fevral da esa yalpi ish
tashlashga aylanib ketdi. 26-fevralda qoʻshinlarga qarshi janglar, 27-fevralda yalpi ish tashlash
qurolli qoʻzgʻolon darajasiga koʻtarildi, askarlar ommaviy tarzda qoʻzgʻolonchilar tomoniga oʻta
boshladi. Qoʻzgʻolonchilar shaharning muhim joylarini, hukumat idoralarini egalladilar. 
Nikolay II
taxtdan voz kechdi. 
Davlat dumasining
Muvaqqat komiteti tuzildi. Ishchi va soldat deputatlari
Soveti saylandi. Muvaqqat komitet hukumat tuzdi. 1-mart kuni 
Moskvada
, mart oyi davomida
butun mamlakatda yangi hokimiyat oʻrnatildi. Fevral inqilobi 
Turkiston
oʻlkasi musulmon aholisini
siyosiy jihatdan uygʻotishda, 
demokratik
oʻzgarishlarga boshchilik kilmoqchi boʻlgan yangi
kuchlarning siyosat maydoniga chiqishida muhim ahamiyat kasb etdi. Jadidlar vujudga
kelayotgan milliy demokratik kuchlarning oʻzagi boʻlishdi. Ular mintaqa tub xalqlarining
taraqqiyoti va mustaqilligi toʻgʻrisidagi oʻz gʻoyalarini Fevral inqilobi shiorlari bilan bogʻlab, oʻzlari
eʼlon qilgan prinsiplarni amalga oshirishga faol kirishdilar. 
Toshkentda
"
Shoʻroi Islom
" 1917-yil
14-mart) tashkiloti tuzilib, Turkiston taraqqiyparvarlarining aksariyati uning atrofida birlashsi.
Bundan tashqari, Toshkentda Ishchi deputatlari Soveti (1917-yil 2-mart) ham tuzil gan edi.
Turkiston oʻlkasi generalgubernatori va Turkiston harbiy okrugi qoʻmondoni general Kuropatkin,
uning yordamchisi general Yerofeyev, okrug shtabining boshligʻi general Sivere oʻz vazifalaridan
chetlashtirilib, 31-martda uy kemogʻiga tashlandi. Muvaqqat hukumat tomonidan 1917-yil 7-
avgustda Turkiston oʻlkasini boshqarish uchun 9 kishidan iborat Turkiston komiteta (raisi —
kadet N. N. Shchepkin) tuzildi. Shuningdek, Butunturkiston musulmonlarining I qurultoyi (1917-
yil 17— 21 aprel) da Turkiston oʻlkasi musulmonlari Markaziy Kengashi (Kraymussovet) ham
tuzilib, barcha milliy jamiyatlar, tashkilotlar va ittifoqlar birlashtirildi. 1917-yil bahorda 
Buxoro


amirligi
 va 
Xiva xonligida
 ham siyosiy vaziyat keskinlashdi. Buxoroda 1917-yil aprel namoyishi
boʻldi va Xivada Idorai mashrutiya (1917-yil 5 aprel) tashkil topdi. Yosh buxoroliklar va yosh
xivaliklar bu xonliklar hududida 
demokratik
islohotlar uchun kurashdilar.
Oktabr inqilobi
Oʻzbekistonning yangi tarixi, 2kitob [Oʻzbekiston Sovet mustamlakachiligi davrida], T.. 2000;
Turkestan v nachale XX veka; k istorii istokov natsionalnoy nezavisimosti, T., 2000; Rajabov
K,., Haydarov M., Turkiston tarixi (19171924-yil), T., 2002.
Qahramon Rajabov.
Petrogradda
 stixiyali tarzda urushga qarshi mitinglar
Qoʻzgʻolonchilar
Shuningdek qarang
Adabiyot


 
Soʻnggi tahrir 29 kun avval
 
PlanespotterA320
 tomonidan amalga oshirildi
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
 (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Fevral_
inqilobi&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin.
 
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Fevral_inqilobi&oldid=25320
30
" dan olindi


Download 135,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish