“Ilg‘or fermer”, “Mehnatkash dehqon” va “Namunali tomorqachi” ko‘krak nishonlari ta’sis etildi. Ushbu ko‘krak nishonlarining ta’sis etilishi qishloq aholisining mehnatini rag‘batlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Farmonda nazarda tutilgan islohotlarni amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini yaratish, unda belgilangan vazifa va ustuvor yo‘nalishlarni hayotga tatbiq etish maqsadida Vazirlar Mahkamasiga bir hafta muddatda fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini kiritish topshirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |