"fеrmеr xo’jaligi iqtisodiyoti" fanining prеdmеti va mazmuni



Download 289,5 Kb.
bet7/8
Sana21.01.2022
Hajmi289,5 Kb.
#396544
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1,2-маруза

Hisoblash tarhi — inshootning soddalashtirilgan tasviri bo‘lib, unda yuk ta’siridagi inshootning asosiy ko‘rsatkichlari mujassamlashgan bo‘ladi. Hisoblash tarhlarida sterjenlar — o‘qlar bilan, plastinalar — o‘rta sirtlar bilan, ko‘ndalang kesimlar — yuza va
  • inersiya momentlarining son qiymatlari bilan, real tayanchlar ideal tayanchlar bilan almashtiriladi; yuklar o‘qlarga qo’yilgan deb faraz etiladi va x.k.
  • Inshootlar hisobi ana shunday hisoblash tarhlari orqali amalga oshiriladi.
  • rasmda bir oraliqli ko‘prik (a) hamda balka deb ataluvchi uning hisoblash tarhi (b) tasvirlangan. (v) rasmda uch oraliqli ko‘prik hamda rama deb ataluvchi uning hisoblash tarhi (g) berilgan. Yo‘l qoplamasining vazni hamda ko‘prikning xususiy og‘irligi balkaga tekis yoyiq kuch sifatida ta’sir etadi. Balkada tashqi kuchlar va harorat ta’sirida bo‘ylama kuchlar hosil bo‘lmasligi uchun uning tayanchlaridan biri qo‘zg‘aluvchan, ikkinchisi qo‘zg‘almas qilib ishlanadi.
  • Inshootning hisoblash tarhini tanlash murakkab, ayni paytda, muhim masalalardan biridir. Hisobning sifati, ya’ni uning aniqligi ko‘p jihatdan, hisoblash tarhining qanday tanlanishiga bog‘liq. Agar hisob noto‘g‘ri tanlangan hisoblash tarhi bo‘yicha bajarilgan bo‘lsa, u o‘ta aniq usullar bilan hisoblangan taqdirda ham to‘g‘ri natija bermaydi.
    • TAYANCHLAR VA YUKLAR
    • Inshootning poydevor yoki zamin bilan birikkan qismi tayanch deb ataladi. Tayanchlar uch xil bo‘ladi: sharnirli qo‘zg‘aluvchi tayanch, sharnirli qo‘zg‘almas tayanch, sharnirsiz
    • qo‘zg‘almas tayanch.
    • rasmda sharnirli ko‘zg‘aluvchi tayanchning konstruksiyasi (a) va uning sodda tasviri (b) berilgan; bunda sterjen sharnir (s) atrofida aylana oladi, gorizontal yo‘nalishda qo‘zg‘ala oladi; birgina vertikal reaksiya vujudga keladi.
    • rasmda sharnirli qo‘zg‘almas tayanchning konstruksiyasi (a) va tasviri (b) berilgan; bu yerda sterjen sharnir (s) atrofida aylana oladi, birok gorizontal
    • yo‘nalishda qo‘zg‘almasdir. Bunday tayanchda ham gorizontal, ham vertikal reaksiyalar vujudga keladi.
    • rasmda sharnirsiz qo‘zg‘almas tayanchning konstruksiyasi (a) va sodda tasviri (b) berilgan bo‘lib, bunda sterjen uchi tayanchga mustahkam biriktirilgan; sterjen gorizontal yo‘nalishda qo‘zg‘olish yoki tayanch kesimi atrofida aylanish imkoniga ega emas. Bunday tayanchda uchta reaksiya (Ra, Na, Ma) vujudga keladi.
    • Inshootga ta’sir etadigan tashki kuchlar yuklar deb ataladi. Yuklar ta’sir etish muddati, ta’sir etish usuli, vazifasi va boshka belgilarga qarab bir necha turga bo‘linadi.
    • Yuklar inshootga qo‘yilish vaqti (muddatiga) qarab statik va dinamik yuklarga bo‘linadi. Statik yuklar inshootga zarbsiz asta-sekin qo‘yiladi; yukning qiymati noldan boshlab oxirgi qiymatiga qadar bir tekisda ortib boradi.
    • Dinamik yuklar inshootga birdaniga qo‘yiladi yoki vaqt o‘tishi bilan qiymat va yo‘nalishini o‘zgartirib turadi.
    • Qo‘yilish usuliga ko‘ra yoyiq va yig‘iq (to‘plangan) yuklar bo‘ladi.
    • Yoyiq yuk inshoot sirti yoki uzunligi bo‘ylab yoyilgan bo‘ladi. Uzunlik bo‘ylab yoyilgan yuk intensivlik bilan o‘lchanadi. Intensivlik deganda uzunlik birligiga to‘g‘ri keladigan yuk miqdori tushuniladi va u kN/m bilan o‘lchanadi. Agar yuk sirt bo‘ylab yoyilgan bo‘lsa, kN /m2 bilan o‘lchanadi.
    • Yig‘iq yuk deganda bir nuqtaga to‘plangan kuch tushuniladi. Aslida bunday yuklar real holda kamdan-kam uchraydi. Hisob ishlarini soddalashtirish uchun ko‘pincha yoyiq yuklar yig‘iq kuch holiga keltirib olinadi, ya’ni ma’lum bir nuqtaga to‘planadi. Hozirda amalda bo‘lgan xalqaro o‘lcham birliklari tizimi (SI ) bo‘yicha kuchning o‘lcham birligi nyuton (N)dir. 1 kgk-9,81N ga teng
    • Vazifasiga ko‘ra yuklar doimiy, muvaqqat va qo‘zg‘aluvchan bo‘ladi. Inshootga doim ta’sir etib turuvchi yuk (masalan, xususiy og‘irlik) doimiy yuk hisoblanadi.
    • Muvaqqat yuk; inshootga ma’lum davrlarda ta’sir etadi (masalan, shamol va qor ta’siri, turli uskuna va jihozlar va x. k.). Qo‘zg‘aluvchan yuklarga transport vositalari misol bo‘la oladi.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish