Foyda — tovarlar va xizmatlarni sotishdan olingan daromadning bu tovarlarni ishlab chiqarish va sotish xarajatlaridan ortiq qismi. Korxonalar va tadbirkorlar xoʻjalik faoliyati moliyaviy natijalarining asosiy koʻrsatkichlaridan biri.Foyda pulda ifodalanadi. Foyda bozor daromadi boʻlib, uning qonunqoidalariga binoan vujudga keladi, taqsimlanadi va ishlatiladi. Foyda kapital, ishlab chiqarish omili sifatida tovar va xizmatlar narxi tarkibiga kiradi, ular sotilgach, pul shaklida kapital sohibi ixtiyoriga keladi. Foyda topish tadbirkorlikning asl maqsadi hisoblanadi, unga intilish bozor iqtisodiyotining rivojlanishini taʼminlaydi.
Zarar (iqtisodiyotda) — xoʻjalik faoliyatidan koʻrilgan yoʻqotishlar; pul shaklida ifoda etiladi. Korxona, xoʻjalik, tadbirkor ishlab chiqarish harajatlarining olingan daromaddan ortib ketishi natijasida yuz beradi. 3. Moddiy va pul resurslarining kamayishini keltirib chiqaradi (manfiy saldo boʻlganligi sababli oʻz kapitali kamayadi).
Xarajatlar sarfxarajatlar, chiqimlar tovarlarni ishlab chiqarish. va muomalasi jarayonida turli resurslar (xom ashyo, materiallar, mehnat, xizmatlar, mablagʻlar) sarflari bilan bogʻliq chiqimlarning pul shaklidagi ifodasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |