Xususiy mulk - ayrim kishilar yoki xonadonlar ixtiyoridagi mulk; bozor iqtisodiyotidagi xilmaxil mulklar orasida yetakchi mulk shakli.
Mineral oʻgʻitlar – tarkibida oʻsimliklar uchun zarur oziq elementlari boʻlgan anorganik moddalar, asosan, tuzlar. Deyarli barcha Mineral oʻgʻitlar agronomik rudalar kimyo sanoatida ishlab chiqariladi.
Soliq - davlat yoki mahalliy boshqaruv faoliyatini taʼminlash uchun davlat organlari tomonidan tashkilot va jismoniyshaxslardan yigʻib olinadigan toʻlovga aytiladi. Davlat budjeti daromatlar qismining asosiy manbai soliqlar hisoblanadi. Shuningdek, soliq iqtisodiy turkum sifatida, sof daromadning bir qismini budjetga jalb qilish shakli boʻlib, moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismini tashkil qiladi.
Iqlim - tushunchasi oʻz ichiga muayyan hududda uzoq vaqt davomida yigʻilgan harorat, namlik, atmosfera bosimi, shamol, yogʻin va boshqa meteorologik parametrlar statistikalarini oladi. Ushbu parametrlarning uzoq vaqt emas, balki muayyan vaqtdagi holatlariga ob-havo deyiladi. Boshqacha aytganda, iqlim — bu biror joydagi ob-havo holatlari toʻplamidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |