Fermentlarning kimyoviy va tibbiy biologik hossalari. Ferment ingibitorlari Mashg’ulot maqsadi


Fermentlarning tasnifi va nomenklaturasi



Download 159,04 Kb.
bet3/12
Sana14.05.2020
Hajmi159,04 Kb.
#51446
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Ферментлар узб.

Fermentlarning tasnifi va nomenklaturasi

Fermentlar nomlanganda substratlarning oxiriga – aza suffiksi qo‘shiladi (Dyuklo taklifi bo‘yicha, 1883-y). Masalan: arginaza argininning gidrolizini katalizlaydi, saxaraza - saxarozaning, fosfataza – fosfo – efir bogʻlari va boshqalar.

Boshqa usul — katalizlanuvchi reaksiya nomiga – aza suffiksi qo‘shiladi. Masalan: degidrogenaza vodorodning ajralib chiqish reaksiyasini, gidrolaza – gidroliz reaksiyasini, transferaza – kimyoviy guruhlarni o‘tkazish reaksiyalarini katalizlaydi. Yuqorida keltirilganlarga qaramasdan ba’zi fermentlar o‘zlarining travial nomlarini saqlab qolganlar: tripsin, pepsin, katalaza, ularning nomi katalizlanuvchi reaksiya turiga, shuningdek, substratning nomiga to‘gʻri kelmaydi. 1961-yilda V xalqaro biokimyogʻarlar kongressida fermentlarning tasnifi va nomenklaturasi qabul qilingan va uning asosiga quyidagi tamoyillar qo‘yilgan:

fermentning nomi o‘z ichiga olishi kerak:

– substrat nomini;

– koferment nomini;

– katalizlanuvchi reaksiya turini.

Masalan, ushbu nomenklatura bo‘yicha LDG quyidagicha nomlanadi: L – laktat – NAD – oksidoreduktaza. Bu nomda birdaniga 3 xususiyat o‘z aksini topgan:

– substrat – laktat (sut kislota);

– koferment – NAD;

– reaksiya turi – substrat va vodorod akseptori (NAD) o‘rtasida

oksidlanish va qaytarilish reaksiyasi.

Har bir fermentga barcha fermentlar ro‘yxatida alohida nomer (shifr) berilgan. Masalan: laktatdegidrogenaza 1.1.1.27 shifriga ega. Birinchi raqam sinfning nomerini, ikkinchi - sinfchaning, uchinchi – kenja sinfning, to‘rtinchi – ko‘rsatilgan guruhda egallagan o‘rnini ko‘rsatadi.

Fermentlarning tasnifi katalitik ta’sirga uchrayotgan reaksiya turiga asoslangan. Barcha fermentlar 6 sinfga bo‘linadi:

1. Oksidoreduktaza.

2. Transferaza.

3. Gidrolaza.

4. Liaza.

5. Izomeraza.

6. Ligaza (sintetaza).

Fermentlarning har bir sinfi individual o‘zgarishlarga bogʻliq ravishda yana kichik sinf, kenja sinflarga bo‘linadi.
Barcha fermentlar globulyar oqsillardir. Ularning har biri uch o`lchamli shaklga ega. Ular substratlar deb nomlanadigan, reaksiyalarda isjhtirok etuvchi moddalar guruhni tanib oladi va o‘ziga bog‘laydi. Fermentning uchlamchi tuzilishi kataliz jarayonlarida muhim ro`l o`ynaydi. Kataliz borayotgan reaksiyada avvalo ferment substrat bilan bog`lanishi kerak, bu esa katalizga olib keladi. Tipik fermentlar soni substratlarga qaraganda ancha ko`p. Fermentlarni uchlamchi tuzilishi faol markaz bo‘lib, unda substratning katalitik o‘zgarish reaksiyalari sodir bo`ladi. Bu faol markaz uchlamchi tuzilish ichidagi cho`ntak bo‘lib, substrat birikishiga juda qulay holda shakllangan bo`ladi. Faol markazlar soni 2, 4, 6, 8, gacha bo’lib, 7-15 aminokislotalarni saqlaydi. Aktiv markazlarga quyidagi funksional guruhlar ishtirok etadi:

- ОН – serin, treonin, tirozin tarkibida;

- SН – sistein tarkibida;

- NН – gistidin tarkibida;

-СООН – glutamat va aspartat guruhlari;

-NН2 – arginin va lizin tarkibidagi guruhlari.


Fermentdagi faol markazga substratning birikishi ferment kompleksining (ES) asosini yaratadi. Moddalarning faollanish energiyasi kichikroq bo‘lsa, faol markazda aminokslotalarning R radikali reaksiyani katalizlaydi. Unda mahsulot fermentdan chiqib boshqa substrat molekulasi bilan bog`lanadi. Biz ferment (E) ni substrat (S) bilan mahsulot (P) hosil bo`lishning kataliz reaksiyasini yozishimiz mumkin:

Ferment

substrat

ES kompleks

Ferment + Mahsulot

Ferment nomi va sinfi ular katalizlaydigan har bir reaksiya turini ko`rsatadi. Fermentlarning oltita asosiy sinfi jadvalda keltirilgan.


Download 159,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish