Ferma 4-fasl



Download 188,69 Kb.
bet11/33
Sana29.01.2021
Hajmi188,69 Kb.
#57574
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   33
Bog'liq
Документ

6-QISM

URUSH IBTIDOSI

Oradan 2 kun o'tdi. Sud "YSM" ning sobiq prezidenti Rozvaldni qilgan jinoyatlari, yolg'onlari va firibgarliklari uchun o'limga hukm qildi. Uning o'rniga esa prezidentlik uchun yagona nomzod William Minervani saylashga qaror qilindi. William bu lavozim uchun hali tayyorlangani yo'q, ayniqsa urush ochish haqidagi nutqini qanday boshlashni umuman bilmaydi...

Oradan 1 hafta o'tdi.

Williamni navbatdan tashqari saylov vaqtida shartli ravishda "YSM" prezidenti etib saylashdi. Emma va bolalar uning o'ziga bo'lgan ishonchini kuchaytirib, minbarga chiqqach aytiladigan gaplarini naq 1 hafta yodlatishdi. Mana, millionlab insonlar qarshisida ochiq osmon ostida ulkan karnaylar ulangan mikrafon tomon qadam bosayotgan Williamni titroq va sovuq ter bosib, bo'yinbog'ini beixtiyor bo'shatdi. Keyin esa minbar yoniga turib, unga tikilib turgan minglab ko'zlarga qarata nutqini boshladi:

–Mening ismim William. Minerva familiyasi esa menga kerak emas! Ushbu familiya men uchun la'nat! Men hozir sizlarga butun o'tmishim va vampirlar haqidagi haqiqatni ochib beraman.

Men vampirlar shtabida tug'ilganman. "YSM" hududidan tashqarida 10 ta yoki undan ham ko'p vampirlar shtabi joylashgan. Har bir shtabda yuzga yaqin vampir hamda ellikka yaqin onalar yashashadi.

–Vampirlar shtabi?...

–Onalar?...

–Bu ahmoq nimalar deb valdirayapti o'zi?...-butun atrofdan mana shunda g'ala g'ovurlar eshitila boshladi. William esa o'zini yig'ib olib, ovozini yanada balandlatishga qaror qildi.

–Mening bu gaplarimni eshitib ahmoqqa chiqarishingiz mumkin, ammo men baribir davom etaman. Har bir shtabda beshtadan ferma joylashgan, bu siz o'ylagan hayvonlar fermasi emas. U yerda odamlar boqiladi! Sizlarning bolalaringiz. Sobiq prezident Rozvald ham, undan avvalgi prezidentlar ham radiatsiya tufayli egiz tug'ilgan farzandlaringizni vampirlarga sotishgan. Men ham o'sha fermada katta bo'lganman. Fermadagi bolalar uzog'i bilan 15 yil yashashadi. Keyin esa ularni o'limga jo'natishadi. Vampirlar uchun mahsulot bo'lishadi...

Ammo bolalarning yuzdan biriga yashab qolish imkoni beriladi. Asosan qizlarga. Ularga o'lib ketish yoki shtabdagi onalarga qo'shilish imkoniyati beriladi. Onalarning esa miyasi zaharlanib, bolalarni o'ldirishga o'rgatishadi. Sizlar buni shunchaki eshityapsiz, ammo o'z ko'zingiz bilan ko'rganingizda juda qattiq sarosimaga tushib qolgan bo'lardingiz. Meni shtabga doktorlik qilish uchun olib ketishgan. Bunday imkoniyat bolalarga har 30 yilda bir beriladi. Ular shtabdagi qizlarni qanday qiynashi, ularga azob berishi, miyasini zaharlashiga o'z ko'zlarim bilan guvoh bo'lganman. Hatto o'z ukam ham aqlini yo'qotgan.

Siz 45 yildan ortiqroq umr ko'rishni, tug'ilgan farzandlaringizni o'zingiz istaganingizcha katta qilishni va eng muhimi ozod va erkin yashashni istaysizmi? Sizga berilgan umrni hech kim, hattoki "YSM" qonunlari ham tortib olmasligi kerak! Farzandingiz o'z qo'lingizda voyaga yetishi, ota-onangiz esa qarib, o'z ajali bilan rahot-farog'atda vafot etishi kerak! Nahotki mana shu diqqinafas va qamoqxonaga o'xshash gavjum shaharda yashashni istasangiz? Nahotki dunyo kezishni xohlamasangiz? Dunyo qanchalik katta ekanini his qilib ko'rishni istaysizmi? Bu shahardan tashqarida haqiqiy hayot boshlashni xohlaysizmi?

Bu olam bizniki! Bu dunyoga azaldan odamlar hukmron bo'lib kelgan. Biz o'z dunyoyimizni allaqanday mahluqlarga berib qo'ymaymiz! Vaqt keldi, barchasini qaytarib oladigan vaqt yetdi! Bunday imkoniyat qayta tug'ilmasligi mumkin.

Yaqinda chop etilgan maqolalarda mening 16 nafar noqonuniy bolalarim haqida yozilgandi. Ular aslida qayerdan kelib qolganini bilasizlarmi? Ular o'sha do'zoxdan kelishdi! Vampirlar fermasida boqiladigan bolalar aynan shular! Ular vampirlarni yo'q qilish sirini bilishadi. Biz qurol yarata olamiz. Mana shu vampirlarni haydovchi la'nati radiatorni yaratganmiz-ku! Nega endi oddiygina qurol yarata olmas ekanmiz? Biz uddalaymiz! Buning uchun bizdan faqat ahillik, birdamlik va jasurlik talab etiladi, xolos.

Qani menga javob bering-chi, o'z olamimizdan o'zingiz xohlagancha bahra olishni istaysizmi?

–Ha!!!-Williamni kuzatib turgan deyarli barcha baralla ovozda baqirib yubordi.

–O'z olamimizni o'sha mahluqlardan qaytarib olishni istaysizmi?

–Ha!!!-yana barcha shijoat bilan qichqirdi.

–Bitta vampir bitta odamdan kuchli bo'lishi mumkin, ammo bitta vampir mingta odamga bas kelolmaydi. "YSM" aholisi vampirlardan ming barobar ko'p! Bizning g'alabamiz muqarrar. Biz allaqachon dunyoyimizni ulardan tortib olgan bo'lar edik, ammo Rozvaldga o'xshash soxta prezidentlar bizning qulog'imizga har xil yolg'on va vahimalarni quyishdi. Endi bunga chek qo'yish kerak! Urushga tayyormisiz? Kelajak avlod tinchligi va farovonligi uchun kerak bo'lsa qurbon bo'lishga ham rozimisiz?

Bu safar deyarli hech kim javob bermadi. Chunki haligacha odamlar o'limdan juda ham qattiq qo'rqishadi. "YSM" dagi barcha aslida qo'rqish kerakmas bo'lgan narsadan ham qo'rqishadi. Bu ularga beriladigan tarbiyaning oqibati...

Oradan 1 kun o'tdi.

Williamning buyrug'i bilan yovvoyi sarimsoqlar terib kelish butun xalq orasida avj oldi. Sarimsoqlarning har bir kilogrammi uchun 100 geld (1 geldga bir kilogramm tovuq go'shti berilgan) dan berildi. Havaskor teruvchilar "YSM" harbiylari hamrohligida tashqi olamga chiqib, yovvoyi sarimsoq terib kelishdi. William Minervaning shaxsan o'zi boshchilik qila boshlagan olimlar guruhi esa vampirlarni yo'q qiluvchi miltiq yasash bilan shug'ullanishdi. Agar hammasi yaxshi o'tsa hamda harbiy tayyorgarlik ko'ngildagiday kechsa, odamzod vampirlardan butunlay halos bo'ladi.

–Nihoyat...sakkiz oy deganda "YSM" oyoqqa turdi. Biz oilamizni qutqarishimiz mumkin, tasavvur qilyapsizmi? Uka-singillarimizni va boshqa fermalarda qolib ketgan bolalarni qutqaramiz!-Emma Williamning uyidagi radiodan eshitilayotgan yangiliklardan quvonib, sevinchdan sakray boshladi.

–Hali quvonishga erta,-dedi Rey,-Biz urushda mag'lub bo'lishimiz ham mumkin. Vampirlarning shahar ichida josuslari borligini unutmang. Ular albatta shtablarga xabar yetkazishadi.

–Dadamiz buni ham hisobga oldi. Shuning uchun ham yovvoyi sarimsoq terish uchun chiqqan odamlarga harbiylar hamrohlik qilib ketishyapti. Ruxsatsiz shahardan pashsha ham chiqib keta olmaydi.

–Lekin Rozvald bilan bo'lgan sud jarayoni paytida chiqib ketgan bo'lishlari ham mumkin-ku? Yuz foiz ishonchim komil, vampirlar jangga tayyorlanib turishadi.

–Rey, ba'zida yaxshi niyat ham qilib turish kerak. Mayli, tayyorlanishsin, lekin dadamiz aytdi-ku, biz vampirlardan ko'proqmiz. Ularni yo'q qilishimiz aniq.

Oradan yana bir necha soat o'tgach, Roza va Luna tushlik tayyorlash uchun oshxonaga kirib ketishdi. Rey esa bolalarga har doimgi dars o'tishni boshladi. Chunki bolalar yetimxonada o'sgan payt doim Kara oyi ularni shug'ullantirgan. U yerdan qochib, "YSM" kelishgach esa maktabga borishga imkon topilmadi. Qayerga borishmasin, hattoki ko'chaga chiqishsa ham odamlar ularga Williamning noqonuniy bolalari deb qo'lini bigiz qilib turardi.

–Xo'sh, Rey bilan aloqalaring yaxshimi?-so'radi Mayk hozirgina kutubxonaga kirib kelgan Emmaga yuzlanib.

–Hammasi joyida. Menimcha so'ramasang ham bo'laveradi.

–Menga esa unchalik sezilmayapti. Avval qanday gaplashgan bo'lsanglar, hozir ham xuddi shunday gaplashyapsan.

–Men kitob o'qimoqchiman, Mayk. Menga halaqit beryapsan...

–O'shanda qanchalik qo'rqib ketganimni bilasanmi? Rozvald senga o'q uzganini eshitgach qanchalik dahshatga tushganimni bilasanmi? Seni yo'qotib qo'yishim mumkin edi...

–Lekin o'lmadim. Umrim tugamagan ekan. Axir o'zing ham ikki marta o'limdan qaytding. Senda qanday taassurot bo'lgan bo'lsa, menda ham xuddi shunday bo'ldi.

Mayk o'rnidan turib, Emmaning yoniga o'tdi.

–Bu haqida senga oyimiz meni Piter Minervaga topshirib yuborayotgan kun aytmoqchi bo'lganman. Ammo qo'rqdim. Chunki men o'lsam, tushkunlikka tushib qolishing va fermadan qocha olmay qolishing mumkin edi. Senga hech nima aytmasam, meni unutishing osonroq bo'ladi deb o'ylagandim.

"B32" dan qochgach kasalim tutib qolganida ham senga bu haqida aytishga urindim. Ammo o'shanda ham o'lim oyog'imdan tortqilab turgani sabab senga hech narsa aytmadim. Meni deb yig'lashingni va azoblanishingni xohlamadim. Men qo'rqoqlik qildim...

Ammo endi bunga chek qo'ymoqchiman. Men seni yaxshi ko'raman, Emma. Hatto Reydan ham ko'proq. Hammadan ko'p! Senga buni avvalroq aytmaganim uchun kechir...

Emma Maykning ko'zlariga bir necha soniya sukut bilan tikilib turib, baland ovozda kulib yubordi. Uning nimaga kulayotganini Mayk hech ham tushuna olmasdi. Birozdan so'ng Emma kulishdan o'zini to'xtatib, ko'zidan chiqib ketgan yoshni artib oldi.

–O'ylaganimdan ancha kech...ammo to'g'risini ayt, senga Reyning gaplari turtki bo'ldimi?

–Bu bilan nima demoqchisan? Nahotki sen...

–Rey meni sevmaydi. U buni ataylab aytdi. Chunki shunday qilmaganida sen haligacha jur'atsizlik qilayotgan bo'larding. Uning gaplari senga ta'sir qilishini bilgandim.

–Demak sen...

–Avvaldan bilardim. Kara oyi seni Piter Minervaga jo'natib yuborgan kunning ertasigayoq Rey menga barchasini aytib bergan. Buni shunchaki o'zingdan eshitmoqchi edim.

–Siz ikkingiz meni ahmoq qildingiz!-Mayk bor ovozi bilan baqirib yubordi.

–Battar bo'l. Keyingi safar nimadir qilmoqchi bo'lsang, ertaroq harakat qilasan degan umiddaman...




Download 188,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish