-b (-ib) affiksi bilan yasalgan ravishdosh tuslanganda, o`tgan zamon hikoya fe’lini hosil qiladi. - -b (-ib) affiksi bilan yasalgan ravishdosh tuslanganda, o`tgan zamon hikoya fe’lini hosil qiladi.
- Fe’l negiziga –gach (-kach, -qach) affiksini qo`shish bilan yasalgan ravishdosh tuslanmaydigan ravishdosh bo`lib, u tuslangan fe’l ifodalagan harakatdan ilgari uning bajarilishi (yoki bajarilmaslik) sababi yoki paytini ko`rsatadigan harakatni anglatadi. Masalan: Uch-to`rt kun mehmondorchilikda yurishgach, maktabdan qaytdilar (P.Tursun). Zorlanishdan, ichni eyishdan boshqa hech nima qo`lidan kelmagach, nima qilsin (M. Ismoiliy).
- Hozirgi zamon ravishdoshi fe’l o`zak-negiziga –a, -y affikslarini qo`shish bilan hosil qilinadi: bora-bora, ishlay-ishlay kabi.
- Bu affikslar bilan yasalgan ravishdosh tuslangan fe’l ifodalagan asosiy harakat bilan bir vaqtda ro`y beradigan harakatni anglatib, uning bajarilish holati, paytini ko`rsatadi. Masalan: Toma-toma ko`l bo`lur, hech tommasa cho`l bo`lur (Maqol). Tog` oralig`idagi qalin qor eriy-eriy odam bemalol kira oladigan g`or bo`lib qolibdi (S.Anorboev).
- Bu affikslar bilan yasalgan ravishdoshlar nutqda odatda, takroriy so`z shaklida qo`llanadi. YAkka holda ishlatilganda, ravishdosh anglatgan harakatdan tuslangan fe’l anglatgan harakatga tezlik bilan o`tilganlik ma’nosi hosil bo`ladi. Masalan: Sultonmurod kela o`qishga kirishdi.
Hozirgi zamon ravishdoshi tuslanib, hozirgi-kelasi zamon fe’lini hosil qiladi. Masalan: Sada tagidagi hovuzning suvida yaproqlar suzadi (S.Z.). - Hozirgi zamon ravishdoshi tuslanib, hozirgi-kelasi zamon fe’lini hosil qiladi. Masalan: Sada tagidagi hovuzning suvida yaproqlar suzadi (S.Z.).
- Kelasi zamon ravishdoshlari fe’l negiziga –gani (-kani, -qani), -guncha (-kuncha, -quncha) affikslarini qo`sahish bilan yasaladi: o`qigani, tinchiguncha kabi.
- Bu affikslar bilan yasalgan ravishdoshlar tuslanmaydi. Fe’l negiziga –gani (-kani, -qani) qo`shish bilan yasalgan ravishdosh tuslangan fe’l ifodalagan harakatdan so`ng bajarilishi maqsad qilib olingan harakatni anglatadi. Masalan: Men bugun yuragimni ochib gapirgani keldim (U.).
- Fe’l negiziga –guncha (-kuncha, -quncha) affiksini qo`shish bilan yasalgan ravishdosh tuslangan fe’l ifodalagan harakatning davom qilish vaqtining o`lchovi sifatidagi harakatni ifodalaydi. Masalan: Yo`lchi so`zlaguncha, Tantiboyvachcha qorong`ida yo`qoldi (O.).
- SHu bilan birga ravishdosh o`ziga xos sintaktik belgilarga ham ega, ya’ni:
- a) gap tarkibida boshqa so`zlarni boshqarib kela oladi;
- b) tuslanadigan ravishdoshlar tuslovchi olmagan holda hol va –b (-ib) affiksi bilan yasalgan ergash gapning kesimi vazifasini bajaradi: Gulnorning egnida kaltagina qora (lapis) kamzul yuvila-yuvila yupqalashgan (O.). Ibn Iroq uning gapidan zavqlanib kuldi (M.Osim). Kursi ustiga dasturxon yozilib, meva-cheva to`la patnis qo`yildi (O.).
Do'stlaringiz bilan baham: |