Fe’l so’z turkumi



Download 31,5 Kb.
Sana13.07.2022
Hajmi31,5 Kb.
#786178
Bog'liq
фел бош


FE’L SO’Z TURKUMI. FE’L YASOVCHI QO’SHIMCHALAR


4-sinf uchun ona tili fanidan dars ishlanmasi

Ta’limiy maqsad: O’quvchilarning so’z turkumlari bo`yicha bilimini boyitish.


Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarda ona tili faniga qiziqish uyg`otish, chiroyli yozuv malakasini oshirish, ularga milliy istiqlol qoyasini singdirish, Davlat ramzlariga mehr hissini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi maqsad: Og’zaki nutqni o’stirish, mustaqil fukrlash va o’zaro hamkorlik munosabatlarini shakllantirish.
Dars jihozlari: Darslik, ko’rgazmali qurollar, boshqotirmalar, testlar, tarqatma materiallar, Davlat ramzlari.
Dars turi: Noan’anaviy, interfaol.
Darsning borishi: O’quvchilar bilan salomlashib, davomat aniqlanadi. Davlat ramzlari, yilning nomlanishi, fasl, sana haqida savol-javob o’tkaziladi.
So’ngra O’quvchilar birgalikda she’r aytishadi.
Vatanim bag’ringda yayradim, o’sdim,
Tetapoya bo’ldim mehringni quchib.
Boshimni silading erkalab doim,
Hayot yo’llarimda nurlaring sochib.
Baxtiyor bolangman yurtim zarrasi,
Ne’mating aylading quvvat jismimga.
Vatanga bo’lsaydim farzand sarasi,
Jonim qalqon etay elim ko’ksingga.
Baxtiyor farzandman nafim tegsaydi,
Har qarich yeringga, ulug’ xalqimga.
Orzuim, istagim ro’yob bo’lgaydir,
Muqaddas nomingni yoysam olamga.
Baxtiyor farzandman, uzib qarzimni,
O’zligim tanitsam butun dunyoga.
Balandga ko’tarib Vatan ramzini,
Osmoning to’ldirsam nurli ziyoga.
O`quvchilar bilan “O’zbekiston qanday o’lka?” va “O`quvchi nima qiladi?” mavzusida savol-javob o`tkaziladi.

O’zbekiston qanday o’lka?






Quyoshli o’lka Tinchlik barqaror Jahon tanigan o’lka


bo’lgan o’lka


Tinglaydi




O’qiydi Chizadi


O’quvchi




Yasaydi Yozadi
O’ylaydi
O’quvchilar guruhlarga ajratiladi, sardorlar tayinlanadi va tanishtiriladi. Guruhlarga ot, sifat, son, fe’l so’z turkumlari nomlari berilib, nomlari yozilgan birkalar tarqatiladi.
Guruh sardorlari chiqadi, billet tortishadi. Shu asosda Davlat ramzlariga ta’rif berishadi.
Harflardan so’z, so’zdan gap tuzish. Guruhlardan bir nafardan o’quvchi doskaga chiqadi. Ularga harflar beriladi. Harflardan so’z, so’zdan gap tuziladi. Gapning ma’no turi, so’z turkumining qoidasi va so’roqlari aytiladi.
Kim ko’p so’zni eslab qoladi? Guruh a’zolari guruh nomidan kelib chiqib shu turkumga mos so’z aytishadi.
So’zlarning ketma-ket kelishi ta`kidlanadi.
Test. Guruhlarga 5 ta test aytiladi. Bir-birlarini o’zlari baholaydi, natija aniqlanadi.
Boshqotirma. Har bir guruh boshqotirmani bajaradi, natija chiqariladi.
Har bir shart bo`yicha va umumiy natijalar asosida g`olib guruh aniqlanib, rag`batlantiriladi. Faol qatnashgan o`quvchilarga ball qo`yiladi.
Yod yozish. Xattaxtaga sana yoziladi. Uning orqasiga she`r yozilgan bo`ladi va xattaxta ochilib she`r yodlatiladi. So`ngra o`quvchilardan she`rni aytib berish so`raladi. Keyin she`r yopib qo`yiladi. Uni o`quvchilar daftariga yoddan yozadi. Daftarlarni bir-birlari bilan almashtirib tekshiradi. Ballar e`lon qilinadi.
Darslik bilan ishlash. Husnixat asosida mashq bajariladi, she`r aytiladi.
Uyga vazifa berilib, dars yakunlanadi.
Download 31,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish