yotgan, o'qi-yo-tgan kabi.
Oxirgi unli fe'l negiziga –vchi, undosh bo'lgan fe'l negizigi –uvchi
qo'shimchasini qo'shish bilan yasalgan sifatdosh predmetga doim xos bo'ladigan
harakat belgisini anglatadi. Masalan: aytuvchi, keluvchi, bo'luvchi kabi.
Bu forma ba'zan hozir ham poeziyada uchraydi. Masalan: Kulimsirab
turguvchi toleing porloq (G'.G'.). Hozirgi zamon sifatdoshining – yotgan
orqali yasalgan formasi tuslanmaydi, ammo egalik va kelishik qo'shimchasini
oladi. Masalan: o'qiyotganimda, o'qitayotganingda kabi. –vchi, (-uvchi) bilan
yasalgan formasi esa tuslanadi: ishlovchiman, ishlovchisan kabi.
Sifatdoshning bu turi otlashishga moyildir. Masalan: uchuvchi, yozuvchi,
tikuvchi kabi. Ammo ular otlashmagan holda ham ishlatiladi. Masalan: A'lo
Do'stlaringiz bilan baham: |